85-savol:
O‘zbekistonning milliy valyutasi – so‘mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan choralar. (Sum-kupon, o'tish davri, 1994 yil iyul, konversiya masalasi, ishlab
chiqarishni rivojlantirish)
Soʻm — 1) eng qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida pul solingan
qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan. 14-asrda Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib,
muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi)ni ifodalagan. 1920y.larda, OʻzSSR tashkil
etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh
respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan „soʻm“ nomi yozilgan holda
chiqarilgan rubl Oʻzbekiston hududida muomalada „Soʻm-kupon“ deb atalgan. 2) Oʻzbekiston
Respublikasining pul birligi. 1 S. q 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. S. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining millim valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi
1994 y. 16 iyundagi farmoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona,
cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga 1994-
yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik, 1997-yil 1-martdan 200 soʻmlik, 1999-yil 1-iyuldan 500
soʻmlik, 2001-yil 1-sentabrdan 1000 soʻmlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50,
100, 500 soʻm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan
turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik
maqsadda chiqarilgan (qarang Tanga). Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul
muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish
va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga
oshiradi.[1] 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va
„Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi,
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli
qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov
vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50,
100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100
soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.
2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-
yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati
5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3].
2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi
qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan oʻn ming soʻmlik
banknotning namunasi va dizaynini maʼqullagan, bankka oʻn ming soʻmlik banknotlarning
muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVda eʼlon qilish
yuklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |