Bantak – ilk o‘rta asrlarda erkak qullar toifasi.
BARANG‘AR, barang‘or, burong‘or (turkiycha – o‘ng) – qadimgi turk-mo‘g‘ul xalqlari hayotida ishlatilgan harbiy-ma’muriy tushuncha. 1) CHingiziylar saltanati barpo etilguniga qadar mo‘g‘ullar mamlakati o‘ng qanot – barang‘ar va so‘l qanot – juvang‘arga taqsimlangan. CHingizxon saltanatida ham bunday bo‘linish saqlangan. Jo‘ji ulusi ham o‘ng va chap qanotlarga bo‘lingan. O‘ng qanot – Oq O‘rda Botu va SHaybon, so‘l qanot Ko‘k O‘rda Jo‘jining katta o‘g‘li O‘rdaga tegishli mulklardan iborat bo‘lgan; 2) Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari davrida qo‘shinning o‘ng qanoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |