Miltiq puli – Qurol sotib olish uchun aholidan yig`iladigan jarima.
Arava oluv – Aholi aravalarini davlat ishlariga safarbar etish.
Uloq tutuv – Aholining ot va tuyalarini safarbar etish.
Qo`nalg`a – Elchilar va amaldorlarga ko`chib o`tish uchun joy berish.
So`ysun – Qo`nalg`a chog`ida amaldorlarni mehmon qilish uchun mol so`yish.
Chopar puli – Soliq yig`ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to`lash.
Tarozuyona –Tarozibonga to`lov haqqi.
Mirobona – Mirob uchun yig`im.
Darvozabon puli – Yukni o`tkazganlik uchun shahar darvozasi qorovuliga to`lanadigan haq.
Qo`riqbonga – O`rmon yoki yaylov nazoratchisiga to`lanadigan haq.
Mushrifona – Hosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga haq to`lash.
Afanak puli – Begar majburiyatini o`tash haqida xabar berganlik uchun to`lanadigan haq.
Chibik puli –Ommaviy ishlardan ozod etilgani uchun to`lanadigan haq.
Begar – Rasman 12 kunlik davlat majburiyati.
Qazu – Butun qishloq aholisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati.
Ichki va obxo`ra qazu – Har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati.
Hachi – Himoya dambalari qurish va ularni mustahkamlashda qatnashish majburiyati.
Otlanuv –Xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish.
SAVOLNOMA Kimlarning madadiga tayanib Qo`ng`irot qabilasining yo`lboshchisi Muhammad Amin inoqlik lavozimiga ko`tarilgan?
Muhammad Amin inoq kimlarga qarshi kurash olib borgan?
Turkmanlar qaysi shaharlar aholisini xonavayron qildilar?
Muhammad Amin inoq dastlab kimni qo`g`irchoq xon sifatida taxtga o`tqazdi?
Kimning madadiga tayanib, Muhammad Amin inoq mamlakatda nisbiy osoyishtalik o`rnatdi?
Qaysi hukmdor davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi?
Avaz Muhammad inoqning hukmronlik yillari - …
Inoqlar huzuridagi maxsus kengashga kimlar kirgan?
Qachon Qo`ng`irot sulolasi Xiva xonligida hokimiyatni rasman egalladi?
Qayerga qilgan yurish chog`ida Eltuzarxon halok bo`ldi?
Qachon Marv Xiva xonligiga qo`shib olindi?
1813-yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning qaysi qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan oldi?
Qachon yangi Marv shahri barpo etildi?
Qaysi xon davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirilib, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta`minlandi?
Ollohqulixonning hukmronlik qilgan davri - …
Ollohqulixon Xurosonga necha marta yurish qildi?
Muhammad Aминxon hukmronlik davrini aniqlang.
Muhammad Aминxon qaysi shaharga 10 marta yurish qildi?
Navkar bu - …
Qachon Xiva xonligida Qo`ng`irotlar sulolasi hukmronligi o`rnatildi?
Rossiyaning qanday hatti-harakatlari Xiva hukmron doiralariga yoqmadi?
Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga uringan xon kim?
Qaysi voqealar Rossiya hukmron doiralarini Xiva hokimi bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga undadi?
Rossiya Xiva xonлигиiga qanday талабlarni qo`ydi?
1839-yilda V. Perovskiy qancha kuch bilan Xivaga qarshi yurish boshladi?
Nega V. Perovskiy yarim yo`ldan orqaga qaytishga majbur bo`ldi?
Jeyms Ebbotning Xivaga tashrifi qanday yakunlandi?
“Majburiyatlar akti”ga ko`ra, rus savdogarlaridan Xiva xonligida qancha boj olish nazarda tutilgan edi?
Xiva xonligining jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolishiga nima sabab bo`ldi?
Xiva xonligining siyosiy tuzumi - …
Xiva xonligidagi 2 ta noiblik nomlari - …
Xiva xonligida qaysi xon davrida nufuzli amaldorlardan devon tuzildi?
Devonda xondan keyingi o`rinda kim turgan?
Mehtar nima ish bilan shug`ullangan?
Xonlik fuqarolari bo`lgan qozoqlar va qoraqalpoqlarni kimlar boshqargan?
Xiva xonligida adra deb nimaga aytilgan?
Xiva xonligida amaladorlarning yerlari қанчани tashkil etgan.
Xiva xonligida ijara yerlarning hajmi қанча bo`lgan
Xiva xonligida bir yo`la to`lanadigansoliq nima deb atalgan?
Arava oluv – bu …
Uloq tutu – bu …
Qo`nalg`a – bu …
So`ysun – bu …
Darvozabon puli – bu …
Mushrifona – bu …
Afanak puli – bu …
Begar deb nomlangan mehnat majburiyati necha kun bo`lgan?
Xiva xonligida yana qanday majburiyatlar bo`lgan?
Xachi – bu …
Otlanuv – bu …
Xiva shahrida qayta tiklash ishlari qachon tugallandi?
1765-yilda qanday madrasalar bunyod etildi?
Ollohquliхон madrasasi qurilishi qachon tugallandi?
Dishanqal`a – bu …
Dishanqal`aning atrofini devor bilan o`rash qachon tugallandi va unga kim rahbarlik qilgan?
Arab Muhammadxon va Musa To`ra madrasalari qayerda bunyod etilgan?
XIX asrda Ichanqal`ada qurilgan saroy - …
Kalta Minor minorasini kim qurdirdi?
XIX asrning 30-40 yillarida Xivada қайси ҳунар yetakchi hunarlar qatorida tilga olinadi.
Xivaning bosh taqinchog`i - …
Xiva zargarlari yasagan bilaguzuklarning o`girligi qancha bo`lgan?
XIX asr o`rtalarida shuhrat qozongan o`ymakori eshik va ustunlar ustasi - …
Munisning “Firdavs ul-iqbol” asari qaysi davr tarixini yoritadi?
“Dili g`aroyib” nomli asar muallifi kim?
Yusufbек Бayoniy o`zining Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarini kimning topshirig`i bilan yozgan?
Xiva xoni amakisining ko`zini davolgan va esdaliklar yozib qoldirgan oftolmolog (ko`z shifokori) - …
1842-yilda Xiva xonligi va Rossiya o`rtasida “Majburiyatlar akti”ni imzolashga erishgan elchi kim?
V. Ignatyev qachon Xiva va Buxoroga elchi etib yuborilgan?
O`z esdaliklarida Xiva xonligi haqida ma`lumotlar yozib qoldirgan elchi va sayyohlarni aniqlang.