O`zbekiston
tarixi majburiy fanlar uchun
1.Eng yaxshi mamlakat sifatida O`zbekistonning qadimgi dehqonchilik hududlari ta`kidlab o`tilgan ilk yozma manbani aniqlang?
A) Behistun yozuvlari
B) “Avesto”
C) Gerodotning “Tarix” asari
D) Strabonning “Geografiya”
2.O`rta Osiyoning tog`lik, dasht va cho`l yerlarida asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan …… istiqomat qilishgan.
A) saklar B) massagetlar
C) so`g`diylar D) baqtriyaliklar
3. Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O`rta Osiyodan ham topilgan davrni aniqlang?
A) mil.avv V-IV asrlarda
B) mil.avv I asr va dastlabki milodiy asrlarda
C) mil.avv III-II asrlarda
D) mil.avv IX-VIII asrlarda
4. IV-X asrlarda hukmronlik qilgan Xorazmda hukmronlik xorazmshohlar sulolasini toping.
A) siyovushlar
B) ma`muniylar
C) afrig`iylar
D) anushteginiylar
5. Qachon Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, qonunshunoslar uchun maxsus ``Faqihlar madrasasi`` qurilgan?
A) VII asrda B) IX asrda
C) X asrda D) XII asrda
6. ``Arab va g`ayri arablar ustozi``, ``Xorazm faxri`` kabi sharafli nomlar bilan ulug`langan vatandoshimizni belgilang.
A) Muso al-Xorazmiy
B) Abu Nasr Farobiy
C) Mahmud Zamaxshariy
D) Abu Rayxon Beruniy
7. VIII asr boshlariga kelib mamlakatimizda qaysi davlat hukmronligi o`rnatildi?
A) mug`ullar hukmronligi
B) arablar hukmronligi
C) yunon-makedonlar hukmronligi
D) turk xoqonligi hukmronligi
8. Amir Temurning kim bilan bo`lib o`tgan jangi tarixga ``Loy jangi`` nomi bilan shuhrat topadi?
A) To`xtamishxon bilan
B) Boyazid Yildirim bilan
C) Ilyosxo`ja bilan
D) Sulton Barquq bilan
9. Tillakori masjid-madrasasi quyidagi qaysi shaharda bunyod etilgan?
A) Xiva
B) Buxoro
C) Samarqand
D) Toshkent
10. Xiva xonlaridan qaysi birining davrida o`zbek va turkmanlardan iborat ``xon navkarlari`` deb atalgan muntazam qo`shin tuzilgan
A) Ollaqulixon
B) Muhammad Rahimxon I
C) Eltuzarxon
D) Avar Muhammad inoq
11.Nechinchi yilda Qo`qon xoni Olimxon o`zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga (dinor) ni zarb ettirdi va o`zini xon deb e`lon qildi?
A) 1776-yilda B) 1805-yilda
C) 1807-yilda D) 1810-yilda
12. Raqiblarini sarosimaga solib qo‘yuvchi ``to‘lg‘ama``jang usuli qaysi lashkarboshi tomonidan qo‘llangan?
A) Muhammad Shayboniyxon
B) Amir Temur
C) Chingizxon
D) Jaloliddin Manguberdi
13.Rosssiya imperiyasi istilo etilgan hududlarda Turkison viloyati tashkil etilgan yilni toping.
A) 1847-yilda B) 1865-yilda
C) 1867-yilda D) 1886-yilda
14.Birinchi o`zbek kino va fotooperatori qaysi javobda ko`rsatilgan.
A) Mirzayor Xudoyorov
B) Abdulxoliq maxdum
C) Mannon Uyg`ur
D) Xudoybergan Devonov
15.Xiva xonligidagi qaysi me’moriy inshoot G‘arb va Sharq an‘analari asosida barpo etilgan?
A) Sitorai Mohi Xosa saroyi
B) Rahmonqul Inoq saroyi
C) Nurullaboy saroyi
D) Islomxo`ja minorasi