Biogeokimyoviy tsikllar- Biosferada kimyoviy elementlar
O2 ,CO2 , H2O, N2 , фосфор, олтингугурт ва б. doimo tsirkulyatsiya kilib, tashki
muxitdan organizmga, undan yana tashki muxitga utib turadi. Bu xolatni biogeokimyoviy tsikllar deb aytiladi.
Biosferaning tarkibiy kismlari -
Tirik moddalar.
Ulik moddalar.
Oralik moddalar.
Biogen moddalar.
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yigindisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan edi. Tirik moddaning eng muxim xususiyatlari 3 tadir.
1.Tirik moddaning umumiy vazni. 2.Tirik moddaning tarkibi.
3.Tirik moddaning energiyasi.
Biosferaning ikkinchi tarkibiy kismi ulik moda xisoblanib, uning xosil bulishida biosferadagi barcha moddalar, shuningdek, tirik organizmlar xam katnashadi.
Biosferaning uchinchi tarkibiy kismi oralik moddalar xisoblanib, ular tirik va ulik moddalarning birgalikdagi faoliyati natijasida xosil buladi. Tabiiy suvlar, tuprok, emirilgan tog jinslari oralik moddalarga misol bula oladi.
Biosferaning turtinchi tarkibiy kismi biogen moddalar xisoblanadi. Ular tirik organizmlarning xayoti davomida xosil buladi va uzgarishlarga uchrab turadi. Nixoyatda katta potentsial energiyaga ega bulgan toshkumir, bitum, neft, oxaktoshlar va boshkalar biogen moddalarga misol bula oladi.
Biogentsenoz -Biosferaning oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeotsenoz xisoblanadi. Muayyan tashki muxit sharoitida usimliklar, xayvonlar, ayrim zamburglar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Ushbu tushunchaning birinchi marotaba V.N.Sukachev 1940 yili fanga kiritgan edi.
Agar bir necha tur usimliklar birgalikda yashasa, fitotsenoz (usimliklar jamoasi) deyiladi. Agar bir necha tur xayvonlar birgalikda yashasa, zootsenoz (xayvonlar jamoasi) deyiladi.
V.N.Sukachevning fikricha, biogeotsenoz-bu Er ustida uchraydigan bir xil tabiiy vokeliklarning (atmosfera, tog jinslari, gidrologik sharoit, usimlik, xayvonlar va mikroorganizmlar dunyosining) yigindisidan iboratdir.
Biogeotsenoz turli kattaliklarda buladi. va turli murakkablikka ega. Masalan, urmon, tundra, dasht, chul biogeotsenozlari bir-biridan keskin fark kiladi. Tropik mintakalaridagi urmonlarning biogeotsenozlari ancha kashshok bulgan Arktika tundralariga nisbatan ancha maxsuldordir. Okean tubidagi biogeotsenozlari esa, dengiz va okeanlar soxillari yakinidagi sayoz joylar biogeotsenozlariga karaganda sermaxsul emas.
Biogeotsenoz-bu biotsenozlar va muxit omillarining yigindisi emas, balki tabiatning bir butunligi, sifat jixatidan moslashgan uz xolicha rivojlanuvchi va ta`sir kilish konunlariga ega bulgan murakkab birlikdir.
Biotsenoz -«Biotsenoz» lotincha suz bulib, «bios»-«xayot», «tsenoz»-«umumiy» degan ma`nolarni anglatadi. Biotsenoz deyilganda, bir xil muxitda moslashib olgan va bir joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Biotsenozning katta-kichikligi xar xil bulishi mumkin.
«Biotsenoz» atamasini 1877 yili nemis zoolog olimi Karl Myobius fanga kiritgan edi.
Myobius biotsenozni kuyidagicha ta`riflangan edi.
Biotsenozga ma`lum joyda uchraydigan mikro-va makroskopik formalar, usimlik va xayvonlarning xamma massasi kiradi.
Biotsenozni xosil kiluvchi turlar bir-birlari bilan boglangan va bir-biriga karamdir. 3.Biotsenoz tashki muxit omillari ta`siri ostida buladi.
Biotsenoz vakt utishi bilan doim turgun va bir xolatda buladigan guruxlardan iborat
buladi.
Biotsenozni xosil kiluvchi vakillar uz joylarida, biotsenoz ichida kupayish
xususiyatlariga egadir.
Xozirgi paytda xam Myobius kursatib utgan biotsenozning ushbu belgilari uz axamiyatini yukotgan emas.
Kichik mikrobiotsenozlar kushilib, katta biotsenozlarni xosil kiladi. Masalan, daraxt shoxidagi mox, lishaynik guruxlari shu katta daraxtdagi bir butun biotsenozning bir kismi xisoblanadi. Xar bir daraxtdagi biotsenozlar esa, shu erdagi yongokzorlar, olmazorlar yoki archazor biotsenozlarning bir kismi xisoblanadi. Xar bir urmonzorning biotsenozi kismi xisoblanadi. Xar bir urmonzorning biotsenozi uz navbatida yana xam murakkab tuzilgan katta maydondagi biotsenozni xosil kiladi. Ular asosida mintakalar, tabiiy mintakalar biotsenozlari, ularning birligidan Er yuzining xayot koplami kelib chikadi.
Biotop -Ma`lumki, tabiatda xar xil turlarning populyatsiyalari birlashib, yukori tuzilishga va xususiyatlarga ega bulgan biologik birliklarni, ya`ni biologik tsenozlarni (biotsenozlarni) xosil kiladi. Biotsenozlar bu usimlik, xayvonot va mikroorganizmlar populyatsiyalaridan iborat bulib, ma`lum joyda birgalikda yashashga moslashgan turlarning biologik birliklaridir.
Xar kanday biotsenoz abiotik muxitning ma`lum kismini-biotopni egallaydi. Biotop-bu ma`lum darajadagi bir sharoit bulib, unda xar xil organizmlarning birliklari tarkalgandir. Xar bir biotop ekologik yashash joyi bulib, shu joyning turlar soni, zichligi va tuzilishi buladi.
Biotsenozni biotopdan ajratib bulmaydi. CHunki biotopni biotsenoz ishgol kiladi, unda tarkaladi, yashaydi, rivojlanadi, avlod koldiradi. Ular bir-birlariga ta`sir kilib, ma`lum darajada turgun ekosistema xosil kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |