Neandertal odam – hozirgi zamon odamining baland bo‘yli oyoq va bel qismi tik, keng peshona va jag‘ ko‘rinishlari kabi ko‘rinishga o‘tishning ilk boshlovchisi bo‘lgan.
980-yil arxeolog O‘.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur (So‘x tumani) g‘oridan paleolit davri makonini ochishga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi tadqiqotlar natijalariga qaraganda Selung‘ur ilk paleolit davriga oid bo‘lib, 13 madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko‘plab ibtidoiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollar ko‘p hollarda Olduvoy qurollariga o‘xshab ketadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selung‘ur topilmalarining yoshi 1 mln.yildan ziyodroqdir. Selung‘ur topilmalari orasidan eng ahamiyatlisi qadimgi odam jag‘ suyaklari, tishlari va yelka suyaklaridir. Fanda «Farg‘ona odami» – «Fergantrop» deb nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari eng qadimgi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonning insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil – kesil isbotlaydi. Bundan tashqari fanga 1963-yillardan beri ma'lum bo‘lgan Ko‘lbuloq makonidan (Shimoli – sharqiy O‘zbekiston, Toshkent vil.) ham ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit (ashel) davriga, yuqori qatlamlari esa o‘rta va so‘ngi paleolit davrlariga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100 dan ziyod chopper, nukleus, qirg‘ich va tarashlag‘ich tosh qurollar topilgan.
Dastlabki sivilizatsiya ma‘lum darajada til va yozuvlar bilan ham bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.avv. paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat axmoniylar davrida ma‘lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta‘kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.
Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublikamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar - turkiy, so‘g‘diy bo‘lgan. O‘rta asrlarqa esa ular bilan birga forsiy, arab, chig‘atoy va eski o‘zbek tillari rivoj topa boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |