III. Tashqi iqtsiodiy aloqalar. Mustaqil O’zbekiston tobora nafaqat jahon
siyosati, balki jahon iqtisodiyotiga tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan
savdo – sotiq aloqalarini o’rnatish va rivojlantirishga intilmoqda.
Ma’lumki, tashqi imunosabatlar xalqaro hamkorligining eng muhim
sohalaridan biri hisoblanadi. Zero, har qanday davlat, qay darajada taraqqiy
etganligidan qatiy nazar, tashqi iqtisodiy aloqalarsiz to’laqonli tarzda yashashi
mushkul. Chunki, jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan buyum –
mahsulotlarning turi behisob. Tabiiyki, birorta davlat ularning hammasini o’zida
ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emas. Ayrim hollarda esa mahsulotlarning
ba’zi turlarini o’zida ishlab chiqargandan ko’ra boshqa mamlakatlardan olib
kelish afzalroq va foydaliroqdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan
biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy – texnika va madaniyat
aloqalarining tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika
va texnologiya bilan qurollanishga, er – suv, qazilma boyliklar va mehnat
resurslaridan samara bilan foydalanish imkonini yaratadi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni
samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun Respublikada
katta imkoniyatlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi bilan savdo, iqtisodiy aloqalar olib boruvchi
mamlakatlar ro’yxati tobora kengayib bormoqda va ularning soni 140 tadan ortib
ketdi. Bunday mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSh , Germaniya,
Shveytsariya, turkiya, Niderlandiya, Belgiya, İtaliya, Frantsiya kabi uzoq xorij
davlatlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi
strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: eksport – import operatsiyalarini
markazlashtirmaslik; davlat ehtiyojlari uchun zarur tovarlarning eksport iva
importi ustidan nazoratni kuchaytirish; davlat uchun strategik muhim bo’lmagan
tovarlar eksportini osonlashtirish; strategik muhim tovarlar eksportidan
olinadigan valyuta tushumlarini nazorat qilishni kuchaytirish va boshqalar.
Mustaqil Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi siyosati
jahondagi juda ko’p mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda
o’z ifodasini topmoqda.
1995 yilda O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 6 mlrd. dollarni tashkil
etdi (1994 yilga nisbatan 113,3%). Uning 45% dan ko’prog’i MDH va
Boltiqbo’yi mamlakatlari, 55% boshqa xorijiy mamlakatlar bilan olib borilgan
savdo – sotiqqa to’g’ri keladi.
Respublika rivojlangan 14, rivojlanayotgan 12, o’tish davri iqtisodiyotiga
ega bo’lgan 9 mamlakat bilan tashqi savdo aloqalariga ega (1995). Ular orasida
AQSh, Yaponiya, Germaniya, buyuk Britaniya, Frantsiya, İtaliya; rivojlanayotgan
mamlakatlardan Turkiya, Pokiston, Hindiston, Afg’oniston, İndoneziya bor.
Shuningdek respublika Xitoy, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Vetnam
savdo aloqalarini kengaytirib bormoqda. İsroil, İspaniya, Lixtenshteyn,
Gollandiya, Koreya, Singapur, Gonkong, Birlashgan r Amirliklari bilan ham
savdo aloqalari yo’lga qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: