O’zbekiston tarixi fanidan
2022-yil bitiruvchilari uchun test savollari 15-variant
1. Orol dengizi bo`ylari va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan saklar guruhi?
A) Saka-Tigraxauda
B) Saka-tiay-taradarayya
C) Saka-Xaumovarka
D) Barcha javoblar tog`ri 2. Saklarning yashagan joylarini to`g`ri ko`rsating.
1. Pomirning tog`li tumanlari va Farg`ona 2. Tosokent viloyati va janubiy Qozog`iston 3. Orol dengizi bo`ylari va Sirdaryoning quyi oqimida
a-saka-tigra-xauda b- saka-xau-movarka c- saka-tiay-taradarayya A) 1-b, 2- c, 3- a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
3. Xorazm, Sug`diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti nima edi?
A) Hunarmandchilik
B) suniy sug`orishga asoslangan dehqonchilik
C) Chorvachilik
D) Savdo-sotiq
4. Ma’lumki, mil.avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan edi. Bunga sabab nima edi?
A) chorvachilik va savdoning rivojlanishi
B) dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi
C) hunarmandchilik va chorvachilikning rivojlanishi
D) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi
5. Uzunqir shahri qaysi hududda joylashgan? A) Surxondaryo B) Xorazm
С) Qashqadaryo D) Buxoro
6. Afrosiyob – bu … .
A) O’rta Osiyo janubidagi bronza davriga oid manzilgoh
B) O’zbekiston hududidagi bronza davriga oid qadimgi shahar
C) Hindiston sivilizatsiyasi vakillari asos solgan manzilgoh
D) Mil.avv. VIII-VII asrlarda bunyod etilgan shahar xarobalari, hozirgi Samarqand shahrining sharqiy chekkasida joylashgan.
7. O’zbekiston hududida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalarini aniqlang.
A) Qadimgi Xorazm va Qadimgi Marg’iyona
B) Qadimgi Marg’iyona va Qadimgi Baqtriya
C) Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya
D) Qadimgi Xorazm va Qadimgi So’g’diyona
8. Mil.avv. VII-VI asrlarda Qadimgi Baqtriya davlati qaysi hududlarni o’z ta’sirida ushlab turgan?
A) Surxondaryo, Farg’ona, Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar
B) Samarqanda, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar
C) Xorazm, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O“zbekistonga chegaradosh viloyatlar
D) Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar
9. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlarning yoshi qancha.
A) 3000 yildan kam emas
B) 2700 yildan kam emas
C) 2800 yildan kam emas
D) 2500 yildan kam emas
10. O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shaharlarni belgilang.
A) Yerqo’rg‘on, Uzunqir va Afrosiyob B) Yerqo’rg‘on, Sopollitepa va Afrosiyob
C) Sarazm, Oltintepa va Zamonbobo D) Jarqo‘ton, Afrosiyob va Yerqo‘rg‘on
11. Qadimgi Xorazm markazlaridan birini aniqlang.
A) Uzunqir B) Yerqo’rg‘on
C) Ko‘zaliqir D) Afrosiyob
IX-X asrlarda Movarounnahr shaharlarining ark qismida qanday inshootlar bo‘lgan ?
1) dargoh 2) masjid 3) xazina, 4) zarbxona 5) savdo rastasi 6) qamoqxona
A) 1,2,3,4
B) 1,3,4,5
C) 2,3,4,6
D) 1,3,4,6
IX-X asrlarda quyidagi qaysi shahar o‘zining yuqori navli qog‘ozi bilan mashhur bo‘lgan ?
A) Farg‘ona B) Xorazm C) Samarqand D) Buxoro
O‘rta asrlarda qaysi hudud o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo‘lgan?
A) Farg‘ona
B) Xorazm
C) Shosh
D) Eloq
IX-X asrlarda quyidagi qaysi hudud kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur bo‘lgan ?
A) Samarqand B) Damashq C) Shosh D) Eloq
IX-X asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo‘ylab to Orol dengizigacha qatnab turgan ?
A) Xorazm va Termiz B) Xorazm va Toxariston
C) Marv va Termiz D) Termiz va Buxoro
Butun Sharqda mashhur bo‘lgan malla rang bo‘z – “zandanachi” to‘qiladigan Zandana qishlog‘i qayerda joylashgan?
A) Farg‘onada B) Xorazmda C) Samarqandda D) Buxoroda
Butun Sharqda mashhur bo‘lgan mato – “vadoriy” to‘qiladigan Vador qishlog‘i qayerda joylashgan?
A) Farg‘onada B) Xorazmda
C) Samarqandda D) Buxoroda
IX-X asrlarda qaysi hududdan toshko‘mir va neft topilib ishlatilgan?
A) Farg‘onadan B) Xorazmdan C) Shoshdan D) Eloqdan
Somoniylar davrida qaysi yo‘l orqali JanubiySibir va Mo‘g‘ulistonga Movarounnahrdan turlimahsulotlar olib borilgan?
A) Sharqiy yo‘l B) G‘arbiy yo‘l C) Shimoliy yo‘l D) Janubiy yo‘l
Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra VII-IX asrlarda Movarounnahrning Xitoy bilan savdosida nimalar asosiy o‘rinda turgan?
1) choy 2) dori-darmon 3) ipak mato 4) o‘q-yoy 5) tuz 6) sholi 7) ot
A) 1,2,5,6
B) 1,3,5,7
C) 2,3,4,7
D) 1,3,4,6
Ma’lumki o‘rta asrlarda vatanimizning Xitoy bilan savdo aloqalari rivojlangan. Har bir ot Xitoy bozorida qancha ipak matoga ayribosh qilingan?
A) 50 o‘ram B) 56 o‘ram
C) 60 o‘ram D) 600 o‘ram
Do'stlaringiz bilan baham: |