O`zbekiston tektonikasi va geologik tarixi yer qimirlaganda aholinining harakati to‘g‘risida



Download 18,19 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2022
Hajmi18,19 Kb.
#490754
1   2   3
Bog'liq
O`ZBEKISTON TEKTONIKASI VA GEOLOGIK TARIXI

Kuchli yer silkinish vaqtida

Yer qimirlash ro‘y berganda, yerning yuza qismi uncha uzoq bo‘lmagan vaqt tebranib turadi. Yer silkinish davri – silkinish yer qatlamining yuzasida va yaqin masofada bo‘lsa bir necha soniya, chuqurroq va olisda bo‘lsa 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu tebranishlar insonga noqulaylik tug‘dirib, qo‘rquvga tushiradi. Lekin yer silkinishining to‘xtashini kutishdan boshqa chora yo‘q. Shuning uchun sarosimaga tushmaslikka harakat qiling, osoyishtalik va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Yer qimirlayotganda xotirjamlik va aql bilan ish ko‘rsangiz talofotsiz chiqishingizga ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari atrofingizdagi odamlar sizdan o‘rnak olishadi va bu ular uchun nihoyatda foydali.



Xonaning ichida

1. Agar siz yer yoki binoning silkinishini sezsangiz, darxol xavfdan qutilishga harakat qiling, eng katta xavfni yuqoridan tushadigan jismlar yaratishi mumkinligiga ahamiyat bering.

2. Agar siz ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida xom g‘ishtli, pishgan g‘ishtli yoki paxsa devorli shaxsiy uylarda yashasangiz, yer qimirlash boshlanishi bilan 15-20 soniya ichida darhol uyning ichidan tashqariga chikib keting va elektr simlari, gaz quvurlari va baland imoratlar tagidan uzoqroqqa ochiq joyga o‘ting.

3. Agar xonaning ichida qolsangiz oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari tushadigan bo‘lsa, stol yoki krovatlar tagiga berkinib oling. Maktab o‘quvchilari partalarning tagiga kirib, oynaga teskari o‘girilib, boshlari va yuzlarini qo‘llari bilan berkitib olishlari zarur.

4. Agar siz ko‘p qavatli uylar va imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida bo‘lsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab
yugurmang, chunki ko‘p hollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda uyning eshigini ochib uning o‘rniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa xavotir bo‘lmang, bu hol imorat devorlarining og‘ishidan bo‘ladi.

5. Har qanday binoning oynaband devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida turishga harakat qiling. Oyna to‘siqlardan ehtiyot bo‘ling.

6. Ikkinchi va yuqori qavatdan yuqori qavatlarda bo‘lsangiz, zinhor derazadan pastga sakramang, chunki binoga zarar yetkazilmasa ham, siz jarohatlanishingiz mumkin.

7. Sakrashga majbur bo‘lgan hollarda zinxor yopiq deraza oynasiga qarab sakramang, oynani taburetka yoki yelkangiz bilan sindirib keyin sakrang.

8. Odamlar bilan gavjum joylarda (do‘kon, kinoteatr, maktab, oliygoh, vokzal) sarosimaga tushmang, binoning asosiy devorlariga, ustunlarga yaqinroq osilib turgan buyumlardan, qandil, shamollatgich, reklama taxtalardan uzoqroq turish kerak.

9. O‘zingizni xotirjam tuting, atrofingizdagilarni sarosima tushiradigan harakatlar qilmang, eshik va yo‘laklarda tirbandlik hosil qilmang.

10. Qishloq joylarida yer silkinishi oqibatida yer ko‘chkisi ro‘y berishi, sel kelishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin. Shuning uchun tepaliklar ustiga yoki suv bosmaydigan, yuqoriroq joyga chiqib olishga yoki tik tog‘ yonbag‘irlaridan ostidan uzoqroq joylarga o‘tishga harakat qiling.

11. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki xurkib ketgan hayvonlar tagida qolib ketish xavfi mavjud.



Ko‘chada

1. Ko‘p qavatli bino ostida turgan bo‘lsangiz, ochiq joyga chiqishga harakat qiling, chunki bino silkinishi natijasida siniq parchalari ustingizga tushishi mumkin. Elektr simlari tagida ham turmang, uzilib ketishi mumkin. Uzilib ketgan simlardan ehtiyot bo‘ling.

2. Bino bo‘ylab uning tagida yugurmang, binoga kirmang, yuqoridan tushishi mumkin bo‘lgan bo‘laklar hayotingiz uchun xavfli.

3. Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli binolar, elektr simi, tik yonbag‘irlar, ko‘priklar, benzin quyish shoxobchalari, daryo o‘zanidan uzoqroq joylarga borib mashinani asta to‘xtating.




Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish