Genrix IV
bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g‘arbiy viloyatlar
hokimi
Mironshoh
faol qatnashdi. G‘arbiy eron, Iroq, Ozarbay-
jon, Armanistonni o‘z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh
Amir Temurning keksayib qolgan davrida G‘arbiy Yevropa
hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu davrda
u Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish
maqsadida nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdo-
garlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni
amalga oshirdi. Shu sababli G‘arbda Mironshoh tez orada
«ka-
tolik oqimining homiysi»
sifatida shuhrat qozondi.
Kastiliya (Ispaniya) qiroli
Genrix III
Sharq bilan juda qizi-
qib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |