Ekologik muammolarning tasnifi -Odatda ekologik muammolarning ko`lami va dolzarbligiga qarab ular quyidagi 3 guruhlarga bo`linadi.
Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining siyraklanishi, «atmosferaning dimiqishi», chuchuk suv muammolari kabilar misol bo`la oladi.
Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining ko`rib borishi, Arsanoy ko`llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko`li muammosi, «kislotali yomg’irlar» muammosi va boshqalar misol bo`la oladi.
Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoati rivojlangan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, CHirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan boglik agrosanoat ekalogik muammolari misol bula oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |