“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


ag‘darilishi. XXSR. Yosh buxoroliklar. Buxoro amirligining ag‘darilishi. BXSR



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

ag‘darilishi. XXSR. Yosh buxoroliklar. Buxoro amirligining ag‘darilishi. BXSR.
 
XX asr boshlarida Turkistonda uchta ma’muriy birlik: Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoni 
zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo’shib olingan 
Turkiston 
general-gubernatorligi
, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo’lgan, ammo, Rossiyaga qaram 
hisoblangan 
Buxoro amirligi
va 
Xiva Xonligi
mavjud edi. Hududining kattaligi va aholisining 
ko’pligi jihatidan Turkiston general-gubernatorligi eng yirik edi. O’lkadagi 5 mln.dan ko’proq 
aholi (o’zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar va turkmanlar) islom diniga e’tiqod qiluvchi 
musulmonlar edi. Rossiyadan ko’chirib keltirilgan rusiyzabon aholi o’lkadagi aholining 10/1 
qismidan ham kam edi. 
1917-yilga kelib Rossiya imperiyasi o’zinig so’nngi kunlarini boshidan kechirayotgan edi. 
Ma’lumki Possiya imperiyasi Antanta ittifoqi tarafida turib 1914-yildan Birinchi jahon urushiga 
kirgan edi. Urushdagi harbiy mag’lubiyatlar va xo’jalikdagi vayronagarchilik imperiyani tang 
ahvolga solib qo’ydi. Bu esa 1917-yilning 23-27-fevralida ro’y bergan pus burjua inqilobiga 
sabab bo’di.
23-fevralda Petrogradda stixiyali tarzda namoyishlar boshlanib, ularni tarqatish uchun 
yuborilgan hukumat askarlari ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib keta boshladilar. 27-fevralda 


qo’zg’olonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egallaydilar. Nikolay II (1894-
1917) taxtdan voz kechdi. Ko’p asrlik Romanovlar sulolasi hukmronligi ag’darildi. Natijada 
Rossiyada tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. 
Ularning birinchisi burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat, ikkinchisi Ishchi, askar, 
dehqon deputlari sovetlari edi. 
Agar burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib boshqaradigan organ 
sifatida faoliyat yuritib, asta - sekinlik bilan hokimiyat muruvvatlarini o’z qo’liga olib borgan 
bo’lsa, ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari esa hokimiyatni quyidan boshqarishda 
qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi - Petrograd Soveti huddi shu yo’nalishda faoliyat 
yuritdi. 
Podsho Rossiyasining mustamlakachilik asorati ta’sirida bo’lib kelgan Turkiston o’lkasi 
hayotida ham bu davrga kelib sezilarli tarixiy voqealar sodir bo’ldi. Podsho Rossiyasining 
mustamlakachilik boshqaruv organi - Turkiston General-gubernatorligi tugatildi. Uning o’rniga 
Muvaqqat hukumatning 1917-yil 7-apreldagi qaroriga binoan kadet N.N.Shchepkin raisligida 9 
kishidan 4 nafari tub yerli aholi iborat Rossiya Muvaqqat hukumatining 
Turkiston Qo’mitasi
tashkil etildi. Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham toptirilib, viloyat komissarlari 
instituti vujudga keltirildi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, 
mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari yetakchiligida 
o’lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputlari sovetlari tashkil topdi. Tez orada 
mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputlari sovetlari ham tuzila 
boshlandi. Muvaqqat hukumatning 1917-yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan 
Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi. 
Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg’uruvchi vatanparvar, hurriyatparvar kuchlar harakat 
qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun 
ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o’rin tutdi. 
Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o’stirish, hal qiluvchi kurashlarga yetaklab borish 
maqsadida o’lkaning ko’plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara 
boshladilar. Masalan, Toshkentda “Xurshid”, “Sadoi Turkiston”, “Turk eli”, “Najot”, 
“Kengash”, “Sho’roi islom”, Samarqandda “Oyna”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi 
sharif”, Qo’qonda “Sadoi Farg’ona”, “Tirik so’z” nomli matbuot nashrlari o’z sahifalarida 
markazdagi siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o’tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda, 
mahalliy aholi ommasini siyosiy-g’oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o’ynadi. 
Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917-yil aprelidan chiqarila boshlagan “Turon” 
gazetasining ilk sonida “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq 
maqsad-maslak: “Musulmonlar orasida ko’p yillardan buyon davom etgan umumga zo’rlik, 


bid’at odatlarni bitirmak, kelajakda bo’ladigan jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq” g’oyasi 
ilgari surilgan edi. 
Xuddi shuningdek, Munavvar Qorining o’sha yili “Najot” gazetasining 26-mart sonida 
bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur”, degan xitob ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli 
yo’lida jiddiy kurashga bel bog’laganliklaridan dalolat berardi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish