(shuni ta’kidlash lozimki) qat’iylik, sabr, chidamlilik, sog‘lig‘u-sergaklik,
ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur. Vassalom”
1
.
Amir Temurning piri Shayx Sayyid Baraka 1370 yilda Balx qal’asi qo‘lga
kiritilishi arafasida Amir Temurga do‘mbira, hokimiyat
va hukmronlik ramzi
hisoblangan bayroq berib, unga “Sizning istiqbolingiz buyuk ishlardan darak
beradi” deb bashorat qilgandi. Bu makkalik shayx Sayyid Baraka keyinchalik
Amir Temur harakatlarida bashoratchilik qildi va uning bir umrga piri bo‘lib
qoldi. Bu xususda Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, “Temur doimo: –
Saltanatda erishgan jamiki narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim –
bular hammasi shayx Shamsuddin al-Faxuriyning duosi, shayx Zayniddin al-
Xavofiyning (Abu-Bakr Toybodiy) immati
tufayli va barcha topgan
barakatlarim esa Sayyid Baraka yordamida bo‘lgan”,
2
– der ekan.
Amir Temur pirlarining ko‘rsatmalariga sodiqlik bilan amal qilgan holda,
davlatni boshqarishning barcha sohalariga jiddiy e’tibor berdi va har doim bu
ko‘rsatmalar uning diqqat markazida bo‘ldi. Natijada markazlashgan davlatni
vujudga keltirish, uni mustahkamlash, qudratli qilishda muvaffaqiyatlarga
erishib, o‘ziga qaram bo‘lgan mamlakatlarning tinchligini ta’minladi.
U eng
avvalo, o‘z davlatini boshqarishda kengashga e’tibor berdi. Kengash
o‘tkazish, unda qatnashuvchilarning darajasi bo‘yicha joylashishi hozirgi
davrda ham diqqatni tortadi. Bu xususda “Tuzuklar”da qiziqarli misollar
keltirilgan.
Temur o‘z «Tuzuklari»da davlat tizimini yuqoridan quyigacha qanday
boshqarish haqidagi siyosiy-huquqiy qarashlarini umumlashtirdi. Sohibqiron
davlatni idora qilishda o‘n ikki qoidaga qat’iy asoslanganligini batafsil
yozadi. “Temur tuzuklari”da shunday so‘zlar bitilgan: “...Endi
mening
nomdor farzandlarim va mamlakatni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga
yo‘l-yo‘rig‘im shuki, men o‘n ikki narsani o‘zimga shior qilib olib, saltanat
martabasiga erishdim. Shu o‘n ikki narsa yordamida mamlakatni zabt etib,
saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu-ziynat berdim...”
3
. Bu
ijtimoiy-siyosiy qatlamlar quyidagilar edi:
1) sayyidlar (payg‘ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar, ya’ni
ziyolilar;
2) ishning ko‘zini
bilgan donishmand kishilar;
3) xudojo‘y, darvesh, qalandarlar;
4) no‘yonlar (xonzodalar), amirlar, sarkardalar, sipohsolalar;
5) sipoh va raiyat, ya’ni askarlar va avom un-nos;
6) saltanat ishlarini aytib,
kengash qilishga loyiq, ishonchli kishilar;
7) vazirlar, sarkotib, devon munshiylar, muhandislar, roviylar;
8)
hakimlar va tabiblar;
9) tafsir va hadis olimlari;
10) ahli sanoat (hunarmandlar, kosiblar);
11) so‘fiylar;
12) tujjor (savdogar) va sayyohlar.
1
Темур
тузуклари
. –
Т
., 1991. – 14–16-
б
.
2
Do'stlaringiz bilan baham: