O’zbekiston



Download 192,77 Kb.
bet2/21
Sana31.12.2021
Hajmi192,77 Kb.
#213731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati 1918-1934 yillar

KIRISH


Magistrlik dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgunga qadar yozilgan sho’ro davri tarixi kitoblarida nafaqat bir necha ming yillik o’tmishimiz, balki XX asr tariximiz ham tubdan o’zgartirilib, mohiyatan buzilib hukmron mafkuraga moslashtirilib bayon qilindi. Natijada xalqning o’z o’tmishidan begonasirashi, avlodning o’z ajdodini tushinmasligi yoki yo’qlamasligi, boshqa millatlarni najotkor sanab, ajdodlaridan tonishi singari salbiy kayfiyat vujudga keldi. Tarix fani milliy iftixor va ibrat manbai, ulug’ murabbiy emas, mag’rur va hamjihatli millatning boshini egib qo’yish vositasiga aylantirildi.1

Holbuki mamlakatimiz, Prezidenti I.A. Karimov haqqoniy takidlaganidek “Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta, tarixiy xotira kerak”2

Mana shu xotirani mumkin qadar to’liq tiklash, xalq g’ururini ko’tarish, uning o’zligini anglashiga turtki berish uchun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’zi tashabbusi bilan chiqdi va yurtimiz tarixishunos, jamiyatshunos olimlari oldiga ma’suliyatli vazifani qo’ydi. Yurtboshimiz o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida jumladan shunday dedi: “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”3

Chorizm Turkiston o’lkasida qattiqqo’llik bilan mustamlakachilik zulmi siyosatini olib borgan bo’lsada, tub yerli aholining tarixi, tili, dini, uf-odati, madaniyati kabilariga sho’rolarday hukum va tazyiq o’tkazmagan edi. Sho’rolar qisqa muddat ichida Turkiston xalqlarining milliy davlatchiligiga barham berdi,







1 Jo’rayev N. “O’zbekiston tarixi” Toshkent “Sharq” nashriyoti matbuodda konserni bosh tahriryoti 2011y 3- bet

2 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa konserni bosh tahririyati. 1998y 8- bet

3 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent “Sharq” nashriyot matbbaa konserni bosh tahririyati 1998 y 24-25 betlar.

tarixidan mahrum qildi, dinini taqiqlab qo’ydi. Tiliga kishan soldi, madaniyat va ma’naviyatini haqorat qildi. Bularning barchasi aniq reja asosida amalga oshirildi. Xullas sho’rolar davrida Markaziy Osiyoning eng yirik millatlaridan bo’lgan o’zbeklar millat sifatida halokat yoqasiga kelib qoldilar.4

O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida nato’g’ri baho berilgan yoki yuzaki ko’rib, chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi.

Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldadagi “O’z RFA tarix instituni faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor berish, qo’yilgan muammoni soha mutahassislari tamonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini kutayotgan muammolar talayginaligi” ana shunday masalalardan biri.5



E’tiboringizga havola etilayotgan disertatsiya loyhasi mana shu talab va ehtiyojdan kelib chiqib yaratildi. Unda Turkistonda sho’rolar mustamlakachiligining o’rnatilishi, o’lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashi, tarixiy vaziyati, sho’rolar istibdodining o’rnatilishi, ularning asl mohiyatini ochib berishga harakat qilindi. Albatta hozirga qadar o’zbek tarixnavisligi va tarixshunosligida Turkiston muxtoriyati voqiyalari ancha o’rganilgan. Bu davrning murakkab zidiyatlari, qarama-qarshiliklarga to’la voqiyalar tadqiq va taxlil etilgan.


Download 192,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish