O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

 
Yangi mavzu bayoni: 
Movarounnahr arablar xuruj boshlagan VII asr oxirlarida siyosiy boshboshdoqlikni 
kechirmoqda edi. Bu tarqoqlik, mayda hokimiyatchilik IV-V asrlarda boshlangan bo‗lib, 
eftaliylar hukm surgan yillarda yanada kuchayadi. Turk xoqonligi davrida ham bo‗linuvlarga 
bardam berilmaydi, aksincha, u yanada zo‗rayadi. So‗g‗d nomigagina Turk xoqonligiga tobe 
bo‗lib, har viloyatda bir, o‗ziga mustaqil bo‗lgan hokim hukm surar edi. 
79 hijriy sanada (m. 698/99) Muxallab Xuroson noibi sifatida ish boshlaydi. 80-hijriy 
yilda (m. 699/700) Muxallab qo‗shinlari Amudaryoni kechib o‗tib, Qashqa vohasi sari 
yuzlanadilar. Bu arablarning Movarounnahrga chorak asrdan buyon qilib kelayotgan tajovuzi 
tarixida birinchi marta Buxoro va Samarqandni chetlab o‗tib, Kesh sari yurish edi. 
Muxallab Qashqa vohasiga bostirib kelgan vaqtda asosiy shahar Kesh bo‗lgan, deyish 
mumkin. Buni at-Tabariy tarixidagi voqealarning keyingi rivoji misolida ko‗rish mumkin. 
Naxshab va Kesh qal‘alarining ispehbodi Ashkand edi. Ashkandning qarorgohi Keshda bo‗lib, 
vohaning butun harbiy kuchi uning qo‗lida to‗plangan edi. Kesh arablar tomonidan qattiq qamal 
qilinadi. Kesh qamalini Muxallabning tadbirkor lashkarboshisi Abul Adham Ziyod ibn Amir az-
Zimmoniy amalga oshiradi. Abul Adham Ziyod qo‗l ostida uch ming lashkar bo‗lgan. Aftidan, 
qamal cho‗zilib ketgan va tag‗in ikki ming kishi ularga yordamga keladi. 
Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi bo‗lgach (704/705 y.) Naxshab va Keshni istilo 
qilishga qattiq kirishadi. 88 yili (707 m.y.) Qutayba Buxoro va uning atrof tumanlarini butunlay 


154 
yakson qilib, boyliklarni olib Marvga qaytadi. Qutayba 89 yili (708 m.y.) yana Buxoro va 
Romiton ustiga yurish qiladi. 
Aholi arablarga nisbatan hamisha g‗azab-nafratda bo‗ladi, tez-tez g‗alayonlar qilib turadi. 
Bu shubhasiz, umaviylar davri arab hukmronligining tabiatidan kelib chiqadi. Umaviylar 
abbosiylardan farqli o‗laroq, keng miqyosdagi davlat maqsadlarini ko‗zlamasdan, eng avvalo, 
―jihod janglari‖dagi arablarning yo‗lboshchilari bo‗lib qolgan edilar. Ular arablar o‗rtasida o‗z 
hokimiyatini saqlab qolish, bo‗ysundirilgan xalqlardan soliqlar olish, vassal hokimlardan o‗lpon 
undirish haqidagina qayg‗urganlar. 
Bu vaqtda Qashqa vohasida arab istilochilariga qarshi mahalliy aholining ―oq kiyimlilar‖ 
nomi bilan tarixga kirgan ulug‗ isyoni yetilib kelmoqda edi. Tabariy 161 hijriy yil (778) 
voqealarini hikoya qilar ekan, Muqanna qo‗zg‗olonini yilning eng muhim ishlaridan deb sanab 
o‗tadi. 
Muqanna harakati yuzaga kelgan VIII asrda Abu Muslim arab bosqinchilarining yurakni 
zada qilgan yurishlaridan bezgan xalq uchun kurash ramzi, ezgulik ifodasi edi. Arab 
istilochilariga qarshi tug‗ ko‗targan Muqanna harakati tezda butun Movarounnahrga yoyiladi. 
Qashqadaryoda vujudga kelgan muqannachilik Buxoroda unga ulug‗ quvvat bag‗ishlaydi, tez 
orada bu harakat Farg‗ona vodiysi, Iloq (Ohangaron) va Shoshga qadar uzayadi. Buxorxudot 
Bunyod ibn Tug‗shodaning o‗zi ham Muqanna tarafiga o‗tadi. 
Muqannachilar Movarounnahrning aksariyat qismini egallab olgan edilar. Qashqa vohasi 
Muqanna harakatining beshigi edi. Naxshab shahri va uning tevarak-atrofi aholisi Muqannaning 
ukasi Jamxo‗r boshchiligida arab hukmdorligiga qarshi kurashadilar. Xalifalik vujudga kelgan 
ozodlik kurashidan qattiq xavfda qoladi. Xalifa Mahdiy oxir-oqibatda Sa‘id al-Xarashiyni 
Muqannaga qarshi kurashga jo‗natadi. 
Muqanna Qashqa vohasiga kelgan dastlabki paytda o‗zi uchun qarorgoh sifatida Hisor 
tizma tog‗ining Kesh bilan Samarqand oralig‗ida tushgan qismida (qariyalarning aytishicha, to 
yaqinlariga qadar Kesh-Samarqand yo‗li shu qal‘a yonidan o‗tgan), dovonda joy qilgan. Va 
nihoyat, arablar bilan olib borgan janglarining oxirgi yillarida ham shu qal‘adan boshpana 
topgan. Muqanna joylashgan qal‘aning avvalgi nomi nima bo‗lgan aytish qiyin, harholda, 
―Sanam‖ atamasi bu joyda butlar bo‗lganligini ishorat etadi.
Arablar muqannachilardan qattiq o‗ch olgan. Kurash mag‗lubiyat bilan yakun topgan 
bo‗lsa-da, u Markaziy Osiyoda arab istilosiga qarshi harakat tarixida katta ahamiyat kasb etadi. 
Xalifalikni zilzilaga solgan ozodlik harakati shafqatsizlik bilan bostiriladi, ammo xalifalik 
shundan so‗ng mahalliy aholi vakillarini hokimiyat ishlariga aralashtirishga majbur bo‗ladi. 
Oliq-soliqlar masalasida bir qadar yon beriladi. Xalifalik asosiy yig‗im turlaridan biri – tamg‗a 
solig‗idan voz kechishga majbur bo‗ladi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish