1236–1240-yillar
da Rus davlati
zabt etilib,
Oltin O‘rda davlati
tashkil topadi.
1256-yil
da eron
batamom bosib olinib,
Xulakiylar davlati
vujudga keladi.
1258-
yil
da
Xuloku
abbosiylar sulolasiga
xotima beradi. Mo‘g‘ullar
Osiyo va Yevropaning katta qismida o‘z hukmronligini o‘rnata
olgan bo‘lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar.
Ulus xonlari ulug‘ xoqonga nomigagina bo‘ysunsalar-da, amalda
o‘z bilganlaricha ish yuritardilar.
XIII asrning 20-yillari
da Chig‘atoy ta-
sarrufiga berilgan Movarounnahr, Yet-
tisuv va Sharqiy Turkistonda
Chig‘atoy ulusi
tashkil top-
di. Chig‘atoyxonning ulusni boshqaradigan o‘rdasi elsuvi (Ili)
daryosi bo‘yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlari-
ni boshqarishda Chig‘atoy o‘ziga bo‘ysundirilgan xalqlarning
yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.
Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movaroun-
nahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan
xorazmlik savdogar
Do'stlaringiz bilan baham: |