ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Hozirgi paytda O’zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning quyidagi tizimlari faoliyati ko’rsatmoqda.
Respublika Oliy Majlisi (Parlamenti). U tabiatni muhofaza qilish davlat siyosati belgilaydi, qonuniy ekologik rasmiy hujjatlarni qabul qiladi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasi va boshqa muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti. Vujudga kelgan barcha ekologik muammolar bo’yicha strategik qarorlarni qabul qiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish soxasida Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga raxbarlik qiladi.
Respublika Vazirlar Mahkamasi. Tabiatni muhofaza qilish davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ekologik maqsadlardagi davlat dasturlarini ishlab chiqaradi, ularni qabul qiladi, bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslar hisob-kitobini olib boradi va baholashga javob beradi. Uning vakolatiga barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, korxona va
muassasalar, tashkilotlar faoliyati va ekologik huquqiy me’yorlar, standartlarga amal qilish ustidan davlat ekologik nazorati, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish, atrof-muhit sifati me’yorlarini ishlab-chiqish, ifloslovchi birikmalar va chiqindilarni chiqarish va tashlashga ruxsatlar berish va bekor qilish kiradi.
Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi. Ekologo-gegienik me’yorlar va himoya vositalari hamda tadbirlarini ishlab chiqardi, atrof-muhit sifati me’yorlarini: tasdiqlaydi. Aholi yashaydigan joylarda atmosfera havosini va ichimlik suvini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullarini ishlab chiqaradi, ifloslaitiruvchi moddalar uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalarning sanitariya me’yorlarini tasdiqlaydi. Turar joy uylari qurilishida yo’l qo’yiladigan shovqin darajasi, infratovush va past chastotali shovqinlarining yo’l qo’yiladigan darajasini belgilaydi.
Respublika Makroiqtisodiyot va Sitatistika Vazirligi. Atrof-muhit holatini qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini tuzadi, shuningdek, harajatlar va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bo’yicha barcha axborotlarni umumlashtiradi.
Respublika Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat Qo’mitasi. Atmosfera havosini muhofaza qiliga chora-tadbirlarini kerakli davlat muassasalari bilan kelshish, ekspertizadan o’tkazish va loyiha bo’yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishiga ruxsatnomalar beradi, iqlim o’zgarishini bashorat qiladi, korxona va muassasalarning atmosfera havosidagi chiqindilardagi zararli va zaharli moddalar konsentrasiyalarini hisoblash usullarni ishlab chiqadi.
Respublika tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasi. Respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy zahiralaridan unumli foydalanish va qayta ishlab chiqarish masalalari bilan mana shu Davlat qo’mitasi shug’ullanadi. Qoraqaliog’iston Avtonom Respublikasi va barcha vnloyatlarda tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |