O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


O’zbekistonning XX asrning 20-30 yillaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o’tkazilishi. O’zbekiston SSR tashkil topishi



Download 2,66 Mb.
bet57/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

4. O’zbekistonning XX asrning 20-30 yillaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o’tkazilishi. O’zbekiston SSR tashkil topishi.
Turkiston xalqlarining ildizi bir, degan g‘oya avloddan-avlodga o‘tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o‘z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o‘lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. 1920 yil boshidayoq Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo‘lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo‘ygan edi. Bu o‘sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o‘z aksini topdi. Lenin Turkistonning “O‘zbekiya, Qirg‘iziya, Turkmaniya” ga bo‘lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O‘rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat’iylik bilan amalga oshirildi.
1924 yilda milliy-hududiy chegaralanish natijasida O‘rta Osiyo xaritasida ittifoqdosh respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar ham paydo bo‘ldi. Shular orasida Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibida bo‘lib, unga volostlardan iborat To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rtko‘l shahrida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati sovetlarining birinchi qurultoyi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil topganligi to‘g‘risida Deklaratsiya”ni qabul qildi va “qoraqalpoq milliy davlatchiligi” tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati ijroiya qo‘mitasining raisi etib A.Qudaboyev saylandi. Qoraqalpog‘istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, o‘zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi.
Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so‘ng, sovet hukumati bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag‘allar saylanib, ularning asosiy qismini kommunist va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bo‘lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog‘istonni mamlakatning beda urug‘i yetkazib beruvchi asosiy bazasi deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo‘jaligida ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog‘istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta’minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi va bu yerga ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta’minlandi.
1930 yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi. 1932 yilning 20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi hukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, K.Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Q.Avezovlar saylandilar. 1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko‘ra QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo‘lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O‘zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O‘sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilinadi. Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibida o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlandi.
O‘rta Osiyoda milliy - hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida dastlab Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari iqtisodiy kengashlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1924 yil 25 noyabrda esa O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SES) tugatildi va uning vazifalari SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashining O‘rta Osiyodagi Muxtor vakillik boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Biroq 1926 yil iyul oyida bu boshqarma tugatilgach, 1926 yil 30 iyulda SSSR XKS huzurida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) qaytadan tashkil qilindi. O‘rta Osiyo respublikalari (O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR, Qirg‘iziston ASSR) bilan SSSR o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda, ularni Ittifoq iqtisodiy majmuasidagi o‘rni va vazifalarini belgilashda O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashning o‘rni katta bo‘ldi. Markazning mustamlakaga asoslangan iqtisodiy boshqaruv organi – SredazEKOSO O‘rta Osiyo respublikalarini iqtisodiy jihatdan boshqaruv tizimini markazlashtirishda muhim rol o‘ynadi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi bu vazifani bajarib bo‘lgach, 1934 yil 3 oktabrda SSSR XKS va VKP (b) MK maxsus qarori bilan tugatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston SSRda 1925-1926 yillarda O‘zSSR Iqtisodiy Kengashi (EKOSO) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bu paytda O‘zbekiston SSR ning poytaxti Samarqand shahrida bo‘lganligi uchun bu tashkilot xam shu yerda joylashgan edi. O‘zbekiston SSR Iqtisodiy Kengashining raisi Fayzulla Xo‘jayev bo‘lgan.
1925-1928 yillarda yangi iqtisodiy siyosat asta-sekin buzila boshladi. Sanoat va qishloq xo‘jaligida qiyinchiliklar ko‘payib qoldi, rejalashtirilgan industrlashtirish uchun mablag‘lar yetishmas edi, tovarlar tanqisligi keskinlashdi. Bu holatni butun Sovet Ittifoqi boshidan kechirayotgan bo‘lsa ham biroq u O‘zbekiston SSR da yana ham keskinroq namoyon bo‘ldi, chunki respublika dehqonlari sanoat mollarini olishda ko‘plab qiyinchiliklarga uchrar edi. Tovar tanqisligining kuchayib borishi narx-navoning oshib ketishiga, rubl kursining o‘zgarib turishiga olib keldi. Sanoat mollari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining o‘rtasida katta tafovut bo‘lishi dehqonlarning kuchli noroziligiga olib keldi.
1927 yili g‘alla tayyorlashdagi qiyinchiliklar munosabati bilan baholarni tartibga solish muammosi yana ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu narsa shahar bilan qishloq, ishchilar bilan dehqonlar o‘rtasida katta ziddiyatlar paydo bo‘lib qolganligini ko‘rsatar edi. Sovet davlati qishloq aholisi tomonidan ist’mol qilinadigan sanoat mollariga nisbatan yuqori va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga esa nisbatan past baholarni qo‘yib, dehqonlarni industrlashtirish uchun mablag‘ beradigan o‘ziga xos ustama soliq to‘lashga majbur qildi.
Xullas, Sovet hokimiyati yangi iqtisodiy siyosatdan asta-sekinlik bilan, biroq qat’iy ravishda voz kecha boshladi. Xususan, mamlakatda sanoatni industrlashtirish va qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish davrida bu siyosat butunlay tugatildi. SSSR davlati va bolsheviklar partiyasining rahbari I.V.Stalin 1929 yil 3 noyabrda yozgan “Buyuk burilish yili” maqolasida SSSR da sotsialistik jamiyat qurilishi jarayonida davlat sektorining hal qiluvchi roli to‘g‘risida o‘z qarashlarini bayon qildi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish