Өзбекистон транспорти ва ташқи иқтисодий алоқалари


 O’zbekiston havo yo’llari



Download 357,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana15.05.2021
Hajmi357,3 Kb.
#64732
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozbekiston transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

2.3. O’zbekiston havo yo’llari. Mustaqil Respublika transporti haqida so’z 

yuritilganda  havo  transportining  mohiyati  tobora  ortib  borayotganini  ham 

ko’rsatib  o’tish  lozim.  Transportning  bux  ili  o’z  ishini  birinchi  marta  1924  yili 

boshlagan  edi.  O’sha  yilning  12  may  kuni  Toshkent  –  Bishkek  –  Olmaota 

shaharlari orasida havo transporti aloqasi yo’lga qo’yilgan edi. Ana shundan beri 

o’tgan davr ichida transportning bux ili tez rivojlanib ketdi. Hozir havo transporti 

orqali  asosan  yo’lovchilar  tashiladi.  Shu  bilan  birga  bir  manzildan  ikkinchi  bir 

manzilga  tez  et  kazish  zarur  bo’lgan  yuklarni,  ayniqsa  tez  buziladigan  yuklarni 

ham tashishda havo transportidan foydalaniladi. 

1993  yili  «O’zbekiston  havo  yo’llari»  Milliy  avia  kompaniyasi  tashkil 

topishi havo yo’li transporti taraqqiyoti sohasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 

Bu kompaniya xizmati tufayli  Toshkentdan  Nyu  –  York,  London,  Tokio,  Pekin, 

parij,  İstambul,  Dehli,  Tel  –  Aviv,  Seul,  Kuala  –  Lumpur,  Jidda,  Urumchi  kabi 

jahonning ko’pgina shaharlari bilan havo transporti qatnovi amalga oshirilmoqda. 

Keyinchalik  Toshkentdan  samolyotlar  qatnaydigan  manzillar  ro’yxati  yanada 

kengayishiga shubha yo’q. 

«O’zbekiston  havo  yo’llari»  aviakompaniyasi  bilan  AQShning  «Boing» 

kompaniyasi  o’rtasida  imzolangan  shartnomaga  ko’ra  1996  yil  avgust  oyidan 

boshlab Toshkent bilan jahonning qator shaharlari, jumladan Nyu – York, Afina, 



Jakarta,  Singapur  kabi  shaharlar  orasida  «Boing»  samolyotlari  uchishi  yo’lga 

qo’yildi. 

O’zbekiston  iqtisodiyotning  rivojlanishida  va  iqtisodiy  aloqalarning 

o’sishida havo transportining ro’li oshib bormoqda. 

Respublikamiz  endilikda  Hamdo’stlikning  1000  dan  ortiq  shahar  va  aholi 

manzilgohlari, shu jumladan, uning barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali 

bog’langan. Toshkent aeroporti Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir.  

Nukus,  Termiz,  Jizzax,  Qarshi,  Andijon  va  Namangan  shaharlarida 

zamonaviy  aeroportlar  qurildi.  Samarqand,  Buxoro  va  Urganch  shaharlaridagi 

aeroportlar xalqaro talabga javob beradigan ravishda qayta ta’mirlandi. 

Toshkent  aeroporti  passajirlar  uchun  barcha  qulayliklar  yaratilgan 

zamonaviy  yirik  aeroportlardan  biridir.  Toshkentdan  dunyoning  ko’pgina 

mamlakatlariga samoltlar parvoz qiladi. 

Samolyot parvoz qilish uchun uchish yo’lagiga keldi. Bir necha daqiqadan 

so’ng O’zbekiston milliy bayrog’i ranglari bilan bezatilgan ulkan qanotli mashina 

shiddat  bilan  falakka  ko’tarildi.  Uning  yon  tomonidagi  UZBEKİSTON  yozuvi 

ancha vaqtgacha yarqirab ko’rinib turdi. 

Bugun  «O’zbekiston  havo  yo’llari»  milliy  aviakompaniyasining  havo 

kemalari 

dunyoning 

o’nlab  shaharlariga  parvoz  qilmoqda,  mustaqil 

O’zbekistonimizning dovrug’ini yoymoqda. Yer sharining turli qit’alaridan ming 

– minglab yo’lovchilar keladigan turli aeroport va aerovokzallarda fuqarolarimiz 

davlatimiz 

ramzi 

va 


aviakompaniya 

belgisi 


tushirilgan 

zamonaviy 

samolyotlarning 

savlat 


to’kib  turganiga  faxr  bilan  qarashadi.  Bu 

mustaqilligimizning yorqin samaralaridandir. 

«O’zbekiston  havo  yo’llari»  milliy  aviakompaniyasida  qo’qga  kiritilgan 

yutuqlar  misolida  mamlakatimizda  amalga  oshirilgan  keng  ko’lamli  ishlarni 

tasavvur  etish  mmkin.  O’zbekiston  Prezidenti  İslom  Karimov  1992  yil  28 



yanvarda  «O’zbekiston  havo  yo’llari»  milliy  aviakompaniyasini  tashkil  etish 

to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz İKAO 

–  Xalqaro  fuqora  aviatsiyasi  tashkilotining  teng  huquqli  a’zosi  bo’ldi,  Mİlliy 

aviakompaniyamiz  esa  İATA  –  Xalqaro  havo  transporti  assotsiatsiyasida 

ro’yxatga olindi. 

Bugun  «O’zbekiston  h’avo  yo’llari»  milliy  aviakompaniyasi  o’z 

mijozlariga  yurtimizning  barcha  yirik  shah’arlari  va  45  dan  ortiq  xalqaro 

yo’nalish  bo’yicha  parvozlarni  taklif  etmoqda.  Yevropa,  Osiyo,  Amerika, 

MDHning  40  dan  ziyod  shah’arlarida  milliy  aviakompaniyamiz  vakolatxonasi 

ochilgan,  o’nlab  kompaniya  va  firmalar  bilan  h’amkorlik  yo’lga  qo’yilgan.  Har 

kuni  o’nlab  parvozlar  amalga  oshirilmoqda,  bir  yilda  qariyb  2  million  nafar 

yo’lovchi tashilmoqda.  




Download 357,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish