Maqbara Mausoleum
Мавзолей
– qabr ustiga qurilgan yodgorlik
binosi, mavzoley. Marqad, turbat
deb ham yuritiladi. O‟rta Osiyodagi
majusiylar
(otashparastlar),
buddaviylar, nasroniylar qabrlariga
qurilgan
arxitektura
yodgorliklari
oddiy ko‟rinishga ega. Lekin islom
dini
ta‟sirida
vujudga
kelgan
maqbaralar
hashamatli,
murakkab
imoratlar sifatida taraqqiy etgan.
Islomda qabr ustiga yodgorlik qo‟yish,
unga sig‟inish man etilgan bo‟lsa
ham, IX asrdan boshlab maqbaralar
qurish odat tusini olgan.
Masjid Mosques
Мечет
(arabcha “sajada” – egilish, itoat etish,
sajda qilib yuzini yerga tegizish) –
“sajda qilinadigan, ibodat qilinadigan
joy” ma‟nosini bildiradi.
Mahallalardagi masjidlar shu yer
aholisi kundalik namoz o‟qish uchun,
jome‟ masjidlari esa kundalik namoz
bilan birga juma va hayit namozlari
uchun
mo‟ljallangan
va
ularga
shaharning markazidan eng yaxshi
joylar ajratib berilgan.