partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markaziy Qo'mitasi say
landi. V.I.I\anov va Akmal Ikromov (1927-yildan birinchi kotib) Markaziy
Qo'mitani ng mas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili 0 ‘zbekiston komso-
moli (O'zLKSM), respublika kasaba uyushmalari, uning rahbar organlari
ham tuzildi. Ular respublikada markaz va sovet hokimiyatining tayanch
organlari bo'lib qoldilar.
Sovet hukumati 0 ‘zbekistonda
0
‘zining rasmiy partiya, sovet, kom
somol va xo'jalik tashkilotlarini tuzib, asta-sekin siyosiy va iqtisodiy
tayanchini mustahkamlab bordi. Bu esa unga O'zbekistonda keng
miqyosdabolshevistiksiyosatyuritish imkonini berdi. Shu tariqa sovetlar
butun chcralar bilan O'zbekistonda o'z hokimiyatini mustahkamlashda
davom etdi.
1925-yil may oyida O'zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Kons-
titutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O'zbekiston SSR hududida
bevosita ishlaydigan bo'ldi. 1927-yili qabul qilingan O'zbekiston SSRning
birinchi va 1937-yili qabul qilingan ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda
SSSR Kcnstitutsiyasining ko'chirma nusxasi edi. Chunki O'zbekiston
qog'ozdagi «suveren» respublika bo'lib, amalda markazga tobe va qa-
ram bir o'Ika edi, xolos. U o'z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir
dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Ittifoq hukumatidan xoli
ravishda mustaqil hal etolmasdi. Bunga uning haddi sig'masdi. Binobarin,
respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat
hukmronmarkaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O'zbekiston-
364
ning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham Ittifoq hukumati
tasarrufida edi. Masalan, 0 ‘zbekiston xalqi, uning hukumati roziligini
so'ramasdan 1929-yili Tojikiston ASSR 0 ‘zbekiston SSR tarkibidan
chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi
hamda SSSRga qabul qilindi.
28.2. IQTISODIYSIYOSAT, UNING
MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI
Turkistonda variaiiatisodivsivosat.
1921-yil martoyida bo'libo'tgan
RKP(b) X syezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosatning (YiS)
muhim bo'g'inlari
oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig'i bilan al-
mashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko'rsatish va
mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish,
bozorni tartibga solish mexanizmlaridan foydalanish. ijaraga olish va
yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan
iborat edi.
Eng muhimi, mazkur siyosat shahar bilan qishloq o'rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hï-
soblangan ishchilar bilan dehqonlarsinfi o'rtasidagi ittifoqni, iqtisodiy alo-
qalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy siyosatning bosh
maqsadlaridan biri dehqon xo'jaligini oyoqqa turg'izish, uni rivojlantirish
edi. Negaki busiz sanoatni ham,xalq xo‘jaligining boshqa sohalarini ham
yuksaltirib, yetarli xomashyo bazasini yaratib bo'lmasdi. Oziq-ovqat solig'i
talabiga ko'ra, ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo'jaligi bilan davlat
o'rtasida mahsulot/etkazib berish majburiyati to'g'risida alohida-alohida
shartnoma tuziladigan bo'ldi. Bu shartnoma yil oxirigacha, ya’ni hosil
olingunga qadar o'zgarmasdi. Bu esa dehqonlarni yerdan ko'proq hosil
olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqtisodiy
siyosat dehqonning o'z mehnatidan manfaatdor bolishini tayin qildi.
Endilikda dehqonning ortiqcha g'allasi tortib olinmaydigan, buginamas,
dehqonga o'zi yetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish
huquqi berildi. Oshiqcha mahsulot deganda dehqonning davlat buyurtma
topshiriq-rejasida belgilangan hajmdagi mahsulotni topshirgandan keyin
ortib qolgan qismi tushuniladi. Narx-navo tartibga solindi. Ayrim sanoat
korxonalari ham ma’lum cheklashlar asosida o'zlarining awalgi sobiq
egalariga qaytarib berildi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o'ziga xos xususi-
yatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston chekka, asosan, qishloq xo'jaligi
o'Ikasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo'jaligi va sanoatni
365
yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o'Ikada milliy ishchilar sinfini
shakllantirish zaruredi. Uchinchidan, Turkiston ko‘p millatli o'Ika bo'lib,
yangi iqtisodiy siyosatga o'tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an’analari,
urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo'lardi. Ammo RKP(b)
va sovet hukumatiTurkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o'z
manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.
1921-yil 20-aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-
ovqat, yem-xashak v a xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan
almashtirish to‘g‘risida qarorqabul qildi. Unda 1921 - 1922-yillar uchun
soiiq miqdori belgilandi. Achinarlisi shundaki, Turkiston mehnatkashlari-
dan olinadigan soliq, markaziy rayonlardan farqli o'Iaroq, yil oxiridayig'ib
olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi,
qoramol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo'ldi. Bu esa Turkiston
dehqonining kamsitilishini bildirardi.
Qolaversa, sovet hukumati o'Ikada, birinchi navbatda, o‘zi uchun
zarur bo'lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va
boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Yordam
ko'rsatish bahonasida 300 000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Ros-
siya markaziy rayonl aridan Turkistonga joylashtirildi. Boz ustiga, o'Ikada
ahvol og'ir bo'lishiga qaramay, 1921-yil kuzida bu yerdan Moskva va
boshqa shaharlarga 300 ming puddan ko‘proq g'alla mahsulotlari olib
ketildi. Shunga qaramay, o'Ika mehnatkashlari fidokorona mehnatqildilar.
Ularning biroz hayotga ishonchi uyg'ona boshladl. Chunki sovet hokimi-
yati cheklangan holda bo‘lsa-da o'Ikada xususiy mulkchilik va xususiy
tadbirkorlikka erkinlik bergandi.
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo'jalik hisobiga o'tkazish
jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqa-
rishining sal jonlanishiga olib keldi. Mayda va o'rta sanoat korxonalari,
yirik kooperativ tashkilotlar va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga
berildi, o'Ikada yangi sanoat korxonalari, ternir yo'llar qurildi. Xilkovo
sement zavodi, Farg‘ona pillakashlik fabrikasi, Qizilqiya, Xilkovo ternir
yo'l shaxobchalari shular jumlasidandir.
O'Ikada, ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq paxta tozalash
korxonalari tez sur’atd a o'sdi. Bu markaz to'qimachilik sanoatining o'zbek
paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko'pjihatdan bog'liq edi.
Natijada paxta ekiladigan maydonlar 1924-yili 1921 -yilga nisbatan
3 barobar ko'paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga
yetdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish
1923-yildagi 23,9 m in so'mlikdan 1924-yili 57,8 min s o ‘mga yetdi.
366
Bundan ko'rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati
tiklanib, sezilarli darajada rivojlana boshladi. Biroq partiya va sovet
hukumati yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskin-
lashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari,
yirik savdogarlar, musulmon ruhoniyiari va boshqa ekspluatator unsurlar
jonianmoqda deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ'ibot ishlarini
kuchaytiribyubordi.
Bu hol asta-sekinlik bilan o'Ikada yangi iqtisodiy siyosat yo'lidan
chekinishga olib keldi. Dehqorga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular
qishloq xo'jalik artellariga birlashtirila boshlandl. Sanoatnl milllylashtirish
jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20-yillar oxiriariga kelib Ittifoqning, jum-
ladan, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida
ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimiring kuchayishi natijasida yangi
iqtisodiy siyosat o‘z mazmuni va mohiyatini tobora yo'qota bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |