223
joyiga qo’yishda yangicha yondashuv va mezonlarni ilgari surishi, rahbar
kadrlarning xalqqa munosabatini o’zgartirish talabini qo’yishi bilan bog’liq
fikrlar rahbar kadrlar mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari:
Vaziyatga holis baho berish;
Marrani baland olib faoliyat yuritish;
Milliy taraqqiyot yo’lida barcha sog’lom kuchlarni birlashtirish;
Odamlarning bugungi va ertangi kunga
ishonchini mustahkamlash;
So’z va ish birligi;
Xonanishinlik, kabinetdan chiqmay ish yuritish printsipining inkor
etilishi;
Islom Karimov respublika rahbari bo’lib ish boshlagan birinchi
kunlaridanoq inson manfaatlarini, xalqimiz manfaatlarini eng asosiy ustuvor
masala sifatida kun tartibiga qo’ydi. Buni Yurtboshimiz 1989 yil 24 iyunda
Ministrlar sovetida bo’lib o’tgan yig’ilishdagi nutqi yaqqol tasdiqlaydi.
Ushbu
nutqning asosiy qismi butun yurtimiz, jumladan, Farg’ona vodiysida
yashayotgan aholining o’tkir muammolarini xal qilish, xususan, odamlarni ish
bilan, qo’shimcha daromad manbalari bilan ta’minlash,
mahalliy muhandis-
texnik kadrlar, ishchilarni tayyorlash, yoshlarga e’tibor, ijtimoiy sohadagi
adolatsizliklarga barham berish masalalariga bag’ishlangan edi. Ijro
intizomining talab etilishi kabi Islom Karimovga xos xislatlarni yangi avlod
rahbar kadrlarida qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”kitobida mamlakatimizda
istiqlolga erishish, xalqimizning qonuniy manfaatlari
va erkinliklarini
ta’minlash borasidagi ichki siyosatga daxldor eng ustuvor masalalar
Vatanimizning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi, tenglar ichida
teng bo’lishini ta’minlashdek tashqi siyosatga oid ulug’vor vazifa bilan
birgalikda olib borilganini ko’ramiz. Bu o’z navbatida Islom Karimovning
zamonaviy O’zbekiston davlatchiligini tiklash va
rivojlantirishning barcha
masalalarining kontseptsiyasini kompleks tarzda ishlab chiqqani va bir butun
holda, o’zaro uzviy bog’liqlikda amalga oshirgani, uning naqadar uzoqni
ko’zlab ish tutadigan siyosatchi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ya’ni, davlat,
mamlakat yaxlit bo’lgani, uning o’z oldiga qo’ygan umumiy strategiyaga – ana
shu davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash
strategiyasiga buysundiriladi. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
kitobidan o’rin olgan barcha chiqishlar, noyob hujjatlar
misolida bu haqiqatga
to’la ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Haqiqatan ham, Islom Karimov O’zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan
birinchi kunlardanoq, qanchalik og’ir va murakkab bo’lmasin, ichki va tashqi
siyosat masalalarini bir nuqtadan – faqat va faqat respublikamiz manfaatlaridan
turib hal etish bo’yicha keng ko’lamli faoliyat olib boradi
Rossiyaning “Известия”, “Комсомольская правда”, “Рабочая Трибуна”,
Germaniyaning “Di TSayt”, Hindistonning “Tayms of India” singari jahondagi
224
nufuzli nashrlarga bergan intervyulari, respublika va Ittifoq miqyosidagi katta
yig’ilishlardagi chiqishlarida, ayniqsa O’zbekiston Oliy Kengashining 1992 yil
4 yanvardagi navbatdan tashqari to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida
yurtimizning ichki hayotidagi o’zgarishlar, real vaziyat mustaqil tashqi siyosat
yuritishni taqozo etayotganini asoslab beradi. Muallifning
fikricha mustaqil
tashqi siyosat – mustaqil milliy davlatchilikning eng muhim ustuvor atributi va
shartidir. Shuni aytish kerakki, O’zbekistonning ichki siyosati qanchalik chuqur
o’ylangan bo’lsa, uning tashqi siyosati ham aynan ana shu tamoyillarga
asoslangan holda ishlab chiqilgani va amalga oshirilgani mazkur kitob
sahifalarida atroflicha yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: