O‘zbekiston tarixi


Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o‘g‘li Dinmuhammad



Download 4,82 Mb.
bet75/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o‘g‘li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori bo‘lgan Dinmuhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi va taxtga Boqimuhammad (1601-1605) o‘tqazilib, ukasi Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi.

Boqimuhammad 1602 yilda Balxni egalladi, 1603 yilda eroniylarning Balxga hujumini qaytardi. 1604 yilda qozoq xoni Kelimuhammad qo‘shinlariga zarba berib, davlat hokimiyatini mustahkamlashga harakat qildi. Undan keyin taxtga ko‘tarilgan Valimuhammad o‘zi mustaqil harakat qilolmas, davlat ahamiyatiga molik masalalarni beklarning roziligi bilangina hal etar edi. Mustaqil boshqaruvga intilgan beklar xonga bo‘ysunmay qo‘yishgan.

Ashtarxoniylar orasida nisbatan qat’iyatli, markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun bir necha tadbirlarni amalga oshirgan Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi va uning o‘zi fitna qurboni bo‘ldi. Fitna ishtirokchisi bo‘lgan ukasi Abulfayzxon (1711-1747) taxtga chiqarildi. Irodasi kuchsiz Abulfayzxon kuchli amirlar ta’siridagi qo‘g‘irchoq xon sifatida tarixda qoldi. U nomigagina xon bo‘lib, haqiqiy hokimiyat kuchli amirlar qo‘lida bo‘lgan.

Ayniqsa, Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida katta ta’sirga ega bo‘lganlar. Abulfayzxon davrida siyosiy tarqoqlik g‘oyatda kuchayib, har bir viloyat amalda mustaqil boshqaruvga ega bo‘lgan hokimiyatga aylanib qolgan edi. Toshkent, Xo‘jand, Balx, Badaxshon, SHahrisabz, Hisor va uning atrofidagi erlar Buxoroga bo‘ysunmagandi.

Buxoro xonligidagi porakandalik, o‘zaro urushlar 1736 yilda Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan Nodirshoh (1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini o‘ziga bo‘ysundirish harakatini boshladi. 1740 yilda Eron hukmdori Buxoroga qo‘shin tortganda Abulfayzxon og‘ir shartlarga ko‘nib, sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Nodirshoh hokimiyatini tan oldi.

Abulfayzxonning Eronga qaramligini tan olish bilan Ashtarxoniylarning mustaqil hukmronligi tugadi. Mamlakat boshqaruvi 1743 yilgacha Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy qo‘lida bo‘ldi.

1747 yilda Nodirshoh vafoti bilan Abulfayzxon o‘ldirildi, uning vorislari Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla III (1748-1756) nomigagina xon deb e’lon qilinib, davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahimbiy asos solgan mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi.

CHingizxon avlodiga mansub bo‘lmagan Muhammad Rahim 1753 yilda o‘z nomiga xutba o‘qittirib, o‘zini amir deb atadi. Mang‘itlar sulolasining 1920 yilgacha hukmronlik qilgan davri tarixda shuning uchun ham Buxoro amirligi deb ataldi.

Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747 yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi.

1758 yil 24 martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘rniga mang‘it urug‘idan bo‘lgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758-1785) taxtga ko‘tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto‘rani xon taxtiga o‘tkazib, hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi.

Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy qilib, bir qancha ma’muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan. Doniyolbiy ko‘p vaqtini bebosh amirlarni bo‘ysundirish, isyonlarni bostirishga sarf qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon sababli hokimiyatni shahar aholisi orasida obro‘liroq bo‘lgan o‘g‘li SHohmurodga topshirdi.

Amiri Ma’sum (“Begunoh amir”) nomini olgan amir SHohmurod (1785-1800) o‘z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir qancha soliqlarni kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorlig‘ini berib, ba’zi to‘lovlardan ozod qildi, xalq orasida zolimligi bilan tanilgan amaldorlarni jazoladi. Madrasa ta’limini olgan SHohmurod fiqh ilmi haqida “Ayn ul-hikmat” nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy etdi.

U pul islohoti o‘tkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishlab chiqarishning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishiga va SHohmurodning umrini oxirigacha davlatni boshqarishiga imkon berdi.

1800-1826 yillarda Buxoro taxtini boshqargan amir Haydar davrida har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turdi.

1826 yilda amir Haydarning uchinchi o‘g‘li Nasrullo (1826-1860) taxtga o‘tirdi. U o‘z yo‘liga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan akalarini shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini qatl qilish bilan “Qassob amir” degan nomni oldi.

Ayniqsa urushlar paytida bo‘ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirg‘in qildi. Amir Nasrullo Buxoro amirligi viloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 30 yil davom etdi. SHahrisabz bekligini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 marta yurish qilib 1856 yildagina o‘z maqsadiga erishdi

SHunday qilib Buxoro hududlarini to‘la bo‘ysundirgan Amir Nasrullo Buxoroning so‘nggi mustaqil hukmdori bo‘lib qoldi. Undan keyin hukmdorlik qilgan Sayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida SHahrisabz, Kitob beklari yana Buxoroga bo‘ysunishdan bosh tortdilar. Buxoro Rossiya vassaliga aylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo‘ysundirildi.

Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida davlat tizimida anchagina o‘zgarishlar amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor bo‘lib, davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qo‘lida edi. Davlat boshqaruvida bosh vazir-qushbegi, devonbegi, parvonachi, otaliq, dodhox, xudaychi, mirzaboshi kabi saroy ayonlari va shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning mavqei katta bo‘lgan.

Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan viloyat beklari va uning qo‘l ostidagi mirshabboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar, qozi, rayis, qishloq oqsoqollari qo‘lida bo‘lgan. Mang‘itlar sulolasi davrida amirlik 30 ta beklik va tumanlardan iborat ma’muriy birliklardan tashkil topgan. Har bir beklik hokimi xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.

Elbarsxon (1512-1525) Urganch va Xiva shaharlaridan eroniylarni haydab chiqarib mustaqil xonlikka asos soladi. U bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalqlar o‘troqlashdilar. Elbarsxonning beshinchi vorisi Avaneshxon (1526-1538) davrida SHayboniy Ubaydulla sulton (1533-1539) Xorazmni bosib olib, 1537 yilda o‘g‘li Abdulazizni u erga noib qilib qoldirdi. 1538 yilda Xorazm sultonlari yana hokimiyatni qaytarib oldilar.

Xorazm erlari uchun Hojimxon (1558-1602 ) davrida Abdullaxon II (1557-1598) bir necha marta yurish qildi. 1575 yilda boshlangan o‘zaro urushlar natijasida Abdullaxon II 1593 yildagina Xorazmni o‘ziga bo‘ysundirdi. 1598 yilda Abdullaxon vafoti bilan shayboniylar davlatida avj olgan o‘zaro nizo va tartibsizlikdan foydalanib Xorazm o‘z mustaqilligini uzil-kesil tiklab oldi.

XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo‘lgan sulolaviy kurashlardan so‘ng taxtga o‘tirgan Arab Muhammadxon (1602-1621) davrida Xiva xonligida davlat porakandaligi yuqori cho‘qqiga etdi. Darvesh shayxlari ta’siridagi Arab Muhammadning o‘g‘illari Habash va Elbarslarning otasiga qarshi chiqishi parokandalikni avj oldirdi. Ular otasiga qarshi kurashda muvaffaqqiyat qozonib, so‘ngra Xivada qatl ettirdilar. SHunday qilib taxtga o‘tirgan Elbars va Habash sultonlar (1621-1623) ukalari Isfandiyor (1623-1643) tomonidan taxtdan tushirildilar.

Xorazm tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Abulg‘ozixon (1643-1663) akasi Isfandiyor vafotidan keyin taxtni egalladi.

Turkman, qalmiqlarga qarshi muvaffaqqiyatli urush olib borgan Abulg‘ozixon Buxoro xonligi hududlariga ham talonchilik yurishlari qildi. Xiva askarlari CHorjo‘y, Vardanza, Qorako‘l, Karmanagacha bo‘lgan erlarni bir necha bor talashdi. 1662 yilda Abdulg‘ozi Buxoro xoni bilan sulh tuzdi.

Lekin uning o‘g‘li Anushaxon (1663-1687) davrida ham Buxoro va Xiva o‘rtasidagi urushlar davom etdi. Subhonqulixon Xivadagi tarafdorlari yordamida taxtga SHohniyozni (1688-1702) o‘tqazib, amalda Xivani vassal davlatga aylantirdi.

Arab Muhammad va uning vorisi SHerg‘ozixon (1715-1728) davrida xonlikdagi siyosiy nizolar mamlakatning iqtisodini ham izdan chiqardi. 1728 yilda hokimiyatni qo‘lga olgan Elbarsxon (1728-1740) ichki nizolarni bostirib, qo‘shni hududlarga bosqinchilik yurishlarini uyushtira boshladi.

1747 yilda qozoq sultoni Gayibxon taxtga o‘tqazildi (1747-1757). Uning davrida qozoq sultonlarining mavqei oshishi Xivada qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1757-1758 yillarda Xiva taxtini uning ukasi Abdullaxon boshqargan.

Xiva xonligidagi siyosiy parokandalikdan foydalangan Buxoro hukmdori Muhammad Rahimbiy o‘z odami Temur G‘ozixonni (1758-1763) Xiva taxtiga o‘tqazadi. SHu davrdan boshlab Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar urug‘ining mavqei mustahkamlanib bargan.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish