Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 49,4 Kb.
Sana06.09.2021
Hajmi49,4 Kb.
#166755
Bog'liq
1-мавзу(1-u)


  1. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari

Uzoq muddatli, barqaror tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalar asosida shakllangan hamda cheklanmagan diversifikatsiya jarayonlari bilan tavsiflanuvchi yagona bozor makonining paydo bo‘lishi;

bir tomondan «ehtiyojlarning ortishi», ikkinchi tomondan esa taklifning kengayishi;

narxga oid bo‘lmagan raqobat usullarining narxga oid bo‘lgan usullardan ustun kelishi;

raqobatlashuvchi ijtimoiy guruhlar, birinchi navbatda tadbirkorlar va yollanma xodimlar o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilishga imkon beruvchi iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilgan regulyatorlari;

tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarni g‘irrom raqobat, iqtisodiyotning monopollashuvi va hokazolarga qarshi kurashga yo‘naltirilgan holda qonuniy va iqtisodiy markazlashgan tarzda tartibga solish;

aksiyadorlik va mulkchilikning boshqa jamoaviy shakllarini rivojlantirish vositasida har bir fuqaroni tovar bozorlarida raqobatli munosabatlarga jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish.



  1. Tadbirkorlikning mohiyati

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy isloxotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqorolari rivojlangan Evropa davlatlari, AQSh, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida etarli axborotga ega bo’lib bormoqdalar. Respublikada iqtisodiy isloxatlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab quvatlashni ta’minlash maqsadida: O’zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Qo’mitasi bilan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki jamg’armasi negizida O’zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat Qo’mitasi tashkil etilgan. O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi –raqobatchilikni rivojlanishiga iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to’ldirishga yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o’tkazilayotgan iqtisodiy isloxatlarning eng muxim yo’nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, ho’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni xal etishi respublikaning barcha xududlarida siyosiy mo’’tadillikni mustaxkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo’lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga axolining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, inflyatsiya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy xolatlarni oldini olishi lozim.

  1. “Biznes” so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti -harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir. Mashhur amerikalik iqtisodchi Yozef Shumpeter (1883-1950) o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini reforma qilish (yangilash) dan iborat. Keng ma'noda korib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modernizatsiya qilish uchun yangi texnologiyalar ishlatishdan iborat.”

Kichik biznesga o‘zining mustaqil mulki va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lgan va o‘zining faoliyati sohasida yuqori (dominant) hisoblanmagan firmalar kiradi. Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin: fuqarolar, ularning oila a’zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar; davlat, ijara jamoalari, qo‘shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‘jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilangan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy
bo‘linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qa-bul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi.

  1. Ishbilarmonlik — bu yangi narsalarni, yangi gʻoyalarni oʻylab topib, ularni amalga oshira bilish va bu yoʻlda uchraydigan toʻsiq, qiyinchiliklardan qoʻrqmaslikdir.

  2. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari

Asosiy bo’lib hisoblangan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham xarakatda bo’ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi.

Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi.

Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabga moslashadi, bozordagi noma‘lumlik aryon­aryon uchrab turadi.

Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan ralol boradi, uning madaniy usullari qo’llaniladi.

Iqtisodiyot sub‘ektlari (ishtirokchilari) o’rtasidagi doimiy va uzoq davrga mo’ljallangan, o’zaro manfaatli sherikshilik aloqalari o’rnatiladi.

Davlat iqtisodiy hayotga aralashadi, o’z shora­tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar yaratadi.

Iqtisodiyot tartiblanib turganidan shuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi yoki iqtisodiy tanglikdan tezda shiqiladi.

Iqtisodiyot yuqori darajada rivojlanganligi uchun jamiyat boy bo’ladi, tadbirkorlik, shu sababdan, faqat foyda topish uchun emas, balki el og’ziga tushish, obro’­e‘tiborli bo’lish uchun ham olib boriladi.

Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, ommaviy farovonlikni ta‘minlashdek aniq mo’ljalga ega bo’ladi.


  1. Li YAkokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo‘lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga aylangan va «Kraysler» avtomobilь korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O‘z oldingga aniq maqsad qo‘y. Qo‘lingdan kelgancha ta’lim ol, so‘ngra Xudo haqqi, biron narsa qil».

8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi mamlakatda raqobatchilikning zarur muhitini hosil qilib, bozor sharoitidagi ko‘pgina o‘zgarishlarga tezda moslasha oladi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida yangidan-yangi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi va mamlakatda ijtimoiy muhitni ta’minlash uchun o‘rta sinfni shakllantirish manbai hisoblanadi.

Birinchidan, u bozor iqtisodiyotining zarur sharoitlariga tezda moslashib, chuqur ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvi natijasida uning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, u bozordagi talab va taklif mutanosibligini hisobga olib, aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni bozorga tezda etkaza olish imkoniyatlari yuqoriligi bilan alohida ajralib turadi. Uchinchidan, raqobatchilik muhitini yaratish orqali iste’molchilar uchun arzon va sifatli tovar va xizmatlar taklif qiladi. To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyoti usiz mavjud bo‘lmaydigan tadbirkorlik muhiti va ruhini yaratadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yana bir muhim jihati shundaki, kuchli raqobatchilik muhiti sharoitida ular doim rivojlanishga majbur bo‘lishadi va bozorning joriy shartlariga moslashishlariga to‘g‘ri keladi, boshqa tadbirkorlik sub’ektlaridan ustun bo‘lishlari ularning foyda miqdorlarining oshish manbai hisoblanadi. Zero, bozor iqtisodiyoti insonlar o‘zlari istaganlaridek hayot kechirishi uchun barchani tinimsiz harakatda bo‘lishini talab etadi.


  1. Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar

Bugungi kunda iqtisodiyotning nodavlat sektori hissasiga ishlab chiqarilayotgan YAIMning 73,3%, jami sanoat ishlab chiqarishining 71,4% qismi, deyarli barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, chakana tovar aylanmasi va aholiga ko‘rsatiluvchi pulli xizmatlar to‘g‘ri keladi. Hozirgi paytda mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 35,6% qismi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri keladi.



  1. Sog‘lom bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning majburiyatlari ustidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va riskning oqibatlari esa tadbirkorning zimmasiga tushadi.

Risksiz biznes bo‘lish mumkin emas. Risk tadbirkorning faoliyat yuritish bo‘yicha qaror qabul qilishdagi mustaqilligining mahsulidir.

Riskni talqin qilish, uning sinonimi adabiyotlarda turlicha bo‘lib, “risk” so‘zi ispancha – portugalcha so‘zdan olinib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. V.Kuznetsov “risk” bu “kutilgan moliyaviy daromad xavf-xatari” deb ta’rif beradi, V.CHerkasov – esa, “risk – ishlab chiqaruvchining muayayn holati” sifatida qaraydi va bizning fikrimizga ko‘ra ham risk – bu zarar ko‘rish yoki kutilayotgan iqtisodiy, moliyaviy manfaatni boy berish bilan bog‘liq bulgan ehtimoldir.

Milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlarining kuchayishi bilan raqobat muhiti ham kuchaya boradi. Kuchli raqobat muhitiga bardosh berish uchun ishlab chiqarish jarayoniga texnikaviy yangiliklarni joriy etish zaruriyatini tug‘diradi va oqibatda riskni ko‘paytiradi.

Bunday holda riskni baholash va uning natijasida kutilayotgan zararlarni oldini olish muhim hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Ishlab chiqarish riski;

2. Tijorat riski;



3. Moliyaviy risk.
Download 49,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish