3.Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va sport.
Mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari
partiyaviylik, sinifiylik yondashuvlaridan, xukmron komunistik mafkuraga
xizmatkor bo’lishdan holos etildi. Necha 10 yillar davomida bo’zib
ko’rsatilgan yoki bilmay kelgan tarixiy voqealarni holislik, tarixiylik,
xaqqoniylik tamoyillari asosida tadqiq qilishga kirishildi va dastlabki ilmiy-
tarixiy asarlar yaratildi.
SHuni yurtboshimiz ta’kidlagandek "Tarix xotirasi, xalqning, jonojon
o’lkaning, davlatimiz xududining holis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy
o’zligi anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va ustirish jarayonida
muhim o’rin tutadi. O’zbek olimlarini kuch-g’ayratlari bilan tariximizning
qo’ldan-qo’l sahifalari, eng avvolo temuriylar davri, Buxoro va Xiva
shaharlarini 2100 yillik yubileylari munosabati bilan bir necha ming yillik
tarix XIX-asr ohiri XX-asr boshlari tarixi shunday kashf etildi.
Vatanimiz tarixida xali o’rganilmagan dolzarb muommolar ko’p.
O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohalarini
250
holisona ilmiy asosida yoritish vazifalari prezident I.Karimovning bir gurux
tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo’lgan suxbatida, Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi
fanlar akademiyasi tarix inistituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi
qarorida belgilab berildi.
Ma’naviy xayotdagi eng muhim voqealardan biri 1998 yil 23 aprelda
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining farmoni bilan "Respublika Ma’naviyat
va Ma’rifat" jamoatchilik markazi tashkil etilishi bo’ldi. Ma’naviyat va
Ma’rifat jamoat markazining viloyat, shahar va tuman bo’limlari faoliyat
ko’rsatmoqda, taboro ko’proq mahallalar, mehnat jamoalari, o’quv yurtlari,
shahar va qishloqlarning aholisini ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb etmoqda,
aholi o’rtasidaaql-zakovat, ilm, ziyo, ma’rifatni tarqatmoqda.
Markaz qoshida "Oltin me’ros" xalqaro jamg’armasi, "Ma’naviyat"
nashriyoti tashkil qilingan. "Tafakkur" jurnali aholi orasida keng tarqalmoqda,
xalqning milliy uyg’onishida, yoshlarni tarbiyalashda muhim rol’ uynamoqda.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmishidagi asosiy
ahamiyati va o’rni tiklandi. 1995 yil 21 dekabrda Respublika Oliy Majlisi
yangi taxrirdagi "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qildi. Qonunda o’zbek tili
o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanishi va
muxofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda
Oliy Davlat hokimligi, mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati
korxona, muasasalar va tashkilotlarning hisob-kitob statistika va moliya ishlari
o’zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriyat xududiy birliklari,
maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl
berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. SHuningdek, O’zbekistonda istiqomat
qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z fo’rniga qo’yildi.
1993
yil
sentiyabrda
O’zbekiston
Respublikasining
"Lotin
yozuvigaasoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida" qonun qabul
qilindi. 1995 yil may oyida ushbu qono’nga qo’shimcha va o’zgarishlar
kiritildi. Bu qonunlar o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeining yanada
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuvigaasoslangan o’zbek
alifbosini to’la joriy etilishi 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amur Temir to’ziklari, Farobiy,
Navoiy kabi allomalarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-muloxazalari
mustaqillik davrida demokratik xuquqiy davlat qurilishida katta madad
ma’naviy poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida dinning eng avvalo islom dining ham milliy ham
umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi. Qadim zamonlardayoq
yurtimizda din erkinligi mavjud bo’lgan otashparastlar budiylar, moniylar,
musulmonlar va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik,
erkinlik g’oyalarigaamal qilingan. Buyuk ipak yo’lida joylashgan shaharlarda
hamma dindagilarni ibodatxonalari mavjud bo’lgan.
251
Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko’pginaafzalliklarga ega bo’lgan islom
dinidir. Buyuk vatandoshlarimiz Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy islom dini
ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba xisoblanuvchi "Saxiyx al-
Buxoriy" nomli asar yaratib islom tarixida misli ko’rilmagan ilmiy manbaa
yaratdi. Imom-at-Termiziy, Boxovudin Naqshbandiy, Xoja Ahmad Yassaviylar
insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, ahloqiy va xuquqiy xikmatlarni
yaratdilar. Mustaqillik sharofati tufayli ana shu allomalarimizning nomi
tiklandi, xalqimiz ularning ma’naviy me’rosidan bahramand bo’ldi.
Boxovudin Naqshband tavalludining 675 yilligini nishonlanishi, uning
nomi bilan bog’liq masjid majmuasining tiklanishi fikrimizning dalilidir.
Navro’z bayrami, Ro’za va Qurbon xayitlarining tiklanishi faqat dindorlar
uchun emas, bu bayramlarning tiklanishi aslida xalqimizning qadimiy rasm-
rusm, an’ana va udumlarimizning, kadriyatlarimizni tiklanishi, ajdodlar ruhini
qayta uyg’onishidir.
Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshida din ishlari bo’yicha maxsus
ko’mita to’zildi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida "Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar haqida" qonunida davlatning din va dindorlar vakillariga
munosabati o’zining aniq ifodasini topgan.
Mustaqillika erishgandan so’ng, dinga, shu jumladan islom diniga
munosabat tubdan o’zgardi. Bu o’zgarishlarni moxiyati yurtboshimiz
I.Karimovni quyidagi so’zlarida o’z ifodasini topgan: "Islom dini ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida
ma’naviyatda, boy me’rosi va o’zligini saqlab qolgan".
Mustaqillik tufayli Ramozon va Qurbon xayiti kunlari bayram va dam
olish kunlari deb e’lon qilindi. Sho’rolar davrida har yili boryo’g’i 15-20 ta
kishiga haj safariga borishga ruxsat berilgan bo’lsa, 1991 yildan boshlab har
yili 3-3,5 ming o’zbekistonlik fuqarolar ana shu muqaddas ziyoratni amalga
oshirmoqdalar, minglab fuqarolar Umra safariga, ya’ni Makka Madinaga
xayit’dan boshqa kunlarda bormoqda. Keyingi yillarda respublikamizda 30 000
dan oshiq fuqaro xaj va umra safarida bo’ldilar.
Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, 100 ming nusxada nashr
etildi. O’nlab va yuzlab diniy mavzudagi kitoblar chop etildi, ro’znoma va
oynomalarda, radio va televideniya orqali islom tarixi, madaniyati, axloqi,
buyuk muxaddislar, mufasrlar, fakixlar, mutasavvuflarga bag’ishlangan
ma’lumotlar e’lon qilinmoqda, islom tarixiga oid ko’p qismli fil’mlar
ko’rsatilmoqda.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab milliy
mafkura, O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol g’oyasini yaratish dolzarb
vazifa bo’lib kelmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning o’zgalarga tobe
bo’lmay, erkin va ozod yashash, o’zini-o’zi idora etishga qaratilgan, uning
istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, g’oyalari majmuyi, jamiyat
taraqqiyotining muhim omillaridan biri.
252
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan yuksak
marralarga yetish jarayonida, ya’ni ozod, erkin va farovon hayot qurish, eng
rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish, mustahkam suyanch va tayanch
bo’ladigan barkamol yosh avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish va ularga
sharoitlar yaratish borasida katta zalvorli islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ertangi kunimiz, degan edi Birinchi Prezident Islom Karimov, - hayotimizning
farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlar va
xalqlardan kam bo’lmaslik, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning
amalga oshirilishi, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas bog’liqdir.
1997 yil 29 avgust Oliy Majlisni IX sessiyasida O’zbekiston
Respublikasining "Ta’lim tugrisida"gi Qonun i va "Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi" qabul kilindi.Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida mamlakatimizda
ta’lim isloxati o’tkazilishidan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limni vazifalari
dasto’rin i ro’yobga chiqarish boskichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli
asoslab berildi. Mazkur dasto’rning asosiy maqsadi ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qoralashlardan va sarqitlardan
to’la holos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy
va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy
tizimini yaratishdir.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatdaamalga oshirilayotgan
yangilanishi rivojlangan demokratik xuquqiy davlat kurilishi jarayonlaiga
moslash.
Milliy Dasturda ta’lim isloxatlari uch boskichda o’tkazilishi ko’zda
tutiladi:
1-bosqich 1997-2001 yillar.
2-bosqich 2001-2005 yillar.
3-bosqich 2005 yildan keyingi yillar.O’zbekiston davlatining buyuk
kelajagi hozirgi kunda, asosan, maktablarda, oliy va o’rta maxsus o’quv
yurtlarida ta’lim va tarbiya olayotgan iste’dodli ijodkor va tashabbuskor
yoshlarga bog’liq. Chunki bu yoshlar mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati va
ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan, kelajagimiz poydevorini yaratadigan
yoshlardir. Xalqimiz hayotimizni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yangilanish
dasturini bajarishda yoshlarning imkoniyatlariga umid bilan qaramoqda.
Negaki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon
qilganmiz. Komil inson deganda biz avvalo, ongi mustaqil fikrlaydigan, xulq-
atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz.
Ongli, bilimli insonning doimo jamiyat, yurt, xalqga foydasi tegadi, boshqalarga
ortiqcha yuk bo’lmaydi, hamma yutuqlarga o’z mehnati vaaqli bilan erishadi.
O’z fikr o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi
47
.
47
I.A.Karimov. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. –Toshkent: O’zbekiston,
1999. 134-bet.
253
Barkamol avlod va yangi avlod kadrlari uyg’un tushuncha bo’lib, bunda
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, hozirgi zamon ilm fan
yutuqlari asosidagi yangi milliy ta’lim standartlari bo’yicha ilm olgan,
izlanuvchan, mehnatkash kadrlar tushuniladi.
So’nggi paytlarda O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi eng muhim
sifat ko’rsatkichlaridan biri bolalarga xorijiy tillarni o’rgatishgaalohida e’tibor
qaratilgani bo’ldi. Jumladan, ingliz tilini o’rganish bog’chadan boshlab, barcha
ta’lim turlari bosqichlarida o’qitilishi joriy etilgan. Bu esa, yoshlarimizga
dunyodagi davlatlar tarixini, madaniyatini, ilm-fan yutuqlarini chuqur bilishiga
zamin yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga kirish
yo’lida tashlagan muhim qadamlaridan ham biridir. Birinchi Prezident Islom
Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o’rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
48
uzluksiz
ta’lim-tarbiya tizimiga, mamlakatimiz umumta’lim, kasb-hunar, akademik
litsey, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Qarorda
chet tillarni o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan yuksak
ma’rifatli, zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, O’zbekistonning
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimni yanada
kuchaytirish nazarda tutilgan.
Shuni e’tiborga olib, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda xorijiy
davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining Toshkent shahrida 6 ta
filiallari ochildi. Xalqaro Vestminster universiteti, M.Lomonosov nomidagi
Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Singapur
menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya davlat
iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining
filialllarida talabalar jahon ta’lim standlartlari bo’yicha ta’lim olayotganligi
e’tiborga molikdir. Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi,
axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy
menejment, tijorat huquqi, kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan
mutaxassislar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va bularning
bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda
49
.
SHuningdek, ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg’armasi,
Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JIGA xalqaro
tashkiloti, Koreyaning KOICO agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-
TEM’US ochiq jamiyati instituti, AQSH, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Xitoy
va boshqa daqvlatlar oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorlik tobora kengayib
bormoqda
50
.
48
O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o’rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 12 dekabrь, № 99
(8540).
49
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk
kelajagimizning garovidir” O’quv qo’llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2012. 103-bet.
50
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mustaqillik-barcha ezgu reja va
marralarimizning mustahkam mezonidir”. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2013. 107-bet.
254
Har yili ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh qilishga yalpi ichki
mahsulotning 10-12 foizi, davlat byudjeti xarajatlarining 35 foizdan ortig’ini
tashkil etmoqda. Mamalakatimizda savodxonlik darajasi jahonda eng
yuqorilaridan biri bo’lib, bu boradagi ko’rsatkich 99,2 foizni tashkil etmoqda
51
.
Zero, “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” degan ulug’vor g’oya bugungi
kunda tobora hayotda o’z aksini topib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri
– “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi
bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat
orasida 53-o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim
maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi
o’rinni egallagani bejiz emas
52
.
Mustaqillik bergan imkoniyatlar tufayli yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lib,
hayotga kirmoqda. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar kundan-kunga
rivojlanmoqda va hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo’yicha va
ta’lim sohasidagi barcha sa’y-harakatlarimizning dastlabki quvonchli mevasi
sifatida bir necha xorijiy tillarda erkin gaplasha oladigan va shu bilan birga, o’z
fikrini ona tilida ravon, go’zal, aniq, lo’nda ifoda eta oladigan yangi
mutaxassislar avlodini qo’rganda, hech shubhasiz har bir ezgu niyatli insonning
qalbida g’urur va iftixor tuyg’ulari to’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |