11-mavzu. O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI
Reja:
1. O’zbekistonjahon hamjamiyatining to’laqonli sub'ektiga aylanishi.
2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o’zgarishlar.
3. O’zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar.
4. O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi erishgan yutuqlari.
1-savol. XX asrning oxirgi o’n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z tashqi siyosatini xalqaro hamjamiyatning to’laqonli sub'ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir-biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi.
Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo’q edi.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz 1- prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og’ishmay amalga oshirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
- nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
- davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi;
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.
Islom Karimovning Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko’rsatib o’tildi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga quyish, etakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta'kidlandi.
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma'naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishiga kafolat beradi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi «O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an'analarni davom ettiradi. Mazkur an'analarga ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo’lib, O’zbekiston o’zining xalqaro huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda.
Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo’l ochdi.
BMT ustavi, Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi boshqa xalqaro paktlar, Xelsinki bitimlari, Parij va Madrid xartiyalari qoidalari Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq printsiplari va normalariga asos bo’ldi. Bunday konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo’limda 22,23 va 26-bobda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda, «Tashqi siyosat», «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari», «O’zbekiston Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham fikrimizning dalilidir.
XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davr o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o’rtasidagi yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo’lgan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy makonlarning vujudga kelishi, hozirgi zamon xalqaro huquq normalarining yaratilishidir. Ikkinchidan, «sotsialistik lager»ning emirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlarning tugatilishi, ular o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir. Endilikda «sovuq urush»ga barham berildi, «kapitalistik» va «sotsialistik» degan tushunchalar o’rtasidagi farq amalda yo’q bo’lib borayapti. Mafkuraviy aqidalardan xoli bo’lgan yangi, erkin tafakkurni shakllantirish zarurati paydo bo’ldi.
Birinchi Prezidentimiz «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’li» kitobida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining kontseptsiyasi to’g’risida, tashqi siyosiy yo’l, bu yo’lning huquqiy negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to’xtalib o’tgan. O’zbekiston tashqi siyosatining strategik yo’li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo’nalishlari, xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari o’z ifodasini topgan. Har qanday siyosat aql-idrok bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-quvvatiga ega bo’lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo’lishi lozim. Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. Yangi xalqaro iqtisodiy tartib uchun harakat qilish qoidalari O’zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo’lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika yutuqlaridan bahramand bo’lish imkoniyati va hokazolardir.
Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi:
- xalqaro munosabatlarni o’rnatish tartibini belgilovchi yangi huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi;
-sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqildi;
-O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi;
Mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish, «Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to’g’risida»gi qonun, «Konsullik ustavi» shular jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo kodeksi ham qabul qilindi. I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobining tashqi siyosatga baG’ishlangan bobida ushbu faoliyat yo’nalishlari aniq-ravshan ifodalab berilgan. Jumladan, kitobda milliy manfaatlar O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi ekanligi qat'iy bayon etilgan.
Manfaat bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O’zbekiston uchun taraqqiyotning muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko’p millatli tarkibi, uning tarixiy va madaniy merosi, ma'naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta'minlanganlik, davlatning xalqaro munosabatlardagi o’rni va hokazolardir. Bu omillar O’zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi. Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini belgilaydi. Shu jihatdan, O’zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlari xalqaro aloqalarni rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir.
Barcha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, busiz tashqi siyosatni tasavvur etib bo’lmaydi.
O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo’jalik aloqalarini o’rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.
Respublika Prezidenti davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga tayyorligini qat'iy ifodalay oldi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi va Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligiga amal qilmasdan xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib bo’lmaydi. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday yondashuv tarafdoridir.
Bugungi kunda o’z mustaqil tashqi siyosatini konstitutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi-yu, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar ham bab-baravardir.
O’zbekiston taraqqiyotning konstitutsiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. Xalqimizning ma'naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tuG’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |