«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Bino xonalaridagi mikroiqlim ko`rsatkichlari 
Bino xonalaridagi asosiy mikroiqlim ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: a) tashqi to`siq 
konstruktsiyaning  sirtlaridagi  va  xonaning  asosiy  qismlaridagi  harorat;  b)  xonadagi  havo 
namligi;  v)  xonada  havoning  sanitar-gigienik  holati  (sifati);  g)  ichki  havo  muhitini  to`siq 
konstruktsiyalarga  nisbatan  agressiv  yoki  progressivligi.  Havo  muhitining  tashqi  to`siq 
konstruktsiyalarga  nisbatan  agressiv  yoki  progressivligiga,  nafaqat  havo  tarkibida  kimyoviy 
birikmalar bor yoki yo`qligida, balki havo muhitining harorati va namligiga ham bog`liq.. 
Harorat  va  namlikning  eng  kichik  va  maksimal  (eng  katta)  hisobiy  ko`rstakichlari, 
ularning yil davomida fasllarda o`zgarishi va bino ichidagi odamlarga tasiri muhim bo`lib hatto 
to`siq  konstruktsiyalarni  loyihalashda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Loyihalash  jarayonida 
ko`pincha  bino  xonalaridagi  harorat  va  namlikning  o`rtacha  ko`rsatkichlari  qabul  qilinadi.  Bu 
ko`rsatkichlar,  binoning  (xonaning)  pastki  qismi  uchun  gigienik  talablarga  javob  beradi. 
Binoning  maqsadga  muofiqlik  bo`yicha  turlariga  asosan,  ularda  mo`tadil  harorat  va  namlik 
muhitlari  tashkil  etiladi.  Bazi  sanoat  binolaridagi  texnologik  jarayon  katta  miqdorda  issiqlik 
miqdori  va  namlik  ajralib  chiqishi  bilan  bog`lik.  Fuqaro  (yashash  va  jamoat)  binolarining 
deyarlik barchasida katta bo`lmagan issiqlik ajralib chiqishi sababli ularda mo`tadil iqlim sharoiti 
yaratish uchun isitiladi
16
.. 
                                                 
16 David Littlefield  METRIC HAND BOOK  Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA, 
2008 – 851 p. (745-757  bet) 
 


39 
 
Xonalarni  tashqi  muhitdan  ajratib,  chegaralab  turuvchi  konstruktsiyalar  xonalarda 
mikroiqlim  yaratishda katta ahamiyatga ega. Xonalarda odamlar faoliyati  uchun asosiy  bo`lgan 
iqlim ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi : 
a) Xona havosining o`rtacha harorati va uning bir sutka davrida tebranishi; 
b) Hamma to`siq konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati; 
v) Xonadagi havoning namligi va gigienik holati. 
Xonadagi havoning harakat tezligi qish fasli uchun kam ahamiyatga ega bo`lib, gigienik 
nuqtai nazardan havo harakatini tezligi yoz fasli uchun muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari 
konstruktsiyaning  issiqlik-namlik  holati  va  ularning  uzoq  muddatga  chidamligi  uchun  xona 
ichida  konstruktsiyaga  nisbatan  agressiv  muhit  bor-yo`qligi  muhimdir.  Agar  tashqi  to`siq 
konstruktsiyaning  ichki  sirtida  qish  faslida  kondensatsion  namlik  hosil  bo`lmasa, 
konstruktsiyaning  ishlatilishi  mo`tadil  hisoblanib,  uning  ishlatish  muddati  yani  uzoq  muddatga 
chidamliligi oshadi. 
Odam organizmidan sarf bo`layotgan 45-60% issiqlik miqdori tashqi to`siq 
konstruktsiyaning ichki sirti haroratining pasayishi tufayli bo`lib, shu sababli to`siq 
konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati (radiatsion harorat) gigienik nuqtai nazardan 
muhim ahamiyatga ega 
Binolar tashqi to`siq konstruktsiyalaridan issiqlik o`tishi 
Biror  bir  muhitning  alohida  olingan  nuqtalarida  harorat  har  xil  bo`lsa,  shu  nuqtalar 
orasida  issiqlik  harakatini  kuzatish  mumkin.  Issiqlik  doimo  harorati  yuqori  bo`lgan  nuqtadan 
harorati  past  bo`lgan  nuqtaga  qarab  harakat  qiladi.  Bu  hodisani  amaliyotda  binolarning  tashqi 
to`siq  konstruktsiyalarida  kuzatish  mumkin.  Qish  faslida  issiqlik  bino  xonalarining  ichki 
havosidan  tashqi  to`siq  konstruktsiyalar  orqali  tashqi  havoga  o`tadi.  Binoda  esa  sarf  bo`lgan 
issiqlik miqdori, har xil isitgich uskunalar orqali to`ldiriladi. Yoz faslida esa bu hodisaning aksini 
kuzatish  mumkin.  “Sovutgich”  xonalarda  havoning  zaruriy  past  harorati  maxsus  sovutgich 
mashinalar  yordamida,  ayrim  binolarda  shamollatgich  uskunalar  va  konditsionerlar  yordamida 
taminlanadi. Bu holda issiqlik harakati tashqaridan ichkariga yo`nalgan bo`ladi. 
Issiqlik  harakati  uch  turda:  moddaning  issiqlik  o`tkazuvchanligi  issiqlik  nurlanishi  va 
konvektsiya (havo yoki suyuqlik harakati) tufayli amalga oshishi mumkin. 
Issiqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik orqali uzatilishi barcha qattiq, suyuqlik va gazsimon 
muhitlarda  bo`lishi  mumkin.  Sof  holdagi  issiqlik  o`tkazuvchanlik  yaxlit  qattiq  jismlarda 
kuzatiladi
17

                                                 
17 David Littlefield  METRIC HAND BOOK  Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA, 
2008 – 851 p. (711-740  bet) 
 


40 
 
Qattiq jismlarda va suyuqliklarda energiya elastik to`lqinlar yordamida, gazlarda – atom 
yoki  molekulyalar  diffuziyasi  va  metalda  esa  –  elektronlar  diffuziyasi  yordamida  o`tkaziladi. 
Ko`pchilik  qurilish  materiallari  g`ovakli  jismlar  bo`lib,  ulardagi  kapillyar-g`ovaklarida  hamma 
turdagi  issiqlik  o`zatilishini  kuzatish  mumkin.  Ammo,  issiqlik  fizik  hisoblarda  issiqlikning 
materialda tarqalishi faqat issiqlik o`tkazuvchanlik hisobiga amalga oshadi deb qabul qilinadi. 
Konvektsiya faqat suyuq va gazsimon muhitda kuzatiladi. Konvektsiyaning o`zi ikki xil bo`ladi: 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish