«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI»
AKSIYADORLIK JAMIYATI
TOSHKENT TEMIR YO‘L MUHANDISLARI INSTITUTI
«Temir yo‗llar elektr ta‘minoti» kafedrasi
«ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARI” FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
TUZUVCHI: SULLIYEV A.X.
TOSHKENT-2018
1-MA’RUZA
ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARINING SINFLANISHI
Reja.
1. Kirish. Fanning rivojlanish tarixi va asosiy namoyondalari.
2. Temir yo‘lda elektrotexnika materiallari.
Tayanch so‘zlar:
dielektriklar, yarim o‗tkazgichlar, o‗tkazgichlar va magnit
materiallar , elektr o‗tkazuvchanligi o‗tkazgich materiallardan
Elektr texnika materiallari fani bo‗yicha bajariladigan tajriba ishlari yuqori
kuchlanish bilan bog‗liq. Yuqori kuchlanish inson hayoti uchun havfli, shu sababli
talaba texnika havfsizligi bilan tanishishi shart. Tajriba
ishini bajarishdan oldin
talabalar shu ishga qarashli yuqori kuchlanishli qurilmalar bilan tanishadilar.
Tajriba ishini bajarish uchun o‗qituvchidan ruxsat olinadi. Tekshirilayotgan
dielektrikni elektrodlar orasiga joylashtirib, keyin yuqori kuchlanish ulanadi. Har
bitta tajriba ishi himoya qafaslari bilan jihozlangan bo‗lib, texnika havfsizligiga
rioya
qilinishi kerak
1
.
Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr
maydoni ta‘sirida qutblanishidir. qutblanish deganda dielektrikda elektr
maydoni ta‘sirida zaryadlangan zarrachalarning fazoviy joylashuvini o‗zgartirish
holati tushuniladi. Elektr maydoni ta‘sirida bo‗lgan
dielektrik ikki vektor
qiymati – elektr maydon kuchlanganligi
)
(
E
va qutblanganlik
)
(
P
bilan
ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligi zaryadlangan jism yoki
zarrachalarning elektr maydonidagi ta‘sir kuchini ifodalaydi.
Elektr maydon
kuchlanganligi vektorning yo‗nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat
kuch chizig‗i yo‗nalishi qabul qilingan.
Elektr uskunalarning tok tashuvchi qismlariga bevosita tegib shikastlanish
xavfidan tashqari yuqori kuchlanishdan past kuchlanishga o‗tishdagi tokdan
shikastlanish xavfi ham mavjud.
Yuqori kuchlanish tarmog‗idan pastki kuchlanish tarmog‗iga o‗tayotgandagi
xavfdan himoyalanish neytralni yoki pastki kuchlanish tarmog‗i
fazasini yerga
ulash orqali amalga oshiriladi
2
.
Elektr uskunalarning metall qismlaridan kuchlanish o‗tishidan himoyalanish
uchun yerlatkich, nollash yoki ajratish qurilmalaridan foydalaniladi.
1
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 1-2 bet].
2
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 3-4 bet].
Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi
Elektr uskunalar korpuslariga tutashuv, ya‘ni
yerdan izolyasiyalanmagan
konstruktiv qismlarga kuchlanish ta‘siridagi tok o‗tkazuvchi qismlarning tegib
qolishi elektr uskunalarining yerga nisbatan kuchlanish ostida qolishiga olib keladi.
Bunday hollarda odam yerda yoki polda turgan holda elektr uskunaning
shikastlangan joyiga tegib ketsa, u elektr tokidan shikastlanish xavfi ostida qoladi.
Kuchlanish o‗tishi tufayli tokdan shikastlanish xavfini oldini olish uchun
elektr qurilmalar konstruktiv qismlarini himoyaviy
yerga ulash yoki nollash
amalga oshiriladi. Yerlash himoyasi va nollash elektr uskunaning normal holatda
kuchlanish ostida bo‗lmagan metall qismlariga mis yoki temir o‗tkazgichlar orqali
yerlatgichga ulanishiga aytiladi
3
. Izolyasiya shikastlanishi natijasida kelib chiqqan
korpusdagi qisqa tutashuv tarmoqqa ulangan yerlatkich o‗tkazgichlari orqali o‗tadi.
1000 V dan yuqori bo‗lgan kuchlanishli elektr qurilmalar uchun asosiy
himoya vositalari: kuchlanish ta‘siri ish bajarish,
vaqtincha yerlatkich va
o‗lchagich vositalari uchun shtanga; saqlagichni o‗rnatish va echish uchun
himoyalangan qisqichlar. Qo‗shimcha vositalarga quyidagilar kiradi: dielektrik
qo‗lqoplar,
dielektrik tufli va himoya, xususan, qadam kuchlanishidan himoya
uchun kovushlar, himoyalovchi tagliklar, dielektrik mat (gilamcha, namat). Barcha
himoya vositalari davomiy ko‗rikdan o‗tkazilib turiladi. Ko‗rik davomida yaroqsiz
deb topilgani va ko‗rikdan o‗tkazish muddati o‗tib ketgan himoya vositalari darhol
foydalanishdan chiqarilishi lozim.
4
Bundan tashqari, himoya vositalari qobiqlarida biron-bir kamchilik
sezilganda, ular navbatdan tashqari ko‗rikdan o‗tkaziladi.
3