2. Chorizmning Turkistonda siyosiy, iqtisodiy hukmronligini amalga
oshirish sohasidagi tadbirlari. Turkistonni xom-ashyo makoni va sanoat
mollari bozoriga aylantirilish
Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867 -
yilda «Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi haqida Nizom» loyihasini tuzdilar, u
Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amaliy kuchga kirdi. O’lkada mutloq
4
Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug’at. A.Jalolov va Q.Xonnazarov umumiy tahririda, ikkinchi nashri. T.:
Sharq, 2000. - B. 281.
5
Karimov I.A. Yuksak ma’naviya yengilmas kuch. T.: Ma’naviya, 2008 -B. 52.
14
hokimiyat general-gubernato qo’lida to’plandi. General-gubernatorlik Kengashi va
4 bo’limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat,
ikkinchisi moliyaviy-xo’jalik, uchinchisi soliq va shahar mablag’lari ishlarini
boshqargan. To’rtinchisi maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir
vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qo’shinlari qumondoni, bosh mirshab, bosh
prokuror bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali,
Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi boshlig’i orqali nazorat qilgan. Sankt-Peterburg
oliy harbiy siyosiy doiralari hohishi bilan tashkil etilgan boshqaruv tizima ko’ra
Turkiston o’lkasi viloyatlarga, viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga,
volostlar uchastkaldarga, uchastkalar esa oqsolliklarga bo’lingan. Joriy etilgan
qoidalarga binoan viloyat, uyezd volostlar uchastkalarni rus zobitlari boshqarishi,
oqsoqolliklarni esa rus ma’muriyatiga boysunuvchi mahalliy xalq vakillari
boshqarilish belgilangan. Rasman «Haryuiy halq boshqaruv» deb, nomlangan
ushbu boshqaruv tizimida butun hokimiyat to’laligicha mustabid harbiylar qo’lida
edi.
Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining
ma’muriy markazi etib tanlashdi. Bosqichlar Toshkentning sharqiy qismidan joy
tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko’chirib, Rossiyadan kelganlar
yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar ko’rdirdilar. Shaharning bu qismi yangi
shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan. Toshkent shahrini Nizomi ishlab
chiqildi va 1877 - yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach, kuchga kirdi. Nizomga
ko’ra Toshkent shahar dumasi va boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent
shahar Dumasi noiblarining uchdan ikki qismi yangi shahardan uchdan bir qismini
esa eski shahar aholisidan saylangan.
Toshkent shahar Dumasi sa’iy harakati tufayli 1892 - yilda shaharda telefon
aloqasi yo’lga qo’yildi, 1912 - yilda elektr toki bilan yuruvchi tramvay yo’li barpo
etildi. Ushbu ishlarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish
mumkin.
1886 - yildagi Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi yangi Nizom
loyihasiga qadar Chor Rossiyasi ma’muriyati Turkistondagi agrar sohani tartibga
keltiruvchi aniq huquqiy-me’yoriy hujjat qabul qilmagan. 1886 - yildagi yangi
nizom loyihasiga ko’ra Turkistondagi barcha tabiiy boyliklar jumladan yer-suv
davlat mulki ya’ni Rossiya mulki deb e’lon qilindi. Vaqf mulkini ham davlat
ixtiyoriga olinishi masjid, madrasalarni qarovsiz holatga kelishiga olib keldi.
Ushbu hujjat Turkistonda asrlar davomida shariat asosida tartibga solingan yer-
suvni taqsimlanishni bekor qildi. Turkistonda yer-suvdan foydalanish Chor
Rossiya bosqinidan ancha oldin shariat qonunlariga binoan adolatli hal
etilganligini, ushbu holat mehnatkashlar o’rtasida tinch totuvlikni ta’minlab
turganligini Turkistonda yer-suv munosabatlarini o’rganib chiqqan senator
K.K.Palen ham e’tirof etgan
6
. 1886 - yildagi Turkiston o’lkasini boshqarish
to’g’risidagi yangi nizimoda Turkistonga rus aholisini ko’chirishni kuchaytirish
6
Ergashev B. Turkistonda irrigasiya ishlarining o’rganilishi va manbashunosligi (Turkiston general-gubernatorligi
mahkamasi hujjatlari asosida). SamDU axborotnomasi, 2004 - yil, 2-son. -B. 23.
15
to’g’risida alohida modda kiritilgan bo’lib, Chor Rossiyasi Turkistonda rus aholisi
nufuzini oshirib borishga jiddiy kirishganligini ko’rsatadi. Yangi Nizomga
muvofiq ko’chirib keltirilgan oila 20 desyatinadan 40 desyatinagacha yer olish
mumkin edi. Bu esa Turkiston mustamlakaga aylantirilgan dastlabki - yillarda
Rossiyada ko’chirib keltirilganlar uchun ajratilgan yer maydonidan ancha ko’p
edi
7
. Umuman, 1886 - yildagi Yangi Nizom loyihasini qabul qilishdan asosiy
maqsad yerli aholi zodagonlarini ziaflashtirish, Turkistonda rus aholisi nufuzini
oshirish va mustamlakachilarni kuchaytirishdan iborat edi.
Mustamlakachilar o’lkada, xususan, Farg’ona viloyatida paxta plantasiyalari
tashkil etdi, sug’oriladigan ekin maydonlarini kengaytirdi. 1886-1916 - yillarda
paxta ekiladigan yer maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tanobga ko’paydi.
Hosildorlikni oshirish maqsadida 1884-yilda tajriba-urug’chilik stansiyasi ochildi.
Tolasi sifatli urug’chilik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor
«Amerika» navini ekish keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari - yildan- yilga
qisqarib bordi. Qishloq xo’jaligida pilla yetishtirish ko’paytirildi, qand lavlagi,
kartoshka, qaram ekindari o’zlashtirildi. Vinochilik, asalarichilik paydo bo’ldi.
1867-1896 - yillarda Rossiya imperiyasi xazinasiga 150 million so’m sof daromad
tushdi.
Rossiyalik sarmoyadorlar o’lkada paxta tozalasha yog’ va spirt ishlab
chiqarish pivo, tamaki, un, qand, sovun, g’ishit, qun mis eritish, jun yuvish, ohak
qizdirish zavodlari va oziq-ovqat korxonalari qurib, undan mo’may daromad
olishni yo’lga qo’ydilar. 1908 - yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat
kursatgan bo’lsa 1917 - yilda ularning soni Buxoro amirligi Xiva xonligi
kurayotgan korxonalarni xam qushib xisoblaganda 1200 taga yetgan. Bu jarayon
axolini tabaqalanishiga tasir kilib, umumiy burjuaziya sinfi vujudga keldi.Ammo
umumiy burjuaziya tarkibi asosan vositachilik bilan shug’ullanadigan
savdogarlardan iborat edi. 1914- - yilgi malumotlarga ko’ra o’lkada 49,5 ming
ishchi bulib, ulardan 25,5 minggi sanoatda, 24 ming temir yul va unga xizmat
kiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Maxalliy millatga mansub ishchilarga rossiyalik
ishchilarga nisbatdan 2,5-3,5 barobar kam ish xaki to’langan.
Turkiston general- gubernatoriligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligida
mustamlakachilik siyosati xukm surib, maxsulotlar sotiladigan bozorlarga
aylantirilgan edi. B. Kosimovning etirof etishicha: «XX asrda Turkistonda ham
Rossiyada bo’lgani kabi yirik siyosiy hodisalar bilan boshlandi. 1900- yillardan
iqtisodiy buhronga kirgan Rossiyada Yaponiya bilan urushdagi (1904-1905)
muvaffaqiyatsizlikdan so’ng tanazzul yanada chuqurlashdi. Natijada mustamlaka
xalqlarni ezish avj oldi. Turkiston xalqlarining moddiy ahvoli yanada og’irlashdi.
Yangi qurib bitkazilgan Krasnovodsk (1898) va Orenburg (1905) temir yo’li
o’lkani har ikki tomondan siqib qo’ydi. Turkistonning adoqsiz tabiiy boyliklari
ortilgan keti uzulmas vagonlar Rossiyaning markaziga oqar edi. Xususan, paxtaga
7
G’afforov Sh.Tarix va taqdir: Rossiya imperiyasidan ko’chirib keltirilganlar. T.: Fan, 2006.- B 76.
16
zo’r berildi. Qorakul, ipak, qo’ruq meva ham chetda qolmadi. Rossiya Turkistonni
asosiy xom ashyo manbayiga aylantirdi»
8
.
Turkiston Rossiyaning jaxon bozorida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan
bozorga aylantirildi. 1895- - yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan
6 million so’mdan ortiqroq so’mmada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama,
yog’och, choy, oziq- ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo’lsa, 1914-yilda
sotilgan sanog’i 243 million so’mdan oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlarni 40 foizni
o’lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to’qimachilik korxonalarida to’qilgan
gazlamalar tashkil etar edi. Rossiya savdo-sanoatchilari yetakchilari Turkistonda
sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan xom ashyo sotib olishdan ham
katta daromad olar edilar.
Shunday qilib, Turkiston nafaqat Rossiya davlatining, shuningdek, rossiyalik
savdo-sanoatchilar manfaatiga hizmat qiladigan o’lkaga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |