6-ma’ruza
AMIR TEMUR DAVLATI. TEMUR TUZUKLARI VA HOZIRGI
ZAMON
1. Temur davlatining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar
XIII asrning 60-yillariga kelib mo‘g‘ullar imperiyasi yemirila boshladi va
uning o‘rnida Eronda, Oltin O‘rdada va Movarounnahrda uchta mustaqil
davlat vujudga keldi. Bu davrda islom dini taraqqiyotida ham rivojlanish ro‘y
berdi, hatto mo‘g‘ul hukmdorlari ham islom dinini qabul qila boshladilar.
Tarixdan ma’lumki, Chig‘atoyning nabirasi Muborakshoh (1264 y.) mo‘g‘ul
hukmdorlari ichida birinchilardan bo‘lib islom diniga e’tiqod qilishni
boshlagan. XIV asrning boshlariga kelib barcha mo‘g‘ul hukmdorlari bu
dinni qabul qilganlar. Shuningdek, musulmon an’analari va urf-odatlari keng
quloch yoyib, rasmiy odat sifatida keng tarqaldi. Ana shu asosda
markazlashgan islom davlatini vujudga keltirish uchun siyosiy kuch yetildi.
Shu bilan birga, feodal davlatlar, hududlar o‘rtasida nizolar,
kelishmovchiliklar ham tobora kuchayib bordi. O‘zaro tinimsiz kurashlar,
janjallar odat tusiga kira bordiki, bular tufayli feodal davlatlarning ahvoli
tobora og‘irlasha bordi. Chingiziylarning so‘nggi avlodi bo‘lgan Qozonxon
Kebekxonning siyosatini, islohotlarini davom ettirdi. Bu esa uning
ko‘chmanchi oqsuyaklar bilan ziddiyatlarini keskinlashtirib yubordi. Natijada
o‘zaro urushlarda Qozonxon o‘ldirilgach, Movarounnahrda amir Qozog‘on
hukmronlik qila boshladi. Akademik V. V. Bartoldning ta’kidlashicha, amir
Qozog‘on davrida yigirma yil mobaynida urushlar, chig‘atoylar bilan
mo‘g‘ullar o‘rtasida janjallar bo‘lmadi
1
. U 1358 yilda mo‘g‘ul xoni Tug‘luq
Temurning bir no‘yoni tomonidan o‘ldirildi. Shundan so‘ng hokimiyat uning
o‘g‘li Abdullaning qo‘liga o‘tdi. U Samarqandda yashar edi, bunga boshqa
amirlar qarshi turdi va bu kurashda u o‘ldirildi. Qozog‘on o‘limidan so‘ng
Movarounnahrda kuchli bir hokimiyat bo‘lmadi va o‘zaro feodal nizolar
tobora kuchaya bordi.
Akademik I. Mo‘minovning fikricha, “Bu davrda Movarounnahrda chet
el qaramligidan, mo‘g‘ul xonligidan ajralib, mustaqil, kuchli hokimiyat
tuzishdan manfaatdor bo‘lgan feodal aslzodalar orasidan ayrim guruhlar
yetishib chiqa boshladi.
Bular masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi eng muhim tomoni
shundaki, keng xalq ommasi ko‘p mashaqqatlar bilan uzoq vaqt ichida
irrigatsiya tarmoqlarini – ariq, zovur, suv omborlari, to‘g‘onlarni tikladi.
Dehqonchilik, hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ydi, ayni vaqtda o‘zaro
1
Do'stlaringiz bilan baham: