So‘kfurush, Tamakibozor, Tovoqbozor, Tuzbozor, To‘ppibozor,
Unbozor, Xodabozor, Chinnibozor, Chitbozor, Cholvorbozor,
Choponbozor, Shombozor, Egarbozor, Eskibozor, Eskiyakkabo- zor, Etikbozor, Yuganbozor, Qandbozor(Qandolatbozor), Qas- sobbozor, Qozoqbozor, Qulfbozor, Qo‘ybozor, G‘o‘zabozor.
G‘afur G‘ulomning «Shum bola»sida Juhudrasta, Uzunrasta,
Qaymoqbozor kabi rastalar tilga olingan. Shoir ayniqsa Bitbozorni yaqqol tasvirlagan.
Toshkentda 150 ga yaqin masjid bo‘lgan. Shaharning mahalla- mavzelaridan bir nechtasi masjidlar nomlari bilan atalgan edi: Balandmasjid (Bolomasjid), Jomimasjid, Jumamasjid, Ko‘kmasjid,
Otinlikmasjid, Sirlikmasjid, So‘gaImasjid, xotinmasjid.
Shahar ichi nomlari orasida anchagina etno-urbonimlar - urug‘- aymoqlar, turli xalqlar va elatlar sha’niga atalgan ko‘cha-ko‘ylar va mahalla-mavzelar ham kam emas edi: Yovu (Yobu — qabilasi), Kaltatoy (etnik guruh), Lo‘li, Mo‘g‘uIko‘cha (Mo‘g‘ol), No‘g‘aytepa
Tojik, Turk, Turkariq, Chiboy, Chig‘atoytepa, Cbig‘atoychaqar,
Chuvalachi, Chuvildoq, Qalmoqqamalgan, Qangli, Qashqar, Qi- yot va boshqalar.Toshkentning Sebzor dahasida Qorasaroy degan mahalla boigan.
Hozir Qorasaroy ko‘chasi bor. Professor Yu.Sokolov o'zining
«Toshkent, toshkentliklar va Rossiya» kitobida Qorasaroy nomini oliq-soliq toianadigan mahkamani xalq nafrat bilan shunday ata- gan deydi. Aslida qorasaroy — saroy qabilasining (ko‘k saroy, oq saroy) bir shaxobchasi boigan.
Sebzor dahasining bir mavzesi Boltamozor deb atalgan. Ko‘pgina turkiy xalqlarning bir necha qabilasi tarkibida bolta, boltali degan
urug‘ boMgan. Ularning chorva mollariga bosadigan tamg'asi shakli boltaga o'xshagan.
Xuddi shuningdek, Shayhontohur dahasida Darxon degan mahalla va Darxonariq degan mavze qayd qilingan. Hozir ham shaharda Darxon degan ko'cha va torko‘chalar, Darxon arig'i bor. Bu toponim «oliq-soliqdan ozod qilingan nufuzli amal- dor» ma’nosidagi tarxon so'zining fonetik varianti boMishi ham mumkin.
Shu bilan birga darxan — darxan — darqan degan etnonim ham boMganini e’tibordan qochirmaslik kerak. Masalan, qozoqlaming shanshqli qabilasining darxan degan urug'i boMgan (bu urug' vakillari Toshkent shahri atrofida hozir ham bor). Yana qirgMzlarda darqan, o‘zbeklarda tarxon, turkmanlarda tarxan, boshqirdlarda tarxan — darxan urugMari boMganligi ma’lum.
Buning ustiga «imtiyozli» ma’nosidagi darxon so'zi tarixiy ada- biyotlarda ko'proq tarxon — tarxan shaklida tilga olingan. Yana qadimiy turkiy manbalar bu so'zning dastlabki turkiy shakli tarqan boMganligini ko'rsatadi («Qadimgi turk tili» lug'ati, М., 1969, 538 bet).
Endi antropourbonimlar haqida. Hozirgi vaqtda shahar obyekt- larida kishilar ismi-familiyalari bilan atalgan ko'cha-ko'ylar katta o'rin tutadi. Lekin ilgarilari bunday boMgan emas. Chunki chor Rossiyasi istilosidan oldin Toshkentning keyinchalik Eski shahar deb atalgan qismida hozirgi ma’nodagi ko'chalar boMgan emas. Uylar reja asosida bir tekisda qator qilib solinganmagan. Uylar orasidagi nomsiz jin ko'chalar qing'ir-qiyshiq boMgan. Taxminan hozirgi Navoiy ko'chasi o'mida qo'y va boshqa chorva podalari haydab o'tiladigan uzunroq ko'cha Tuproqko'cha deb atalgan. Demak, kishilarning nomlari bilan atalgan ko'chalar to'g'risida gap boMishi mumkin emas edi. Lekin kishilarning nomlari bilan yuritilgan obyek- tlar boMgan: Almatqo‘shchi, Badalboy, Boltaboy, Marayimxalfa, Miroqijon, Mirzayusuf, Omonbaqqol, To'ychiobod, Shayxzaynid- dinbobo (shu nomli maqbara Shiziddinbobo deyiladi), Shoyunusxal- fa Yunusobod, Hasanboy kabi.Shahaming eski mahalla-mavzelari haqida yana shuni aytish kerakki, bu nomlaming ko'p shahar xaritasidan o'chib ketgan, ba’zi ko'chalar nomlarigina saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |