O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari



Download 2,66 Mb.
bet46/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

8-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.
Reja:
1. XV asr oxiri XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Shayboniylar sulolasining boshqaruv tizimi.
2. Mustaqil xonliklarning tashkil topishi, ulardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
1. XV asr oxiri XVI asr boshlarida Movarounnaxrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Shayboniylar sulolasining boshqaruv tizimi.
Amir Temur vafotidan so‘ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o‘zaro kurashlari qudratli saltanatning bo‘linishiga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. XV asrning oxiri-XVI asrning boshlarida Movarounnahr hududi bir necha mustaqil mulklarga bo`linib ketdi. Ular iqtisodiy, etnik va madaniy jihatdan bir-birlari bilan mustahkam bog’liq bo`lsalar-da, ayrim viloyatlarning hokimlari o`rtasidagi o`zluksiz to`qnashuvlar aholining o`zaro aloqalariga xalaqit berar edi.
Farg’ona, Hisor, Samarqand, Buxoro, Xorazm singari mulklar va ular atrofidagi viloyatlar aslida mustaqil siyosiy to`zulmalar edi va ularning hukmronlari qo`shinlarining yerlarini bosib olish payida bo`lib, yurishlari muvaffaqiyatsiz chiqqanda talon-tarj qilingan mol-mulklar bilan cheklanishardi. o`zaro feodal urushlar nafaqat Movarounnahrning siyosiy maydalashuviga, balki iqtisodiy tanazzulga va aholining hayotini qashshoqlashuviga olib kelardi. Movarounnahrdagi bunday beqaror siyosiy vaziyatdan Abulxayrxonning nevarasi Shayboniyxon foydalanib, bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi.
Muhammad Shayboniy 1451-yil tug’ilib, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. XV asrning ikkinchi yarmida temuriylar davlatining tarqoqligi kuchaygan bir davrda shimolda-Dashti Qipchoqda Shayboniyxon, keyinchalik ko`chmanchi o`zbeklar nomini olgan, turk-mo`g’ul qabilalarni bitta davlatga birlashtirdi. Ayni paytda temuriylar bilan mo`g’ullarga qarshi ittifoq to`zgan bo`lsa-da, u ittifoqchilarga doim sodiq qolmasdan goh temuriylar, goh mo`g’ullar tomonida turib harakatlar olib bordi. Shayboniyxon Movarounnahrga bir necha bor hujum qildi va 1488-1504 yillarda Utror, Yassi (Turkiston), Buxoro, Samarqand hamda Farg’ona ni asta-sekin bosib oldi. Uning yosh temuriy shahzoda Boburga qarshi olib borgan to`rt yillik urushi Afg’onistonga qochgan Boburning mag’lubiyati bilan tugadi. Shundan so`ng 1504-1509 yillarda Shayboniyxon tinimsiz urush olib bordi va qadamba-qadam o`lkan imperiya barpo etadi. Ayrim temuriylar bosqinchilarga qat‘iy qarshilik ko`rsatdilar. Vujudga kelgan xatar shu paytgacha bir-birlariga dushman bo`lgan feodallarni vaqtinchalik bo`lsa-da birlashishga olib keldi. Biroq ular orasidagi bir-biriga ishonmaslik, o`zaro nizo va janjallar o`zbeklar uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Masalan, 1504 yilda Hisor viloyatining hokimi Xusravshoh Shayboniyxonning yaqinlashib kelayotganini eshitib,boshqa temuriy shahzodalar bilan birlashish o`rniga, qo`rqoqlik qilib qochib ketdi. Natijada, u hokimlik qilgan Janubiy Tojikiston, janubiy O’zbekiston, shimoliy Afg’onistonning bir qismini ichiga olgan yerlar Shaybonixonning qo`ligao`tdi. Ba‘zi shaharlar esa jiddiy qarshilik ko`rsatdi. 1504 yilda Shayboniyhon Xorazmga yurish boshladi. 10 oylik og’ir qamaldan keyingina 1505 yilda Urganch shahri taslim bo`ldi 1506 yilda davom etgan qamaldan keyin Balx shahri, 1507 yilda esa, deyarli urushsiz, Xirot shahri zabt etildi. 1508 yil bahorida Shayboniyhon Jand ostonolarida temuriylarning so`nggi armiyasini tor-mor keltirib ularning o`rtaOsiyodagi barcha ildizlariga barham beradi. Ammo uning yurishlari 1510 yilda Marv yaqinida Eron shohi Ismoil bilan to`qnashuvda mag’lubiyatli tugallandi.
Shayboniyxon bosib olgan o`lkalarni jahon qarindoshlari, o`zbek qabilalarining zodagonlari, harbiy qo`mondonlari o`rtasida taqsimladi. Viloyatlarni taqsimlashda shayboniy urug’lari o`rtasidagi kelishmovchiliklar, ziddiyatlar o`zbeklar davlatini zaiflashtirdi va shayboniylar keyingi janglarda birin-ketin mag’lubiyatga uchradilar. Xuroson, shu jumladan Turkmaniston, Xorazm, Shimoliy Afg’oniston Eron shohi Ismoil hu/kmronligiga o`tdi. Qobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur shoh Ismoilning yordam i bilan 1511 yili Hisor, Kulob, Kundo`z, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Biroq temuriylarning ilgarigi yerlarini shoh Ismoil madadi yordamida birlashtira boshlagan Bobur, aholi tomonidan quvvatlanmadi. Shu sababli shayboniy Ubaydulla Sulton qo`shinlari Buxorog’a yetib kelgan Bobur qo`shinlarini tor-mor etdi va Bobur Hisorga chekinishga majbur bo`ldi. G’ijduvon yaqinidagi g’alabadan so`ng Shayboniylar Movarounnahrda to`liq hukmronlikni o`rnatdilar. Faqat Xorazm mustaqil qolib 1511 yili Eroniy shialar hukmronligidan norozi bo`lgan sunniy ruhoniylar Dashti -Qipchoq, o`zbeklardan Elbarsxonni chaqirib, o`zlariga xon sayladilar. Bir ozdan keyin Amudaryoning bilan Kaspiy dengizi o`rtasida joylashgan va turkmanlar yashaydigan yerlar Xorazmga kushib olindi. Mag’lubiyat alamini boshidan kechirgan Bobur bu gal Movarounnahrni abadiy tark etdi. U qo`shinlari bilan Hindistonni shimoliy qismini o`zigabo‘ysundirdi va Hozirgi Bangladesh, Pokiston, Hindistonning shimoli va Afg’oniston hududida Buyuk Boburiylar saltanatiga asos soldi, bu davlat XIX asrgacha (300 yil) yashadi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish