«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «temir yo‘llar elektr ta’minoti» kafedrasi



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/77
Sana29.01.2022
Hajmi5,17 Mb.
#418106
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
tortuvchi nimstantsiya fanidan tortuvchi nimstantsiya. (1)

4.4. Yuqori kuchlanishli kabellar 
 

Kabellarning turlari

Kabel maxsulotlari ishlatilishi bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi: havo elektr 
uzatgich yo`llari va elektr transportida ishlatiladigan izolyasiyalanmagan simlar; turg`un va harakatdagi 
energiya iste’molchilarga mo`ljallangan quvvat kabellari; nazorat kabellari; montaj uchun simlar; 
chulg`amlar uchun simlar; xo`jalik va qurilma simlar; simli telefon aloqasi kabellari; maxsus kabellar. 
Havo elektr uzatgich yo`llari EUY da ishlatiladigan izolyasiyalanmagan simlarga katta mexanik yuklama, 
atmosfera yog`ingarchiliklari va havo kislorodi ta’sir ko`rsatadi. Bunday simlar po`lat-alyumin va 
alyumindan yasaladi. Po`lat-alyumin simlarning o`rtasidan po`lat simlar joylashtirilib, uning atrofiga 
alyumin simlar o`raladi. Simlar orasiga korroziyaga qarshi neytral qovushqoq modda kiritiladi. Elektr 
transportida ishlatiladigan simlar kundalang kesimi maxsus shakl berilgan mis va mis qotishmalaridan 
yasaladi. 


Kabel elektr uzatgich yo`llarning afzalligi: ularda namlanishning yo`qligi; egiluvchanligi va 
cho`ziluvchanligi; burilishlarga chidamliligi; ichidagi tomirlarni siljimasligi uchun etarli qattiqligi, sanoat 
energitikasida 6, 10, 30, 110, 132, 220, 275, 345, 380, 400, 500, 750 kV kuchlanishli kabellar ishlatilmoqda. 
Kuch kabellari turg`un iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo`ljallangan bo`lib, ular yer 
osti transheyalari, kanallari, tunnellariga joylashtiriladi. 
Turli kuch kabellari ko`ndalang kesimining ko`rinishlari 75-rasmda keltirilgan [13].
75-rasm. Yuqоri kuchlanishli kabel kesimi va yotqizish usullari: 
a
) dumaloq ikki tomirli; 
b
) dumaloq uch 
tomirli; v) to`rt sektor tomirli; g) uch sektor va bir dumaloq tomirli; d) ikki yarim doira tomirli; e) uch sektor 
tomirli; j) uch segment va bir uchburchak tomirli; 1-tok o`tkazuvchi jilalar; 2-nol jila; 3-tok o`tkazuvchi 
tomir (jila)larning izolyasiyasi; 4-tok o`tkazuvchi tomir (jila) ekrani; 5-kesimni o`rab turuvchi izolyasiya; 6-
to`ldiruvchi material; 7-tomir izolyasiyasining ekrani; 8-tashqi obolochka; 9-zirxli qoplama; 10-tashqi 
himoya qoplpmasi. 


Korxona ichida elektr energiyasini tarqatish uchun kabellar va tok o`tkazgichlar, ba’zan havo elektr 
uzatgich yo`llari ham ishlatiladi. Elektr ta’minoti tizimlarida 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV va 220 kV li kuch 
kabellari ishlatiladi. 
Kabelni mexanik zararlanishdan asrash uchun qobiq ustiga po`lat tasmadan zirx hosil qilinadi. Metall 
zirxni korroziyadan asrash uchun ustiga bitum singdirilgan kabel qog`ozi yoki to`qima tasma o`rab 
muxofazalanadi. Kabel tomiri misdan yoki alyuminiydan yasaladi. Katta ko`ndalang kesimli kabel 
tomirining egiluvchanligini ta’minlash uchun tomir bir qancha simlardan tashkil qilinadi. Kabel izolyasiyasi 
komaund yoki moy shimdirilgan kabel qog`ozi yoki polimer materialdan yasaladi. Qog`oz tasmasining eni 
12

32 mm, qalinligi 80

170 mkm va zichligi 0,78

1,1 t/m
3
bo`ladi. 
Kuchlanishi 35 kV gacha kabelda moy-kanifol kompaundi ishlatiladi. Moyga 15-30 % kanifol qo`shilsa, 
uning quyushqoqligi ortadi va oqib ketishdan asraydi. Kabel tomiri qiziganda atrofida kichik o`lchamli 
bo`shliklar hosil bo`lib, bo`shlikdag`i qismiy razryadlar kabel elektr chidamligini kamayishi olib kelishi 
mumkin. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabellar bir tomirli yasalib, unda kam quyushqoqli moy 
qo`llaniladi va zichlangan qobiq ichiga bosim beriladi (9-jadval). 6 kV va 10 kV kuchlanishlarda mis tomirli 
SBG va SBGV kabellari va alyuminiy kabellar ishlatiladi. 
9–jadval 
3x120 mm
2
kesimli kabelning turli kuchlanishlardagi texnik–iqtisodiy ko`rsatkichlari 
Kuchlanish, kV 
Kabel
markasi 
O`tkaziladigan quvvat,
MVA 
Qiymati, 
ming so`m/km 
Solishtirma qiymati, 
so`m/(kVA

km) 

10 
20 
35 
110 
ASB 
ASB 
AOSB 
AOSB 
MSSV 
1.5 
2.5 
5.0 
8.75 
75.0 
4.22 
4.65 
10.65 
14.0 
150.0 
2.82 
1.85 
2.13 
1.6 
2.0 
Eslatma: MSSV kabeli (3x150) mm
2
kesim yuzasiga ega. 
Tunnellarda MSS, MSSSHv va MSAV markali o`rta bosimli kabellar ko`proq ishlatiladi. Ular qo`rg`oshin 
qobiqda 120, 150, 185, 240, 300 ,400, 500, 625, 800 mm
2
alyuminiy qobiqda 150, 185, 240, 270 mm
2
li 
ko`ndalang kesimlarga ega. 

Kabellarni yotqizish usullari
.
 
Korxona hududida kabellar trassalarini va yotqizish usullarini tanlash muhim 
masala hisoblanadi. Temir yo`llar, avtomobil yo`llari, sexlar binolarini ham kabel trassalari chetlab o`tishi 
kerak. Kabellar yotqizishning eng sodda usuli ularni yer osti transheyalarida, 10 kV gacha kuchlanishda 0,7 
metr chuqurlikda va 35 kV da 1 metr chuqurlikda yotkizish bo`lib, transheyaga 1-2 ta kabel yotqizilsa, 
uning eni 0,4m olinsa, uchta kabel uchun 0,55 m olinadi (75
i
-rasm) [13]. Kabellar beton kanallarga ham 
yotqiziladi. Kabellarning kanallardagi konstruksiyalarda joylash sxemasi 75
m
-rasmlarda berilgan. Unda: 1-
kabel joylash konstruksiyalari; 2-yong`inga chidamli to`siq; 3, 4-kuchlanishi 1kV dan yuqori va 1kV dan 
past kuchlanishli kuch kabellari; 5-nazorat kabellari; 6-nazorat va aloqa kabellari. Ichki hamda tashqi beton 
kanallarga yotkizish namunalari 75
k
-rasm va 75
l
-rasmda keltirilgan. 


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
1.
Hamidov N, Turdibekov K.H Tortuvchi nimstansiyalar, Toshkent 2010y.
2.
Hamidov N, Turdibekov K.H., Rahimov A.A. Tortuvchi nimstansiyalar, Toshkent 2012y.
3.
Бей Ю.М. Тяговые подстанций, Транспорт 1986г. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish