O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


-yil da Chingizxon huzuriga Xorazmshoh  Ba-



Download 20,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/264
Sana29.01.2022
Hajmi20,45 Mb.
#416696
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264
Bog'liq
ozbekiston tarixi 7-sinf

1216-yil
da Chingizxon huzuriga Xorazmshoh 
Ba-
houddin Roziy 
boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. elchilarni 
Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u Sulton
Muhammadni G‘arbning sohibqironi (G‘arb mamlakatlari yerla-
rining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini 
Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi. Chingizxon qimmatbaho 
sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini 
Xorazmga yuboradi. elchilarga xorazmlik savdogar 
Mahmud 
Yalavoch
boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon elchilarini Sulton 
Muhammad 
1218-yilning bahori
da Buxoro shahrida qabul qila-
di. elchilar Chingizxon Sulton Muhammadni qudratli podshoh 
sifatida bilib, uni o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi 
hamda u bilan do‘stona shartnoma tuzishga roziligini aytadi. eng 


89
ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rish «iltifoti», shubhasiz, Sharq us-
tomonligida «Chingizxonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib 
olish niyati bor» degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari so-
niy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday 
«istiqbol» sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni 
tunda xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazm
-
lik bo‘lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga 
xizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytishi-
ni, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi bo‘lib
qolishini talab qiladi. Chingizxon o‘z elchilarining ish natija-
laridan mamnun bo‘ladi. Chunki Mahmud Yalavoch Xorazm 
davlati va uning podshosi to‘g‘risida Chingizxonga, mo‘g‘ullar 
to‘g‘risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlariga qaraganda
ham ko‘proq axborot to‘plab qaytgan edi.
Chingizxon Sulton Muhammadga o‘z 
minnatdorchiligini izhor etish va ikki
buyuk qo‘shni davlatlar o‘rtasida shart-
noma tuzish uchun 
1218-yil
ning o‘zidayoq Xorazmga juda kat-
ta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Karvon ko‘p miqdorda
oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz 
mo‘ynalari va boshqa har xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 
tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlardan tashkil topgan
edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri 
tomon borar edi. Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda 
ushlanib qoladi. Shaharning noibi 
G‘oirxon 
(Inolchiq) tomoni- 
dan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. 
Faqat bir tuyakashgina o‘limdan qutulib qoladi. U Chingizxon-
ning qarorgohiga zo‘rg‘a yetib borib, karvonning dahshatli qis-
matidan xabar beradi.
Chingizxon Xorazm ma’murlaridan hisoblangan O‘tror no-
ibining xiyonatkorona xatti-harakatidan nihoyatda g‘azablandi. 
Ammo g‘azabini bosib, 

Download 20,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish