Uchinchidan,O‘zbekiston taraqqiyot yo‘linii shlab chiqishda respublikaning qulay imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoy ong, ijtimoy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib berildi. CHunki sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |