Aziz o'quvchi


-XVI ASRDA BUXORO XONLIGIDA MADANIY HAYOT



Download 492 Kb.
bet15/56
Sana12.01.2017
Hajmi492 Kb.
#333
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
9-XVI ASRDA BUXORO XONLIGIDA MADANIY HAYOT

Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qitilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar Ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi.



Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkun­chixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541-yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy "Muzakkiri ahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning "Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning "Risola dar ilmi hisob" , "Vaziyat bar sahor qism" Tursun Zominiyning "Tuxfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning "Ma’rifat samti qibla" (Qibla tomonni topish ma’rifati) Mahmud ibn Ahmad Foriziyning "Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Sayidiyning "Hoshiy li shahri ashkoli ta’sis" (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir Ibn Abul­qosimning, "Ajoyib ut-tabaqot" (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili "Dastur al-iloj", "Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-yilda "Shifo ul­-ilal" (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana "Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning "Zubdat ul-ozor", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shoxiy"), noma’lum muallifning "Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosiliyning "Badoye ul-vaqoye", Zahiriddm Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi. Ko’chkinchixon topshirig’i bilan Sharoflddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma"si o’zbek tiliga o’girildi. Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546-yillarda Yunisxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxonga bag’ishlab “Tarixi Rashidiy" asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan. Hofiz Ko’hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo’lgan. Davr taqozosi bilan o’z vatani Toshkentda turg’un yashay olmaydi. 1528-yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563­-yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584-yili vafot etadi. U "Tarixi Toshkand", "Tarixi oliy Chingiz" (Chingiz sulolasi tarixi), "Risola fi fannit-tavsirval-usul val-firu val-mantiq val-kalom" (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar muallifidir. Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat.


Download 492 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish