«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti



Download 1,53 Mb.
bet3/4
Sana01.02.2017
Hajmi1,53 Mb.
#1582
1   2   3   4

Ikkita transformatorni ishdan chiqish chastotasini µ § analitik usulda hisoblaymiz.

Jihoz (element)µ §µ §µ §Transformator1;20,020,02000,007Ajratgich 5;60,020,00040,001Qisqa tutashtirgich7;80,020,00040,001Havo liniyasining uchastkasi3;40,500,00100,005Yog’li 9;10;110,030,00300,006


4.1-rasm. Kuchlanishi 110 kv podstansiyaning ta’minlovchi sxema variantlari.
3.1-jadval

Qisqa muddatli (a,b) va davomli (v) o’chirishlarni hisoblash sxemalari 4.2-rasmda keltirilgan.

a)

b)

v)



4.2-rasm. Nimstansiyani o’chirishning hisoblash sxemalari.
Hisoblash sxemasiga ko’ra qisqa muddatli o’chirishlar (ketma-ket ulanish formulasiga ko’ra)

a ЁC variant uchun

µ §

b ЁC variant uchun



µ §

Ikkala variant uchun bir vaqtda bir zanjirni ishdan chiqishi va ikkinchi zanjirni uzoq turib qolish chastotasini hisoblashda 4.2-rasmdan foydalanamiz:

µ §

µ §


µ §

µ §


Bundan kelib chiqadiki seksiyalanuvchi o’chirgich U ni hisobiga faqat qisqa muddatli o’chirishlar chastotasini kamaytirishga erishish mumkin (1,1 dan 0,03 µ § gacha).

Endi kuchlanishi 110 kv bo’lgan yog’li o’chirgichni almashtirishni iqtisodiy samaradorligini ko’rib chiqamiz. Qisqa muddatli o’chirishlar chastotasi kamayishi operativ (qayta o’chirishlarni vaqti 0,5 soat bo’lganda) quyidagicha bo’ladi:

µ §.

Halq xo’jaligi yetkazilgan o’rtacha zararni kamayishi quyidagicha aniqlanadi:



µ § (4.3)

bunda


µ § - solishtirma zarar;

µ § - o’chirilgan yuklamaning quvvati.

Kuchlanishi 110 kv tarmoqdagi iste’molchining o’rtacha quvvati 30 µ § bo’lganda

µ §


Bitta o’chirgichni o’rnatish uchun kapital harajatlarni oshishi µ §

Quyidagi muddatda o’zini oqlaydi:

µ §

Normativ muddatda µ § yog’li o’chirgichni almashtirish µ § bo’lganda o’zini oqlaydi. Agar baholash µ § bo’lsa o’chirgichni o’rnatish o’zini 5 yilda oqlaydi.



4.2. Elektr jihozlarni joriy ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishda

xavfsizlik qoidalari


Tortuvchi nimstansiyalarda va kontakt tarmog’idagi elektr jihozlarga xizmat ko’rsatayotganda ularni aylanuvchi qismlaridan mexanik shikast olish va elektr tokidan shikastlanish havfi bo’ladi. Barcha aylanuvchi vat ok o’tkazuvchi qismlari to’sib qo’yilgan bo’lishi kerak. Kontakt halqalari yoyi kollektorni jilvirlayotganda himoya ko’zoynagini taqib olish, oyoq tagiga izolyatsiyalovchi materiladan yasalgan taglik qo’yish, badanga yopishib turadigan kiyimda ishlash, yenglar panja yaqinida tugmalangan bo’lishi lozim. Faqat izolyatsiyalangan dastakli asbobdan foydalanish darkor.

Elektr zanjirlar bilan ishlayotganda, 1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda ishlayotganidek ehtiyot choralariga amal qilish kerak. Reostat zanjiri qisqa tutashtirilib qo’yilishi kerak.

Elektr uskunalarni ajratib ta’mirlash uchun uni avval yerlagichga (заземление) ulanadi, uzgich qismalariga “Не включат ЁC работают люди” yozuvli plokat osib qo’yiladi.

1000 V dan katta kuchlanishli mashinalarni qo’lda ishga tushirish va to’xtatishda qo’lqop rezina kalish kiyib olish yoki rezina poyondoz ustida turish kerak. Plokat osib qo’yilgandan keyin tarmoqning uzilgan qismida kuchlanish yo’qligi tekshiriladi.

1000 V gacha kuchlanishli o’zgaruvchan tok elektr uskunalarida bu tekshiruvni bir qutbli kuchlanish ko’rsatgichi bilan bajargan maqul. U izolyatsiyalanuvchi korpus 2 li avtoruchka ko’rinishida tayyorlanadi (4.3-rasmga qarang). Metal shchupni o’tkazgichga tekkizib, qo’l bermog’i metal kontakt 3 ga qo’yiladi. Elektr zanjiri odam orqali tutashadi: kuchlanish bo’lsa korpus ichidan neonli lampa 4 yonadi.

4.3-rasm. Avtoruchka.


Polni o’tkazuvchanligi yomon bo’lganda hatoga yo’l qo’yilmaslik uchun ikkinchi qo’l yerga ulangan narsaga tekkiziladi.

O’zgarmas tok tarmog’ida kuchlanish borligi ikkita shchup va neonli lampaga ega bo’lgan ikki qutbli ko’rsatgich bilan aniqlanadi. Shchuplar ikkita sigma tekkiziladi. Bu ko’rsatgich o’zgaruvchan tok tarmog’i uchun yaraydi. Ko’rsatgich o’rniga tekshirish lampasidan foydalanish taqiqlanadi, chunki lampani tasodifan katta kuchlanishga ulab qo’yilganda uning kolbasi sinib ketishi mumkin.

Operativ jurnalga elektr uskuna uzilganligi haqida yozib qo’yiladi. Ishlarning to’laganligi to’g’risida jurnalga yozilib, javobgar shaxs ko’rsatilganidan keyingina mashina yana ishga tushiriladi.

Ba’zi bir elektr jihozlarni (misol uchun sovituvchi ventilyatorlar0 to’xtatib qo’yilgan elektr motorlari suv yoki havo bosimi ta’sirida ishlab ketishi mumkin.

Bunday uskunalarda ventil yoki boshqa berkituvchi qurilmalarni berkitib ularni qulflab qo’yish va “Olmang ЁC odamlar ishlayapti” ya’ni “Не открыватъ ЁC работают люди” yozuvli plakat osib qo’yilishi zarur.

Agar uch fazali uskuna tarmoqdan uzilgan bo’lsa, ta’minlovchi kabel barcha fazalarining uchlari qisqa tutashtiriladi va ko’chma yerga ulagich (заземлителъ) bilan yerga ulanadi. Kuchlanish batamom olingandan keyingina ishga tushirish uskunada ishlashga ruhsat etiladi.

Izolyatsiyaning qarshiligi tahminan 1000 yoki 2500 V kuchlanishga mo’ljallangan megaommetrlar bilan o’lchanadi. Megaommetrning qarshiligiga tegib ketish havfli emas chunki generatorning quvvati kichik va ichki qarshiligi katta. Ammo tekshirilayotgan elektr zanjiri zaryadlanib qoladi va unga tegib ketish havf tug’dirishi mumkin.

O’lchash vaqtida cho’lg’am simlariga tegish mumkin emas, o’lchab bo’lgandan keyin esa chulg’amni darhol korpusga tekkizib zaryadsizlanish zarur.

Kuchlanish ta’sirida qolishi mumkin bo’lgan tok o’tkazuvchi metal qismlarni uch fazali sistemadagi himoyalovchi nol sigma elektr jihatdan ulashga nollash deb ataladi. Bunday birikmada fazaning korpuska tutashuvchi bir fazali qisqa tutashuvda, ya’ni faza va nol simlari orasidagi tutashuvga aylanadi, bunda simlar tok o’tib eruvchan quymalarni kuyishiga yoki avtomatik uzgichning ishlab ketishiga sabab bo’ladi. Uskuna tarmoq uziladi. Nol sim yerga tutashadi, shu sababli metal korpusda kuchlanish paydo bo’lishining dastlabki paytida himoya ishga tushguniga qadar nollash himoyalovchi yerga ulagich kabi ishlaydi. himoyalovchi uzgich 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlarda, ayniqsa, qo’lda ko’tarib yuriladigan elektr asbob uchun keng qo’llaniladi.

U tutashuv boshlangan vaqtdan boshlab ko’pi bilan 0,2 sekund vaqt ichida tarmoqning uchastkasi avtomatik uzilishni ta’milaydi. Himoyalovchi o’chuvchi qurilma kuchlanishning o’zgarishini sezadigan asbob, masalan, kuchlanish relesi kV (4.4-rasm) va avtomatik uzgich QF tuzilgan.

4.4-rasm. Himoyalovchi uzgich sxemasi.
Kuchlanish relesi elektr jihoz korpusi M bilan yordamchi yerga ulagich µ §orasiga o’rnatilgan. Faza korpusga tutashganda undagi kuchlanish qo’shimcha yerga ulagich µ § dagi kuchlanishdan ortib ketadi. Kuchlanish relesi uzgichning uzuvchi g’altagi zanjirini tutashtiradi, natijada shikastlangan elektr iste’molchi uziladi. Tugma SB tekshirish uchun hizmat qiladi. Uni bosib himoyaning ishga tushishi tekshiriladi.
Nimstansiya elektr jihozlarining oldingi ta’mirlash optimal davrini Lagranj

noaniq ko’paytmalari usulida asoslash.


Nimstansiya elektr jihozlarida davriy ravishda bajariladigan oldingi ta’mirlash uni ishdan chiqish vaqtini cho’zadi. Shu bilan birga ta’mirlash davri turli shikastlanishlar µ § µ § jadalligiga bog’liq. Ma’lumki har qanday elementning shikastlanmasligi ideal shu onda bajariladigan oldingi ta’mirlashga, yoki shikastlangan elementni barvaqt almashtirishga bog’liq, shu bilan birga ta’mirlash, elementni ishdan chiqmaslik vaqtini har qanday holatdan eksponensial qonun bilan o’zgarishiga olib keladi.

Shikastlanish jadalligi µ § va shikastlanish oqimi µ § oshgan holda oldingi ta’mirlash avariya ta’mirlash o’rtacha chastotasini kamaytiradi:

µ § (4.4)

Bundan tashqari ma’lumki nimstansiyalarning asosiy jihozlarining avvaldan rejalashtirilgan bajarilgan ta’mirlash davri µ § bo’lsa, unda µ §, rejalashtirilmagan ta’mirlashda µ § bo’ladi.

Rejalashtirilgan ta’mirlashlarning va avariya ta’mirlashni hamda elektroenergiya uzilishida sababli iqtisodiy zararlarning o’rtacha tannarxlarini tahlili shuni ko’rsatadiki, agar rejalashtirilgan ta’mirlashni tannarxi µ § dan avariya ta’mirlashga hamda elektrenergiya uzatishdan sodir bo’lgan iqtisodiy zarar µ § dan ko’p bo’lsa solishtirma harajatlarni minimallash maqsadida rejalashtirilgan ta’mirlash davrini optimallash mumkin.

Malakaviy bitiruv ishida bu masalani Lagranj noaniq ko’paytmalari usulida yechishga harakat qilingan. Bu usulda shartli optimizatsiya masalasini soddaroq bo’lgan shartsiz optimizatsiya, ya’ni absolyut ekstremum masalasiga keltirilgan.

Har bir elektr jihoz bir nechta turdagi shikastlanishlarning jadalligi µ § va shikastlanish oqimi µ § bilan xarakterlanishini etiborga olib, rejalashtirilgan ta’mirlash davrini µ § , yillik sarf-harajatlar va energiya ta’minlanishi uzilishidan bo’lgan barqaror mezonlari bo’yicha optimallash mumkin:

µ § (4.5)

(4.5) shart mos ravishda solishtirma harajatlarni minimallash mezoniga mos keladi:

µ § (4.6)

bu yerda

µ §; (4.7)

µ § (4.8)

Ko’p turdagi shikastlar (ishfan chiqishlar) parametrini quyidagicha approksimatsiya qilish mumkin:

µ § (4.9)

e’tiborga olib (3) formulani quydagicha yozish mumkin bo’ladi:

µ § (4.10)

Eslatib o’tamizki avariyaviy ta’mirlash harajatlari va elektr energiya uzilishi oqibatidagi iqtisodiy zararlar rejalashtirilgan ta’mirlashga tannarxining yillik solishtirma harajatlardan ko’p bo’lsa rejalashtirilgan ta’mirlash iqtisodiy jihatdan samarali bo’ladi.

Shunday qilib ko’rilayotgan masalada maqsadli funksiyani nisbiy minimumini quyidagi chegaralashlarda izlash lozim:

µ § (4.11)

yoki

µ § (4.12)



(4.10) ga asoslanib Lagranj funksiyasini yozamiz:

µ § (4.13)

Funksiya L ning minimumini izlash uchun uning hususiy hosilalarini yopib ularni nolga tenglashtiramiz.

µ §;


µ §;

ЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎK. µ §.

µ §;

µ §;


ЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎKЎK

µ §.
Dastlabki taxlillar shuni ko’rsatadiki podstansiya asosiy elektr jihozlarining har bir ta’mirlash turi bo’yicha optimal davrlarini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin;

µ §

bunda µ § jihoz turlarini hisobga oladigan korreksion koeffitsientlar.



Eslatib o’tamizki bunday nochiziq masalani yechishda Gauss usuli bo’yicha EXCEL7.0. dasturdan foydalaniladi.
4.3. Harakat xavfsizligi
Elektr ta’minoti qurilmalari quyidagilarni elektr bilan ishonchli ta’minlashi kerak:

- talab qilinadigan harakat o’lchamlarida poezdlarning belgilangan og’irlik meyorlari, tezliklar, ular orasidagi intervallar bilan harakatlanishi uchun elektr harakat tarkibini;

- I toifadagi elektr energiyasi iste’molchilari sifatida Signallashtirilgan Markazlashtirilgan Blokirovka (SMB), aloqa va hisoblash texnikasi qurilmalarini;

- DATK ning ruxsati bilan qayta qurish tugallanmasidan bu qurilmalarni II toifa bo’yicha elektr bilan ta’minlanishiga yo’l qo’yiladi;

- DATK belgilangan toifaga ko’ra boshqa barcha temir yo’l transporti iste’molchilarini.

Avtomatik va yarim avtomatik blokirovkaning elektr ta’minot manbasining akkumulyator zaxirasi mavjud bo’lganida, u doim shay ahvolda bo’lishi va 36 soat ichida ta’minotdan o’chirilmagan bo’lsa, SMB va kesib o’tish yo’li qurilmalarining 8 soat ichida to’xtovsiz ishlashini ta’minlashi kerak.

Avtomatik va yarim avtomatik blokirovka elektr ta’minotining asosiy tizimidan zaxiraviy tizimga o’tishi 1,3 sekunddan oshmasligi kerak.

Elektr bilan ta’minlashning ishonchli bo’lishi uchun elektr ta’minoti inshoot va qurilmalarining ahvoli davriy nazorot qilinishi, vagon laboratoriyalari, tashxis asboblari bilan ularni o’lchash ishlari va rejaviy ta’mir ishlari bajarilishi kerak.

Elektr harakat tarkibining tok qabul qilgichida kuchlanish darajasi o’zgaruvchan tokda 21 kV, doimiy tokda 2,7 kV dan kam bo’lmasligi va o’zgaruvchan tokda 29 kV, doimiy tokda 4 kV dan oshib ketmasligi kerak.

Ayrim uchastkalarda DATK ruxsati bilan o’zgaruvchan tokda 19 kV va doimiy tokda 2,4 kV dan kam bo’lmagan kuchlanish darajasiga ruxsat beriladi.

SMB qurilmalarida o’zgaruvchan tokning nominal kuchlanishi 220 V yoki 380 V bo’lishi kerak.

Nominal kuchlanishning ko’rsatilgan kattaliklaridan chetga chiqishlar kamayish tomoniga ko’pi bilan 10%, ko’payish tomoniga ko’pi bilan 5% ga ruxsat beriladi.

Elektr ta’minoti qurilmalari qisqa tutashuv, kuchlanishning oshib ketishidan muxofazalanishi kerak.

Doimiy tok bilan elektrlashtirilgan liniya rayonlarida joylashgan metal yer osti qurilmalari (truboprovodlar, kabellar va boshqalar), shuningdek, metall va temirbeton ko’priklar, ko’prik yo’llar, kontakt tarmoq tayanchlari, svetoforlar, gidrokolonkalar va boshqalar elektr yemirilishidan muxofazalanishi kerak.

Doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarning tortish podstansiyalari, shuninhdek, elektr harakat tarkibi SMB va aloqa qurilmalarining faoliyatini buzuvchi toklar kontakt tarmog’iga kirib qolishidan muxofazalanishi kerak.

Kontakt simi osma (подвеска) sining rel’s kallagi ustki sathidan balandligi oraliq, yo’l va bekatlarda kamida 5750 mm, kesib o’tish joylarida kamida 6000 mm bo’lishi kerak.

Alohida xolatlarda amaldagi liniyalarda bu masofa harakat tarkibining turishi ko’zda tutilmagan bekat yo’llarida joylashgan sun’iy inshootlar chegarasida, shuningdek, oraliq yo’llarda DATK ning ruxsati bilan o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda 5675 mm gacha va doimiy tokda 5550 mm gacha kamaytirilishi mumkin.

Kontakt simi osmasining balandligi 6800 mm dan oshib ketmasligi kerak.

Sun’iy inshootlar chegarasida kuchlanish ostidagi kontakt tarmog’i qismlari va tok qabul qilgichning tok tashuvchi elementlaridan to harakat tarkibining va inshootlarning yerga ulangan qismlarigacha bo’lgan masofa doimiy tokda elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 200 mm va o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda kamida 350 mm bo’lishi kerak.

Alohida xolatlarda amaldagi sun’iy inshootlarda belgilangan masofalarni kamaytirishga yo’l qo’yiladi.

Oraliq, yo’l va bekatlarda chetki yo’l o’qidan to kontakt tarmoq tayanchining ichki chetigacha bo’lgan masofa kamida 3100 mm bo’lishi kerak.

O’yiq (виемка) lardagi tayanchlar kyuvetdan tashqarida joylashishi kerak.

O’ta kuchli qor bosib qoluvchi o’yiqlarda (qoyali o’yiqlardan tashqari) va ulardan chiqishda (100 m uzunlikda) chetki yo’l o’qidan to kontakt tarmoq tayanchlarining ichki chetigacha bo’lgan masofa kamida 5700 mm bo’lishi kerak. Bunday joylarning ro’yhati kompaniya raisi tomonidan aniqlanadi.

Amaldagi liniyalarda ularni qayta qurishdan avval, shuningdek, o’ta qiyin sharoitlarda yangidan elektrlashtirilayotgan liniyalarda yo’l o’qidan to tayanchlarning ichki chetigacha bo’lgan masofa bekatlarda kamida 2450 mm, oraliq yo’llarda kamida 2750 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi.

Barcha ko’rsatilgan o’lchamlar to’g’ri yo’llar uchun belgilangan.

Egri uchastkalarda bu masofalar kontakt tarmoq tayanchlari uchun belgilangan gabarit kengayish bo’yicha kattalashishi kerak.

Kontakt tarmoq tayanchlari, havo liniyalari va svetoforlar, shuningdek, signal belgilarining o’zaro joylashuvi signal va belgilarning yaxshi ko’rinishini ta’minlashi kerak.

Kontakt tarmoq qismlaridan 5 m dan kam masofada joylashgan kuchlanish ostidagi kontakt tarmoq, elementlari mahkamlanadigan barcha metall inshootlar (ko’priklar, ko’prik yo’llar, tayanchlar), temirbeton tayanchlar, temirbeton va metall bo’lmagan sun’iy qurilmalardagi kontakt tarmoqning mahkamlanish moslamalari, shuningdek, alohida turuvchi metall tuzilmalar (gidrokolonkalar, svetoforlar, ko’prik va ko’prik yo’llar elementlari va boshqalar) yerga ulangan bo’lishi yoki inshoot va tuzilmalarga yuqori kuchlanishning tushib qolishidan muhofazalovchi o’chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.

Xavfli kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchan tok kontakt tarmog’i hududida joylashgan barcha metall inshootlar yerga ulanishi kerak.

Elektrlashtirilgan yo’llar ustida joylashgan ko’prik yo’llar va piyodalar ko’prigida kuchlanish ostidagi tarmoq qismlaridan to’sib qo’yish uchun muhofaza shitlari va odamlar o’tadigan joyda tutashmalar bo’lishi kerak.

1000 V dan yuqori bo’lgan kuchlanishli kontakt tarmog’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minlash liniyalari havo oraliqlari (izolyatsiyalovchi tutashma), neytral qo’yilma, seksiya va izolyatorlar, ajratuvchilar yordamida alohida uchastkalar (seksiyalar) ga ajratilishi kerak.

Havo oraliqlari chegaralarida o’rnatilgan kontakt tarmoq tayanchlari va shitlar ajralib turuvchi rangda bo’lishi kerak. Bu shitlar yoki tayanchlar orasida tok qabul qilgichi ko’tarilgan elektr harakat tarkibining to’xtashi man etiladi.

Kontakt tarmo’g’i, avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minot liniyalarini ta’minlash va qismlarga bo’linish sxemasi kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sxemalardan nusxalar bekatning texnika-boshqaruv aktlariga qo’shib qo’yiladi.

Elektrdepo va ishga shaylash (экипировка) qurilmalarining, shuningdek, elektr harakat tarkibning ustki qurilmalari ko’rikdan o’tkaziladigan yo’llarning kontakt tarmoq ajratgichlarini tutashtirish lokomotiv depo xodimlari tomonidan bajariladi. Boshqa ajratgichlarni tutashtirish energodispetcher qarori bilangina amalga oshiriladi.

Qo’l bilan boshqariladigan ajratgichlarning uzatma (привод) lari qulflangan bo’lishi kerak.

Avtoblokirovka va bo’ylama elektr ta’minoti liniyalarining ajratgichlari va o’chirgichlari, shuningdek, kontakt tarmog’i ajratgichlarini tutashtirish, elektr ta’minotning to’xtovsizligini va ishlab chiqarishning xavfsizligini ta’minlovchi ajratgichlarning qulflangan uzatmalari kalitlarini saqlash tartibi kompaniya bo’limi boshlig’i tomonidan belgilanadi.

Ajratgichlarni va o’chirish asboblarini tutashtirish energodispetcher qarori bilan maxsus o’qishdan o’tgan xodimlar tomonidan bajariladi.

1000 V dan yuqori bo’lgan havo elektr uzatish liniyalari simlarining pastki nuqtasidan to yer sathigacha maksimal proves o’qida masofa quyidagicha bo’lishi kerak:

oraliq yo’llarda kamida 6,0 m;

qiyin o’tish joylarida kamida 5,0 m;

bekatlarda, aholi punktlarida,

avtomobil yo’llari bilan kesishuvda kamida 7,0 m.

Temir yo’llarning kesishuv joylarida 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari havo simlarining pastki nuqtasidan to elektrlashtirilmagan yo’llar rel’s kallaklarining ustki sathigacha bo’lgan masofa kamida 7,5 m bo’lishi kerak. Elektrlashtirilgan liniyalarda kontakt tarmoq simlarigacha bo’lgan bu masofa elektr uskuna qurilmalari qoidalari vat emir yo’l texnik sharoitlariga binoan kesishuv liniyalarida kuchlanish darajasiga ko’ra belgilanishi kerak.
IV bobga xulosa
Elektr jihozlarni ta’mirlashda texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlashda ikki yoki uch variantli taqsimlash sxemalari ma’lum ketma-ket va parallel bloklar bilan tasvirlanadi va sxema tuzilishiga ko’ra bir vaqtda bir zanjirni ishdan chiqish chastotasi hisoblanadi.
II. Iqtisodiy qism

Tortuvchi nimstansiya mexnat ko’rsatgichlarini hisoblash.


1. Tortuvchi nimstansiya ishchilar sonini hisoblash.

Tortuvchi nimstansiyalar, seksiyalanish postlari, parallel ulanish punktlarida xizmat ko’rsatadigan, ta’mirlash va profilaktik sinovlarda ishtirok etadigan elektromontyorlar sonini hisoblash kontakt tarmog’i rayonidagi ishchilar soni kabi hisoblanadi.

Ochiq havoda va isitilmaydigan xonalarda ish bajaradigan elektromontyorlar soniga kiritiladigan o’rtacha tuzatma koeffitsientlar birinchi harorat zo’nasi uchun tuziladi.

Tortuvchi nimstansiyalar elektromontyorlar soni 1-jadval shaklida tuziladi.

Brigada 5 kishi. Har bir brigadadagi elektromontyorlar kvalifikatsiya bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

50 % - 5 razryadli, 50 % - 4 razryadli.

Tortuvchi nimstansiyalar elektromontyorlar sonini hisoblash.

1-jadval


NHisoblash uchun berilganO’lchov birligiSoniO’lchovga normativIshchilar soni1 2 3 4 561110 kv li tortuvchi nimstansiya namunaviy ulanishlar soni

1

2,2



2,22Qo’shimcha ulanishlara)110 kv yog’li o’chirgichli kirish 1kirish 2 0,1 0,14b)Kontakt tarmoqqa ulanadigan liniya 1liniya 4 0,07 0,281 2 3 4 5 63Oraliq µ §a)Yog’li o’chirgichli kirish 1vvod 20,05 0,1b)Yog’li o’chirgich seksion o’chirgich 1liniya 10,05 0,05v)Kuchlanish transformatori va razryadnik1komplekt 20,02 0,04g)Ta’minlovchi liniyalar 1liniya 40,05 0,24Seksiyalanish posti 1post 50,24 1,25220 kv li tortuvchi podstansiya na’munaviy ulanish soniParallel ulanish punkti 1punkt 2 0,1 0,2Umumiy shtatdagi son7Tuzatma koeffitsient k=0,13 hisobga olganda 0,9373Ro’yxatdagi kishilar soni 8

Elektromontyorlardan tashqari hisobga olinadi:

- tortuvchi nimstansiyaning bosglig’i (12 razryad) ЁC 1kishi;

- katta elektromexanik (10 razryad) ЁC 1kishi;

- navbatchi elektromexanik (8 razryad) ЁC smenada 1kishi;

- vaxtyor (2 razryad) ЁC 1kishi;

- farrosh (0 razryad) ЁC 1kishi.

Tortuvchi nimstansiya bo’yicha ishchilar soni ЁC 14 kishi.


2. O’rtacha oylikni va mehnatga xaq to’lash fondini hisoblash.


“O’zbekiston temir yo’llari” Davlat aksionerlik kompaniyasi doirasida temir yo’l transport ishchilarining oylik ish xaqlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1999 yil 1 iyundan ish xaqi yagona ta’rif stavkalar va okladlar asosida hisoblanadi, bunda temir yo’lda uzluksiz mehnat stajiga bog’liq bo’lgan ta’rif koeffitsientlarni bajarilayotgan ishni murakkabligi va eng kam oylik xaqi, oylikka qo’shib beriladigan rostlanuvchi qo’shimchalar saqlanib qolgan.

Oylik ta’rif stavkasi quyidagicha hisoblanadi:

- eng kichik oylik ta’rif stavkasi berilgan kvalifikatsion ta’rif koeffitsientga ko’paytiriladi;

- distansiya bo’yicha barcha ishlar uchun mukofot miqdori 20% ni tashkil etadi.

Oylikka qo’shib beriladigan qo’shimchlar quyidagilardan iborat:

a) tunda ishlaganda har bir soat uchun µ § ni tashkil etadi. O’zbekiston mehnat kodeksining 12 stat’yasi bo’yicha tungi vaqt kechqurun soat µ § dan ertalab soat µ § gacha hisoblanadi.

b) har bir bayram kundagi ish xaqiga 100% ta’rif stavka qo’shiladi. Shunda oylik stavkaga µ § qo’shiladi, bunda bir yilda 9 ta bayram kuni.

Tungi ishga va bayram kunlariga beriladigan qo’shimcha xaq faqat sutka bo’yicha ishlaydigan ishchilarga taa’luqlidir.

v) avtotransport haydovchilarga kvalifikatsion klassi uchun 25% qo’shimcha xaq to’lanadi.

O’rtacha oylikni va mehnatga haq to’lash fondini hisoblash.

2-jadval
Ishchilar guruhi va profesiya nomiIshchilar shtati, odamTa’rif razryadiKoeffitsientOylik ta’rif stavka, so’mQo’shimchalar, so’mO’rtacha oylik xaqiIsh xaqini yillik fondi min. so’mBoshliq 1 12 1,2 69482,4 62534,2 132016,6 1584,2Katta elektromexanik

1

10



1,0

55868,8


50281,9

106150,7


1273,81Navbatchi elektromexanik

2

6



0,8

45506,2


40955,6

86461,8


2075,08Qorovul 1 2 0,2 25989,8 23390,8 49380,6 592,57Elektromontyorlar 8 4,5 0,4 41222,7 37100,4 78323,1 7519,02Farrosh 1 0 0 15776,0 14198,4 29974,4 359,69Hammasi 1413404,37
Tortuvchi nimstansiya uchun ish xaqining fondi tashkil etadi ЁC 13404,37 ming so’m.
3. Mehnat unumdorligi.
Mehnat unumdorligining darajasi keltirilgan ob’ektlar (shartli texnik birliklar) ro’yxat bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan ishchilar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Distansiyaning turli mehnat hajmiga ega bo’lgan produksiyasini keltirish uchun tegishli koeffitsientlar o’rnatilgan. Keltirilgan produksiyani hosil qilish uchun ish hajmini o’tkazish koeffitsientlarga ko’paytiriladi.
Keltirilgan produksiyani hajmini hisoblagandan so’ng ishchilar mehnat unumdorligi quyidagicha hisoblanadi:

µ §,


bunda

µ § - shartli texnik birliklar soni;

µ § - distansiya ishchilarni ro’yhatdagi soni.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish