O’zbekiston tarixi fanidan 2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari25-variant
1. Spitamen qanday halok bo`lgan?
A) Ko`chmanchi qabila boshliqlari tomonidan xoinlarcha oldirilgan
B) Oksiart uni tutib bergan, Iskandar qatl ettirgan
C) Iskandar qo'shinlari qurshoviga tushib, jang paytida halok bo'lgan
D) Hisor tog’idagi qal'ada Xoriyen tomonidan boshi olingan
2. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlarida qatnash-gan tarixchini aniqlang.
A) Ksenofont B) Ktesiy
C) Aristotel D) Aristobul
3. Aleksandr Makedonskiy Hindistonga yurishidan oldin O’rta Osiyoga yurish qildi. Bundan maqsad nima edi?
ustozi Arastuning maslahati
Bessning Sug’diypnaga qochganligi
qo’shin orqasini xavfsizlantirish maqsadida
Sug’diyonada qo’zg’olon ko’tarilishi
4. Spitamen bilan Iskandarning 3000 kishilik qo’shini o’rtasidagi jang qaysi daryo bo’yida bo’lgan edi?
A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Qoradaryo D) Zarafshon
5. Spitamen boshliq Aleksandr Makedonskiyga qarshi qo’zg’olon yengilishining asosiy sababi nima edi?
kuchlarning teng emasligi
mahalliy qabila boshliqlarining xoinligi
Iskandarning jangda “falanga”uslubini qo’llashi
Spitamen qo’shinlari bir qismining jangdan bosh tortishi
6. Makedoniyalik Aleksandrga O’rta Osiyoda bo’ysunmagan hududlarni aniqlang.
1) Toshkent 2) Bekobod 3) Farg’ona 4) Xorazm 5) Xo’jand 6) Marg’iyona
A) 1, 2, 6B) 1, 3, 4
C) 3, 4, 6 D) 1, 4, 5
7. Makedoniyalik Aleksandrdan mag’lubiyatga uchragan fors shohi?
A) Kir II B) DoroI
C) Doro III D) Kserks
8. Aleksandr qachon Makedoniya podshosi bo’lgan?
A) M.avv.338 yil
B) M.avv. 336 yil
C) M.avv 334yil
D) M.avv.323yil
9. Amudaryo yunon mualliflari asarlarida qanday nomlangan?
A) Oks B) Politimet
C) Yaksart D) Jayxun
10. Qachondan boshlab yunon – makedoniya askarlari Baqtriya va So’g’diyonayoshlari hisobiga to’ldiriladi?
A) Mil.avv. 324 yil
B) Mil.avv. 325 yil
C) Mil.avv 327yil
D) Mil.avv.328yilda
11. Qayerga yurishi vaqtida Iskandar qo`shinni uch qismga bo`lib tinch aholini qirib tashladi?
A) Parfiyaga B) Marg`iyonaga
C) Baqtriyaga D) Sug`diyonaga
12. Nima sababdan Chingizxon bosqini arafasida Xorazmshoh kengashda o‘z qo‘shinlarini alohida-alohida joylashtirishga qaror qiladi?
chunki, qo‘shinlar bir joyga yig‘ilsa, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash qiyinlashar edi.
chunki, Chingizxon Xorazm davlatiga turli tomonlardan bir vaqtda hujum qilgan.
chunki Xorazmshoh bir joyga to‘plangan qo‘shin isyon ko‘tarib, uni taxtdan ag‘darib tashlashidan qo‘rqqan.
Xorazmshoh qo‘shinlari son jihatdan kam edi va shu orqali mo‘g‘ullarda qo‘shin ko‘p degan taassurot qoldirishni ko‘zlagan.
13. O‘tror yaqinida Chingizxon o‘z qo‘shinini 4 qismga bo‘ld i va ularning har biriga alohida vazifa tayinlaydi. Ikinchi qismga boshchilik qilgan Jo‘ji qayerlarni bosib olishi kerak edi?
A) Sig‘noq, O‘zgand, Yand va Yangikent shaharlarini
B) Binokat va Xo‘jandni
C) O‘trorni D) Buxoroni
14. Banokat va Xo‘jand shaharlarini bosib olishni Chingizxon kimga topshirgan edi?
A) O‘qtoy va Chig‘atoyga
B) Aloqno‘yon va SukatuCho‘rbiyga
C) Tuluga D) Jo‘jiga
15. O‘trorda G‘oyirxonning qancha suvoriy – askari bor edi?
A) 10 ming B) 15 ming C) 20 ming D) 50 ming
16. Mo‘g‘ullar qamali arafasida O‘trorga yordamga kelgan 10 minglik qo‘shinga kim qo‘mondonlik qilgan?
A) Qutlug‘xon B) Qoracha Hojib C) Inolchiq D) Sayfuddin Arquq
17. Mo‘g‘ullar qamali arafasida O‘trorda hammasi bo‘lib qancha qo‘shin yig‘ilgan edi?
A) 50 ming B) 30 ming C) 80 ming D) 90 ming
18. O‘tror qamali arafasida shaharga Xorazmshoh tomonidan 50 minglik “Lashkari Berun” deb atalgan qo‘shin yuborilgani haqida qaysi tarixchi ma’lumot bergan?
A) Juzjoniy B) Juvayniy
C) Bayhaqiy D) Ibn Havqal
19. O‘tror mo‘g‘ullar tomonidan qancha vaqt qamal qilinadi?
A) 3 oy B) 4 oy
C) 5 oy D) 7 oy
20. Quyidagi qaysi shahar Chingizxon amri bilan yoqib yuborilgan?
A) O‘tror B) Buxoro
C) Toshkent D) Samarqand
21. Buxoro oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat so‘rab borgan shaxsni aniqlang.
A) Hamid Pura
B) Badriddin Amid
C) Bahouddin Roziy
D) Badriddin Qozixon
22. Mo‘g‘ullar bosqini davrida buzib tashlangan Samarqandning bosh suv inshooti nima deb atalgan?
A) Xonbandi
B) Sultonband
C) Qo‘rg‘oshin novi
D) Darg‘om