172-savol:
O‘zbekistonning geoiqtisodiy o‘rni. (Markaziy Osiyo, aloqa, yo'llar, o'zaro bog'liqlik)
Geoiqtisodiyot - davlatning xalqaro maydonda iqtisodiy strategiya va taktikasini shakllantiradigan
amaliy faoliyatini oʻrganadigan fan tarmogʻi. G. geosiyosat bilan uzviy bogʻliq. G. aniq bir sharoitlarda
siyosiy, geografik, iqtisodiy, harbiy, eko-logik va boshqa omillar uygʻunligini tahlil qilish orqali xalqning
turmush darajasi, mamlakatning ishlab chiqarish potensi-ali, strategik zaxiralar, boshqa davlatlar bilan
iqtisodiy aloqalar kabi iqtisodiy omillarni ustivor oʻrganadi. Shuningdek, demografik va eko-logik omillar
(aholi tarkibi va zichligi, uning oʻsish surʼatlari, Yer sayyorasining cheklangan resurslariga demografik
bosim, xom ashyo zaxiralarining kamayishi va boshqalar)ni tadqiq tgish ham G. fani predmetiga kiradi.
Bu jami omillarning amal qilishi va taʼsiri mamlakatning geografik holati, uning tabiiy resurslari va iqlim
sharoitlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.
Mamlakat taraqqiyoti ehtiyojlari va milliy-davlat manfaatlariga javob beradigan strategiyani ishlab
chiqishda gsosiyosiy va geoiqtisodiy omillar hisobga olinadi. Geoiqtisodiy siyo-satdagi asoyeiy masala
jahon bozorlarida millin iqtisodiyotning raqobat-bardoshliligini oshirishga imkon bsradigan sharoitlar
yaratishdan davlatning manfaatdorligi hisoblanadi.
"G" atamasi birinchi marta AQShda 1980-yillar oxirida idmiy muomalaga kiritilli. Bu tushunchaning
"geosiye-siy iqtisodiyot", "xalqaro siyosiy iqtisod", "sissiy-iqtisodiy gsogra-fiya" va boshqa taʼriflari ham
bor.
Birinchi geoiqtisodiy tadqiqotlar 1920—30 yilda Yaponiya va Germaniyada paydo boʻldi va bu
tadqiqotlar shu mamlakatlarning hukmron doiralari tomonidan oʻz hayotiy makopini kengaytirish va
jahonga hukmronlik daʼvolarini asoslashga xizmat qildi. 1970-yillarda buyuk ikki davlat — SSSR va
AQSH oʻrtasidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayishi G.ning keyingi rivojlanishida yangi bosqich ochdi.
Bu davrda G. savdo urushlari, bozorlar uchun kurash; kapital va kishilarning mamlakatlararo koʻchishi
bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqtar; harbiy sarf-xarajatlar kjining oʻsishi; byudjet taqchilligi; inflyatsiya va
boshqa muammolar b-i shugʻullandi. G. oʻrganadigan muam-molar doirasi rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar, markaz va chekka hududlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni ham qamradi. Mustamlakachilikdan
ozod boʻlgan davlatlar yangi jahon iqtisodiy tartibini shakllantirishga hara-kat qildilar. Ular rivojlangan
mamlakatlar bilan oʻz munosabatlarida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida koʻpdan-koʻp
takliflar bilan chiq-dilar. Bu takliflarda rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini
jadaldashtirish va resurslarni jahon xoʻjaligining chekka hududlari foydasiga qayta taqsimlash masalalari
kun tartibiga qoʻyildi.
"Sovuq urush"ning tugashi, sobiq Itgifoqning inqirozi bilan 1990-yillar boshlarida geosissiy va
geoiqtisodiy kuchlar nisbatlari va joylashuvi tubdan oʻzgardi, jahonda ikki qutblilikdan koʻp qutbli dunyo
sari harakat boshlandi. Hozirgi davrda AQSH hamon eng qudratli davlat boʻlib qolayotgan sharo-itlarda
jahon iqtisodiy rivojlani-shining asosiy yoʻnalishi koʻpdan-koʻp iqtisodiy markazlarning yuzaga ksli-
shidap, jahon iqtisodiy tizimining poliiyentrizmga oʻtishidan va ayni paytda yangi geoiqtisodiy
ziddiyatlar-ning yuzaga kelishidan (mas, Kaspiy dspgizi nsfti masalasida Ozarbayjon, Kozogiston, Eron,
AQSH, Turkiya man-faatlari toʻqnashuvi) iborat. Ekspertlarning maʼlumotlari boʻyicha 21-asrda jahon
iqtisodiy tizimi 6 asosiy markaz — AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, shuningdek,
koʻpgina oʻrta va kichik davlatlardan tashkil topadi.
Jahon iqtisodiyotidagi bu yoʻpalishga gaʼsir koʻrsatadigan muhim geoiqtisodiy omil — globallashuv
jarayonlaridir. Milliy iqtisodiyoglar oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik va bogʻdiqlikning kuchayishi, xoʻjalik
integratsiyasi iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida koʻplab davlatlar va mintaqalarni turli
darajadagi jadallikda sivilizatsiya taraqqistining umumiy oqimiga tortadi. Ularning soni tobora ortib
boradi.
Koʻpgina mamdakatlarda iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz berayotgap erkinliklar yagona jahon iqtisodiy,
axborot, kommunikatsion va madaniy makonning shakllanishi imkoniyatlarini ochadi.
G.da hukumatlar bilan bir qatorda, transmilliy korporatsiya (TMK) va transmilliy banklar (TMB), xalqaro
moliyaviy tashkilsgglar faoliyati ham muhim rol oʻynaydi. TMK va TMB — bir tomondan ilgʻor
texnologiyalar, boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarining qaror topishita,
mamlakat iqtisodiy rivojlanishi surʼatlari va darajasini koʻtarishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan,
ular koʻpincha bu mamlakatlarning rivojlanishida nomutanosiolikni kuchai-tiradi, chunki ular birinchi
navbat-da, asosan, chet el kapitali va tashqi bozorga moʻljallangan ayrim tarmoqlar va korxonalarni
rivojlantirishga yordam koʻrsatadi.
21-asr boshida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish uning geosiyosiy va
geo-iqtisodiy manfaatlariga asoslanadi. Geoiqtisodiy muammolarni hal qilishda qoʻshni mamlakatlar
bilan mus-tahkam iqtisodiy integratsiya birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yevropa va
Osiyodagi mamla-katlar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish,
Oʻzbekistonning toʻla ququqli aʼzo sifatida Jahon savdo tashkilo-tiga aʼzo boʻlib kirishi ham muhim
oʻrinda turadi (yana q. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |