e-Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Rivojlantirish portfoliosi-
developmental (rivojlanishning xususiy kompetensiyasi).
Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment .
Namoyish portfolisi – showcase. Rivojlantirish portfolisi
(developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o‘ynaydi. Erishgan yutuqlar portfolisi (
assessment ) -
talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to‘g‘ri baholash uchun xizmat qiladi. Namoyish portfolisi (
showcase ) -
o‘quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o‘qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko‘rinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.