Samarqand ixshidi
saroyida ajdodlar ruhi xotirasiga ibodat-
xona bino qilingan edi. Har yili unda o‘tkaziladigan xotira maro-
simida viloyat hukmdorlarining barchasi ishtirok etardi. Sug‘dda
aholi gavjum yashardi. Sug‘diylar dehqonchilik va bog‘dorchi-
lik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor edilar. Chorvachi-
likda Sug‘dning hisori qo‘ylari va tulporlari juda mashhur edi.
Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga
aylanadi.
718-yil
da hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan
dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir
qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar. Sug‘d tog‘laridan
oltin, jez, novshadil va tuz kovlab olinardi.
Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir
nechtasi
Toxaristonda
joylashgan edi.
Ular 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat edi. Balx shahri
Toxariston poytaxti bo‘lgan.
Toxariston avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligi tomonidan
bo‘ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi
Do'stlaringiz bilan baham: |