kodeksining 209-moddasida daydilik yoki gadoylik bilan hayot
kechirayotganlarga bir yildan ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum
qilish jazosi belgilangan. RSFSR Oliy Soveti Prezidiumining 1984 yil 13
dekabrdagi qarori bilan yuqorida ko‘rsatilgan toifalarga mehnat qobiliyatiga
ega bo‘la turib, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaganlar ham
kiritilgan
1
. Aniqroq aytganda, har qanday davlat korxonalarida (kolxoz,
artellar ham nazarda tutilyapti) ishlamaganlar tekinxo‘r hisoblanib, jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan. RSFSRning kodekslari namunaviy
hisoblangan va boshqa ittifoqdosh respublikalar uning qoidalarini deyarli
o‘zgarishsiz o‘z kodekslarida aks ettirganlar.
Endi ko‘z o‘ngingizga keltiring. Agar mazkur qonunga amal qilinsa, erkin
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qanchadan-qancha
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘ladi, shunday bo‘lgan
ham. Demokratiyaga xilof ushbu tartibni joriy qilishdan maqsad bitta – hech
kim quyushqondan chiqib ketmasligi kerak. Agar biron kimsa erkin mehnat
faoliyati bilan shug‘ullansa, mavjud tuzumni mensimay qo‘yib, unga qarshi
chiqishi mumkin. Hokimiyat esa bunga aslo yo‘l qo‘ya olmas edi. Uning
asosiy prinsipi – tobelik, manqurtlikni shakllantirish bo‘lgan.
Bizningcha, eng ommaviy qatag‘on qishloq aholisiga, birinchi navbatda,
dehqonlarga nisbatan amalga oshirilgan. Dehqonlarga turli yo‘llar bilan
tazyiq o‘tkazilgan. Masalan, boylardan yollanma ish kuchidan foydalanyapti,
deb yerlari tortib olingan. 1921–1922 yillarda yer-suv islohoti bahonasida 1,3
mln. desyatina (desyatina – taxminan 1 gektar) yer tortib olinib, davlat va
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan
2
. Qarshilik ko‘rsatgan dehqonlar jinoiy
javobgarlikka tortilganlar yoki chet elga qochib qutilganlar.
Sovet tizimi amal qilgan dastlabki davrda dehqonlarni nazorat qilishning
bir turi kontraktatsiya edi. To‘rt jildlik «O‘zbekiston SSR tarixi»da qayd
qilinishicha, kontraktatsiya davlat uchun mayda tovar dehqon xo‘jaligini
rivojlantirish ustidan nazorat o‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib, davlat shu
kontraktatsiya orqali stixiyali bozor munosabatlarini cheklab turish
imkoniyatiga ega bo‘lgan. 1928 yildayoq O‘zbekistonda paxta va pilla
tayyorlashning 100 %, qorako‘l teri tayyorlashning 82 %, jun tayyorlashning
70 % va quruq meva tayyorlashning taxminan 60 % kontraktatsiya asosiga
ko‘chirildi
3
. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hatto «yangi
iqtisodiy siyosat» amalda bo‘lgan vaqtda ham o‘zbek dehqonlari erkin
faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar.
Kolxozlashtirish davriga kelib dehqonlarni qatag‘on qilishning yangi
usuli, ya’ni ularni ota-bobolari asrlar davomida yashab kelgan joylardan
badarg‘a qilish qo‘llanila boshlandi. Undan tashqari, avvallari boy va
quloqlar qatag‘on qilingan bo‘lsa, endi bu chora o‘rtahol dehqonlarga
nisbatan qo‘llanila boshlandi. Faqat 1930 yilning o‘zida O‘zbekistonda 2648
nafar o‘rtahol dehqonning xo‘jaligi «quloq» sifatida tugatildi va 1944 ta oila
1
Qarang:
Уголовный
кодекс
РСФСР
с
постатейными
комментариями
. –
М
.,
1987. –
С
. 113, 117.
2
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: