O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 5,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/215
Sana24.09.2021
Hajmi5,71 Mb.
#183244
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   215
Bog'liq
2 5303457434218529545

http://eduportal.uz


45
Boshqaruvning 
mustamlakachi-
lik tartiblari
III B O‘ l I m
ROSSIyA ImPERIyASINING TURKISTONDAGI 
mUSTAmlAKAchIlIK SIyOSATI
13-§. TURKISTON GENERAl-GUBERNATORlIGINING
SIyOSIy-mA’mURIy BOShQARUV TIZImI
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini 
o‘r natish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilin-
gan joy larni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng av-
valo,  mus tamlakachilar  o‘zla riga  mos  bosh qaruv 
tartiblari ni  ishlab  chiqishi  va  uni  o‘lkada  joriy  qilishi  kerak  edi.  Mus-
tamlakachilik  siyosatining  to‘liq  amalga  oshirilishida  boshqaruv  tartib-
lari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurish-
lari  bilan  birga  turli  ko‘rinishlarda  tashkil  qilinib,  tajriba-sinovlardan 
o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosa-
tining  davom  ettirilishi  natijasida  mustamlakaga  aylantirilgan  hududlar 
kenga  yib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning  
qan day  bo‘lishi  kerakligi  masalasi  juda  ko‘p  hamda  uzoq  vaqt  imperi-
ya hukm ron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilin-
gan. Ush bu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish 
ko‘rish,  hech  nimada  ta vakkal  qilmaslik  tamoyiliga  tayangan  holda  ish 
olib  borilgan.  Turkiston  gene ral-gubernatori  S.  M.  Duxovskoy  (1898–
1901):  «Turkiston  o‘lkasi  boshqa  o‘lkalarga  nisbatan  tarixiy  o‘tmishi, 
etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini 
talab qiladi», – degan edi.
Podsho  hukumati  Toshkentni  bosib  olgandan  so‘ng,  1865-yil 
6-avgustda  Alek sandr  II  «Turkiston  viloyatini  idora  qilish  to‘g‘risidagi 
Muvaqqat  Nizom»ni  tasdiqlaydi.  Boshqaruv  harbiy  zobitlar  qo‘liga 
o‘tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi 
bilan  gubernator  qo‘lida  harbiy  va  fuqarolik  ishlari  mujassamlashtirila-
di. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida 
harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi 
ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlana-
digan boshqaruvchilar bo‘ysungan. 

Download 5,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish