O'zbekiston tarixidan universal qo'llanma



Download 64 Kb.
Pdf ko'rish
bet509/516
Sana19.04.2023
Hajmi64 Kb.
#930074
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   516
Bog'liq
6c49f7c74a83c5ca9c8e26de8ba7fd66 O`ZBEKISTON TARIXIDAN UNIVERSAL QO`LLANMA

VA
AMALIYOTI
28.1. MILLIY SIYOSAT 
VA
DAVLAT QJRILISHI 
MASALALARI
Milliv sivosat.
Turkiston xalqlari o'z milliy davlatchiligini tiklash va 
rivojlantirishga intildi. 1920-yil yanvarida bo'lib o'igan Turkiston kom- 
partiyasining V o'Ika konferensiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T.Ris- 
qulovso'zga chiqib mushtarakTurkiston g'oyasini ilgari suradi, asosan, 
turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respub likasini Turk Sovet 
Respublikasi, Turkiston kompartiyasini Turkiy xalqlar kompartiyasi 
deb o'zgartirishni taklif qildi. Bu takliflar o'Ika ijtimoiy-siyosiy hayotida, 
RKP(b) Markazqo'mi, uning siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida 
turli bahslarga sabab bo'ladi. Shu bois «Turkiston masalasi» bir necha 
bor markazda, RKP(b) Markaziy Qomitasi siyosiy byurosining 1920-yil 
m art-iyun oylaridagi majlislarida miihokamaqilindi. Garchand markaz 
«Turkiston masalalari»ga yuzadanturib qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, biroq 
Turkistonga mustaqillik berishni o'zoldiga maqsad qilib qo'ymagandi. 
Shu zaylda masalaning yechimi chozila boradi.
1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo‘jayevdan iborat Turkiston 
xalqlari delegatsiyasi o'z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati 
rahbari V.I.Lenin qabulida bo'ladi. Bu ular uchun so‘nggi umid va najot 
ilinji edi. Natija shunday bo'ldiki, na sovet hukumati rahbariyati, na bu 
masalam 1920-yil 29- iyulda ko'rgan RKP(b) Markazqo'mi siyosiy byurosi 
turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiy baho beroldi. Aksincha, 
sovet hukumati va partiya rahbariyati o'Ikadagi vaziyatnitezlikda bartaraf 
etish uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagi asosiy 
vazifalari to ‘g ‘risida» degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. 
Jumladan, «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to ‘g ‘risida»gi 
maxsus qarorda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, 
RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo'mitasining 
doimiy vakolatxonasi bo'lishi kerakligizarurdeb ko'rsatildi. Mazkurqaror 
o'Ika hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini 
mustahkamlashga xizmat qildi.
Shu tariqa o'Ika xalqlarinlng o'z taqdirini o'zi belgilash, milliy dav- 
iatchiiigini o'z xohishicha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana 
birurinish barham topdi. O'Ika xalqlarining orzu-umidlarini ro'yobga chiqa-


359
rishga erisholmagan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi, 
taniqli arbob T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga 
majbur bo'ladi. Gap shundaki, sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning 
emin-erkin rivojlanish yolidan borishi nimas, balki uning doimiy o'z nazora- 
ti ostida boiishini xohlardi. O'lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning 
boyiiklari, tabiiy va mineral resurslari markaz foydasiga ishlashi, xlzmat 
qllishi ularning birdan birmuddaosiedi. Hukmron markaztashabbusi bilan 
tashkil etllgan Turkkomisslya, O'rta Osiyo byurosi, O'rta Oslyo Iqtlsodiy 
Kengashi singari nufuzli organlarnlng o'lka hayotining barcha jabhalarini 
o'z nazoratiga olishi, o'z iznlariga bo'ysundirish borasida harakat qilib 
kelgani boisi ham mana shundadir.
Garchi bo'lajak ittifoq sovet respubllkalarining do'stlik va tengllkka 
asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo'ladi deyilsa-da, biroq uzoqnl ko'ra biladi- 
gan respubllkalarning bir qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, 
Ukraina kompartlyasi Markaziy Qo'mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va
D.L.Pyatakov yagona ittifoq davlati g'oyasiga qarshi chiqlb, umumittifoq 
hokimlyat organlari bo'lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar. 
Gruzin milliy ziyolllari ham yangi ittifoq tuzish g'oyasini qo'llamadilar. Bir 
necha bor RKP(b) Markaziy Qo'mitasi siyosiy byurosida, partiyaning 
syezdlari va plenumlarida, sovet tashkilotlarida mazkur masala keng 
muhokamaqllindi. Muhokamalarda, jumladan, sovet hukumati arboblari- 
dan biri I.Stalin «avtonomlashtirish» g'oyasini ilgari surdi. Unga ko'ra, 
sovet respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqomi bilan RSFSR 
tarkibiga kirishlari kerak degan g'oya ilgari surilgandi. Tabiiyki, bunday 
takllfga milliy respubllkalar xohlsh b ildirmasliklari ham mumkin edi. Xavfni 
anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo'ladi va unga RSFSR 
ham boshqa milliy respubllkalar kabi teng maqom va huquqlar bilan 
kiradi degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o'ziga xos hiylasi edi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tash- 
viqot-targibot ishlari va ko'rsatilgan tazyiqlar o'z natijasini berdi. Ukraina, 
Belorussiya, Zakavkazye Federatsiyasi kompartlyalari, bu respub- 
likalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo'mlning «SSSRni tuzish 
to ‘g‘risida»gi takliflarlni qo'llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922-yil 26-dekabrda sovetlarning Butunrossiya X syezdi sovet res- 
publikalarini yagona Sovet davlatlga birlashtirishni zarur deb topdi. Syezd 
o'zi saylagan delegatsiyaslga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari 
bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tashkil etish 
to'g'risldagi deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini 
tayyorlashnl topshirdi.


360
1922-yil 29-dekabrda Moskvada to'rt respublika vakolatli de- 
legatsiyalarining konferensiyasi bo'lib o‘tadi. Konferensiya SSSRni 
tuzish to'g'risida RKP(b) Markaziy Qo'mitasi plenumi tasdiqlagan 
deklaratsiya va shartnoma loyihasini muhokaina qilib, uni ma’qul- 
laydi. 30-dekabrda uni to'rt respublikaning vakolatli delegatsiyalari 
imzolaydilar.
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I syezdi 
SSSRni tuzish to'g'risidagi deklaratsiya loyihasini ko'rib chiqib, dekla­
ratsiya va Ittifoq shartnomasini tasdiqlaydi.
Syezd yangi ittifoq - SSSRnlng yuqori hokimiyat organlari - Marka­
ziy Ijroiya Qo‘mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ raisiari etib 
RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrairadan G.I.Petrovskiy, Belorussiyadan 
A.G.Chervyakov, ZSFSRdan N.N.Narimanov saylandi. V.l.Lenin SSSR 
Xalq Komissarlari Soveti Raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktyabr to'ntarishidan 5 yil o'tgandan keyin, 1922-yil 
30-dekabrda SSSR tuzildi. Lining ta’sischilari RSFSR, BSSR, USSR, 
ZSFSR hukumatlari bo'ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. 
XX asrning 30 - 40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi 
yangi respublikalarhisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. 
Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli Sovetlar 
saltanati vujudga keldi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   516




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish