«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «temir yo‘llar elektr ta’minoti» kafedrasi


Elektr stansiya va podstansiya tizimlari



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana29.01.2022
Hajmi5,17 Mb.
#418106
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
tortuvchi nimstantsiya fanidan tortuvchi nimstantsiya. (1)

Elektr stansiya va podstansiya tizimlari 
Elektr ta’minoti sxemasini tanlash loyihalashning muhim masalasidir. Bunday sxema o‘z ichiga 
ta’minlovchi liniyalarni, korxonadagi pasaytiruvchi va tarqatuvchi podstansiyalarni, korxona ichida elektr 
energiyasini tarqatuvchi turli kuchlanishli uzatgichlarni, issiqlik elektr markazini o‘z ichiga oladi. 
Iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstansiyalar 35 kV, 110 kV kuchlanishlarni iste’lomchilaming elektr 
pechlari va o‘zgartirgichli podstansiyalaiga yaqin keltiradi. Bunda energiya yo‘qotishlari va o‘tkazgich 
materiallari iqtisod qilinadi. 
Elektr stansiyasi energetika tizimi bilan
v
birgalikda parallel ishlab, tegishli grafik bo‘yicha umumiy 
elektr bilan ta’minlashda qatnashganda: mahalliy iste’molchilarining butun yuklamasini qoplab, elektr 
quwatining ortiqchasini energetika tizimiga bera oladi; o‘z iste’molchilari yuklamasining bir qisminigina 
qoplay oladi (elektr quwatining yetishmasligini energetika tizimining parallel ishlayotgan boshqa 
stansiyalari hisobiga toMdiriladi); mahalliy yuklamani tamomila ta’minlay oladi, shu bilan birga, 
energetika tizimi elektr quwatining zaxirasi bo‘lib qoladi. 
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun uni bir kuchlanishdan ikkinchi kuchlanishga 
transformatsiya qilish (stansiyalarda oshirish, iste’molchida pasaytirish) kerak. 
5-rasmda tuman energetika tizimi bilan uzoq elektr uzatish chizig'i orqali birlashgan elektr 
stansiyasining elektr energiyasini taqsimlashning taxminiy sxemasi berilgan. 
Elektr stansiya generatorlari 10,5 kV kuchlanishli elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu energiya 
stansiya taqsimlash qurilmasining asosiy shinalariga keladi. Qo‘shni tuman iste’molchilariga elektr 
energiya xuddi shunday kuchlanishda kabel uzatgichlari L—1 ya L—2 orqali yuboriladi. Energetika tizimi 
bilan 110 kV kuchlanishli ikkita havo elektr uzatgichi L—3 va L—4 yordamida bogiangan.


Kuchlanishni oshirish uchun elektr stansiyada kuchaytiruvchi transformator podstansiyasi bo‘lib, 
uning katta quvvatli transformatorlari kuchlanishni 10,5 kV dan 121 kV ga oshirib beradi. 
Elektr eneigiyasi L—3 va L—4 uzatgichlari orqali energetika tizimining boshqa elektr stansiyalari va 
podstansiyalari bilan birlashgan 110 kV kuchlanishli tuman podstansiyasiga keladi. 
Bunday tuman podstansiyasi, odatda, mazkur tumandagi iste’molchilami elektr energiya bilan shu 
podstansiy'aning ikkilamchi kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan pasaytiruvchi transformatorlari orqali ta’minlaydi. 
Tuman iste’molchilarida pasaytiruvchi TP—5, TP-6 va TP-7 transformator podstansiyalari bo‘lib, 
podstansiyalarda qabul qilingan 6-10 kV kuchlanish 400/230 V kuchlanishgacha pasayadi va 380/220 V. 
kuchlanishda elektr qabul qiluvchilariga yetib keladi. 
Kichik hududlarda mayda transformator podstansiyalari ko‘payib ketganda shaharlar va yirik 
korxonalar territoriyasida markaziy taqsimlash podstansiyalari quriladi. Bulardan pasaytimvchi 
podstansiyalar energiya oladi, masalan, sxemadagi TP-2, TP—3, TP-4 podstansiyalar taqsimlovchi 
podstansiya RP (raspredelitelnaya podstansiya)dan energiya oladi. 
TP-1, TP-5 va TP—7 podstansiyalar energiya olish sxemasi bo‘yicha berk (tupik) podstansiyadir; 
TP—6 podstansiya— o‘tuvchi podstansiyadir, bunda TP—6 va TP-7 ga energiya beruvchi L—9 taqsimlash 
uzatgich boiib, qolgan hamma uzatgichlar ta’minlovchi uzatgfchlardir. Ta’minlash sxemasi bo‘yicha TP—
2, TP-3 va TP—4 podstansiyalar L-5 va L—6 ta’minlovchi uzatgichlar hamda L—7 va L—8 uzatgichlar 
orqali bogiangan halqasimon podstansiyalardir. 
Elalqasimon sxema yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlash boshi berk (tupik) sxema 
yordamida ta’minlashga nisbatan ishonchliroqdir. Biroq boshi berk sxema soddaroq bo‘lib, 
podstansiyalar hamda elektr uzatgichlami qurishda ko‘p xarajat talab qilmaydi. Podstansiyalar sxemasi 
iste’molchilar yuklamasining kategoriyasiga qarab tanlanadi. 
Elektr bilan ta’minlashning ishonchliligini podstansiyalarga bira tola ikkita parallel uzatgichlar 
energiya berish usuli bilan ham oshiriladi. Bu usul sxemada tuman podstansiyasiga energiya berish 
misolida ko‘rsatilgan (L—3 va L—4 uzatgichlar). 
Energetika tizimi bilan bog'liq bo‘lmagan mahalliy elektr stansiyalarida elektr energiyasini 
taqsimlash osonlashadi, chunki stansiya energetika tizimiga bog‘liq bo'lmaydi. Qator hollarda kichik 
quwatli mahaUiy elektr stansiyalari 380/220 V kuchlanishli elektr energiyani ishlab chiqaradi. Natijada 
transformator podstansiyalarini qurish zarurati yo'qoladi, bu stansiyalaming elektr tarmoqlari radiusi 4—
5 km bo‘ladi. 



Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish