O‘rta Osiyoda shakllanib borgan mulkdor feodallar tabaqasi qanday nomlanar edi?
A) sarkorlar B) quldorlar
C) dehqonlar D) kashovarzlar
Katta yer egasining molu jonini qo‘riqlagan harbiy yigitlar nima deb atalganlar?
A) Chokarlar B) Navkarlar
C) Sarbozlar D) Askarlar
Yirik dehqonlarga qaram bo‘lgan, erksiz va yersiz kambag‘al ziroatchilar tabaqasini aniqlang.
A) kashovarzlar B) kadivarlar
C) chokarlar D) barzikorlar
Kashovarz deb kimlarga aytilgan?
A) Erkin ziroatchilarga
B) Qo‘shchilarga
C) Qishloq jamoasi a’zolariga
D) A, B, C
Ilk o‘rta asrlardagi Xorazm davlati tarixi bilan bog‘liq faktlar qaysi variantda xato berilgan?
A) Xorazm birinchi bo‘lib zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan ajralib chiqdi.
B) Bu davlatni Afrig‘iylar sulolasi idora qilardi.
C) Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
D) Milodiy 306-yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |