Karl VI
1403-yil 15-iyun
da Amir Temurga
yo‘llagan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha, Amir Temur
takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli
Genrix IV
bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida
g‘arbiy viloyatlar hokimi
Mironshoh
faol qatnashdi. G‘arbiy
eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar
hokimi
Mironshoh
Amir Temurning keksayib qolgan davrida
G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga
jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo
aloqalarini jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylariga
xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash
borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda
Mironshoh
tez orada
“katolik oqimining homiysi”
sifatida
shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli
Genrix III
Sharq bilan juda
qiziqib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |