Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir
muhim qismi bo’lgan tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan
foydalanmaydigan birorta sohasi yo’q. Qisqa masofalarga yuk va yo’lrvchilarni
manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa transport
uchun noqulay bo’lgan tog’li joylarda avtomobil transportining ahamiyati
Respublika rayonlararo va xo’jaliklararo yuklarni tashishida muhim ro’l
Avtomobil transporti ayniqsa, temir yo’l bo’lmagan cho’l, adir va tog’li
joylarda asosiy transport vositasidir.
Bir qancha beton yo’llar – Toshkent – Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston
trakti, Farg’ona xalqa yo’li, zarafshon va Qoraqalpog’iston tarktlari va boshqa
yo’llar qurildi.
Hozir Respublikada 70 ga yaqin avtobus va taksomotor sayorlari barpo
etilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangan.
Respublikamizda “O’rta Osiyo trans” avtomobil firmasining tashkil
etilganligi O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o’tganligining
belgilaridan biridir.
Aviakompaniya xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisobidan samolyot – motor
parkini modernizatsiya qildi. Bugungi kunda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy
aviakompaniyasi “Boing – 767 – 300 ER” va “Boing – 757 - 200”, Yevropada
ishlab chiqarilgan “A - 310” va “RJ – 85” zamonaviy havo kemalariga ega. Ular
xorijiy mamalakatlarga, shuningdek, respublikamiz ichidagi yo’nalishlarda
parvozlarni amalga oshirmoqda. Hozir ularning safiga «V.P. Chkalov nomidagi
Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat aktsiyadorlik jamiyatida
ishlab chiqarilgan o’rta masofaga uchuvchi “İl – 114 – 100” hamda yuk tashuvchi
«İt – 76» samolyotlari qo’shildi. Shu tariqa tijorat yuklarini tashish va parvozlar
olisligi o’rtasidagi maqbul nisbatga, yoqilg’idan samarali foydalanishga, qulaylik
va xavfsizlikni ta’minlashga erishildi.
Yangi turdagi samolyotlardan foydalanish yerdagi texnika bazasini
yangilashni taqozo etdi. Hukumat dasturiga muvofiq poytaxtimiz va qator viloyat
markazlaridagi aeroportlar to’liq modernizatsiya qilindi. «Toshkent» aeroportidan
tashqari, milliy aviakompaniya tarkibiga kiradigan 12 ta aeroportdan
mamalakatimiz
sayyohlik
va
sanoatlashgan
markazlarida
joylashgan
«Samarqand», «Buxoro», «Urganch», «Termiz», «Navoiy» aeroportlari xalqaro
maqomga ega bo’ldi. Bu aeroportlarda uchish – qo’nish yo’laklari va terminallar
rekonstruktsiya qilingach, ular barcha turdagi zamonaviy laynerlarni qabul
qilmoqda.
Poytaxtimizdagi «Toshkent» aeroporti haqli ravishda Markaziy Osiyodagi
eng tsirik aeroport hisoblanadi. Aeroport İKAO standartlariga muvofiq
rekonstruktsiya qilindi. Uni zamonaviy texnika bilan jihozlash davom etmoqda.
Mamlakatimizning salohiyati va nufuzini ko’rsatadigan tranzit zali yo’lovchilarga
xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida modernizatsiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: