O`zbekiston tarixi fanidan 2013-2014 o`quv yiliga mo`ljallangan amaliy mashg’ulotlar rejalari


Turk hoqonligining vujudga kelishi va boshqaruv shakli



Download 248,05 Kb.
bet18/55
Sana07.04.2021
Hajmi248,05 Kb.
#62946
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
ASOSIYSI O`zbekiston tarixi student

Turk hoqonligining vujudga kelishi va boshqaruv shakli.
V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari Asanshod, Tuu. va Buminlar(460-553) boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujan xoqonligiga zarba beradi. 551 yilda Bumin “ xoqon”, yani, hukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi imperiya- Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoladi.

VI asrning 70 - 80- yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo’ylarigacha ulkan maydonda ko’chmanchi chorvadorlarning Buyuk Turk xoqonligi tashkil topadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Turk xoqonligi qanchalik buyuk bo’lmasin, lekin u chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy qabilalarning ittifoqidan iborat edi, bu ittifoqni hoqon boshqarar edi. Hukmdorning hokimiyati urug’- aymoq udumlariga tayangan harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Ular aholining ichki ishlariga umuman aralashmaydilar.VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo, va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq mayda feodal hokimiyatlar mavjud edi. Ulardan boj undirilgan. VI asr oxirlarida o’zaro qabilaviy va sulolaviy urushlar oqibatida Turk xoqonligi 603 yilda ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi.Ulardan biri Mo’g’ilistonda tahkil topgan sharqiy Turk davlati, ikkinchisi esa, O’rta Osiyo, Jung’ariya, va sharqiy Turkistonning bir qismini o’z tasarrufiga olgan G’arbiy turk xoqonligi edi.

G’arbiy hoqonlikning markazi Yettisuv edi. Hoqonning yozgi qarorgohi Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi. VII asrning birinchi choragida G’arbiy hoqonlik nihoyatda kuchayadi. Biroq hoqonlikning zodagonlari o’rtasida boshlangan hokimiyat uchun kurash oqibatida G’arbiy turk hoqonligi zaiflashib bo’linib ketadi. Bundan foydalangan Xitoy qo’shinlari 657- 679 yillarda Yettisuvga bostirib kiradi, hoqonlik xitoylarga qaram bo’lib qoladi. VII asr oxiriga kelib hoqonlik mustaqillikni tiklab oladi. Sharqdan Xitoylilarning, g’arbdan esa arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishlariga qarshi Buxoro, Sug’d, va Shosg aholisi bilan bir qatorda turib shiddatli janglarda qatnashadilar.

VII asrning birinchi choragida Arabiston yarim orolida arablarning kuchli davlati tashkil topadi. Ular VII asr o’rtalaridan boshlab istilochilik yurishlarini boshlab atrofdagi davlatlarni zabt eta boshlaydilar. Sosoniylar davlati turklar bilan janglarda zaiflashib arablarning yurishlariga qarshi tura olmaydilar, natijada arablar sosoniylarni yengib 651 yilda Marv shahriga yetib keladilar. Uni jangsiz egallab shu yerdan turib Amudaryo ortidagi hududlarga dastlab razvedka uchun yurishlar qiladilar.673 yil Ubaydulloh Ibn Ziyod, oradan uch yil o’tgach Said Ibn Usmon Buxoro muzofotiga bostirib kiradilar. Ko’p o;lja va asirlar olib qaytadilar. Movarounnahrdagi siyosiy beqarorlikdan arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalanganlar. VII asr oxirlarida xalifalikda tartib o’rnatilgach, arablar Movaounnahrni uzil- kesil bosib olishga kirishadilar.

704 yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga voliy qilib tayinlanadi. Unga movarounnahrdan Xitoygacha bo’lgan hududlarni bo’ysundirish yuklanadi. Harbiy yurishni Qutayba 705 yilda Balx atroflarini zabt etishdan boshlaydi, tez orada Chag’oniyon hokimi jangsiz taslim bo’ladi. Shunday qilib arablarning Movarounnahrga yurishining 2 davri boshlanadi. 707 yilda Qutayba katta qo’shin bilan Buxoro vohasiga bostirib kiradi, u dastlab Poykend shahrini qamal qiladi. Qamal 50 kun davom etadi. Arablar shahar devori ostidan lahm kovlab rahna uradilar, shundan so’ng bostirib kiradilar, aholi qirg’in qilinadi, keyin sulh tuziladi.Poykent fojeasidan keyin dushmanga zarba berish uchun Sug’d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudot, Vardonxudot, hamda 40 ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Torob va Romitan oralig’da to’planadilar. Qutayba ittifoqchilar o’rtasida ig’vo bilan kelishmovchilik keltirib chiqaradilar. Natijada sug’diylar o’z lashkarlarini olib ketadilar, arablar qolganlarini osonlik bilan mag’lub etadilar.

708- 709 yilalrda Qutayba Buxoro va uning atroflariga bir necha bor hujumlar qiladi, ko’p obod yerlar va qal’alarni bosib oladi. 710 yilda Qutayba Shuman, Nasaf, va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko’radi. Biroq Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibaida Qutaybani Sug’d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo’shin tortishga jalb etadi.xorazm shohi Chaf’on ukasi Xurzod boshliq xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yil yordam so’rab arablarga murojaat qiladi. Dushman qo’li bilan Xurzod tor- mor qilinib o’ldirilsada. Ammo xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi, aksincha o’z mustaqilligini yo’qotib xalifalikning bojdoriga aylanadi. 712 yilda arablar Samarqandga yurish boshlaydilar. Samarqandga Tarxun o’rniga Gurak9 709- 738) podsho qilinb ko’tarilgan edi. Su’g’diylar bir y davomida shaharni himoya qiladilar, shunday bo’lsada Samarqand taslim bo’ladi, ikki o’rtada sulh tuziladi. 713 yilda Qutayba qo’shin saflarini to’ldirish maqsadida mahaliy aholidan 20 000 askar to’plab berishni talab qiladi. Yig’ilgan katta qo’shin ikkiga ajratiladi. Uning Kesh, Nasaf va xorazmliklar birlashmasidan iborat birinchi qismi Choch viloyatiga, o’zi boshliq asosiy kuch esa Ustrushona va Xo’jand orqali Farg’ona vodiysi tomon yo’l oladi.Choch vohasi bosib olinib, uning poytaxti Madina ash- Shosh, juda ko’p qal’a va qo’rg’onlar hamda qishloqlarga o’t qo’yilib vayron etiladi. Qutayba Ustrushona va Kosonni zabt etadi. 714 yilda u Choch va Turk hoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqdoshlarning birlashuviga yo’l qo’ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi. 715 yilning boshida esqa Farg’ona vodiysini uzil- kesil egallab Qoshg’argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan hokimlar tayinlaydi. O’sha yili xalifa Volid vafot etadi. Qutaybaning g’animi Sulaymon xalifalik taxtiga o’tiradi. Bunday qismatdan norozi bo’lgan Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon k’otaradi. Lekin u 715 yilda Farg’onada arab askarlari tomonidan o’ldiriladi.

Shunday qilib o’n yil davomida muttasil olib borilgan janglar oqibatida Movarounnahr xalifalikka bo’ysundirilgan bo’lsada, ammo uning mag’rur aholisi o’zini butkul tobe etilgan hisoblamaydi. Arablar istilosi va hukmronligiga qarshi Movarounnahrda bir necha marta xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tadi. 720 yilda Gurak va Divashtichlar boshchilgida So’g’dda qo’zg’olon bo’lib arablar uni zo’rg’a bostiradilar. Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi 725 yilda Xuttalonda, 728 yilda yana So’g’dda qo’zg’olon avj oladi, Movarounnahr va Xurosonga yoyiladi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor qo’zg’olonni bostirish uchun Samarqand, Shosh, Farob, va Farg’onaga bir necha bor yurish qiladi.

VIII asrning 70 - 80 yillarida Movarounnahrda juda katta xalq qo’zg’oloni ko’tariladi. Qo’zg’olonchilarning jangovar guruhi oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo’zgoloni nomi bilan shuhrat topadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalgan marvlik Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo’lgan. U Marvyaqinidagi Koza qishlog’ida tug’ilgan. Muqanna Mazdak g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limni targ’ib etib, payg’ambarlik da’vosini qilgan. Movarounnahrga o’z targ’ibotchilarini yuboradi, tarafdorlari ko’payganligini eshitgan Muqanna Amudaryodan o’tib Naxshob, undan Kesh shahriga yetib boradi. U Kesh shahri yaqinidagi Som tog’I tepasiga bino qilingan Som qal’asini o’ziga qarorgoh qiladi. Qo’zg’olon 776 yildan Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Ohangaron vodiylarida avj oladi. Oq kiyimlilarga zarba berish uchun xalifa Abu Jafar 775 yilda Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi.Narshax va Samarqandda oq kiyimlilar yengilgach mahalliy zodagon dehqonlar sotqinlik qilib arablarga yordam bera boshlaydilar. Ular Said Xaroshiy qo’shinlari bilan birga Muqannaga qarshi Keshga tomon yurishda qatnashadilar. Tog’lar orasida janhlar qizib ketadi. Muqanna qarorgohi qamalga olinadi. Muqanna lashkarboshilari taslim bo’ladilar. Muqanna asir tushishni istamay yonib turgan olovga o’zini tashlab halok bo’ladi.

Shunday qilib arablar Movarounnahrni zabt etib majburan islom dinini aholiga singdiradilar.
VIII asrning oxiri- IX asr boshlarida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahrda va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarishda mahalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo’li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarufiga saqlab turishga harakat qildilar. Movarounnahr va Xurosonni o’z hokimiyatlariga olibgina qolmay mahalliy zodagonlar asta sekin xalifalik markazidagi ishlarga ham aralasha boshlaydilar, bunga xalifa Xorun ar- Rashid vafotidan keyin (809-)aka- uka Amin va Ma’mun o’rtasida boshlangan taxt uchun kurash yo’l ochdi. Ma’mun uzoq yillar Xurosonda noib bo’lib mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashib ketgan bo’lib uni mahalliy zodagonlar faol qo’llab quvvatladilar. Ma’mun ukasining xalifa bo;lishidan norozi bo’lib 5 yil unga qarshi yurishga tayyorlanadi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr zodagonlari unga yordam beradilar, 813 yil ular Bag’dodga yurish qiladilar.Poytaxt qo’lga kiritilib Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi. Buning evaziga Tohir ibn Husayn Mesopotamiyaning noibi, Iroqda bosh mirob lavozimlariga ko’tariladi. Shuningdek Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining ham xizmatini unutmadi. Somonxudotning nabiralariniayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinladi.Buning evaziga somoniylar Movarounnahrning xirojidan har yili juda katta mablag’ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turishgan.

821 yilda Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil ham o’tmay xutbadan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu, shubhasiz Bag’dod bilan aloqani uzish va o’zini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko’p o’tmasdan u vafot etadi, Tohirning o’g’illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasi o’rnida birin- ketin navbat bilan noiblik qiladilar. Somonxudot nabiralarining noibligi tohitiylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar o’z navbatida tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq davom etgan xalifalik hukmronligi tugab, ikki mahalliy sulolaning siyosiy jihatdan qaror topishi va mustaqil mahalliy davlatning tiklanishini namoyish etardi.

IX asrning 60 yillarida Xurosonda g’oziylar faolligida Xurosonda qo’zg’olon avj olib ketadi. Unga aka- uka yoqub va Aqmir binni Lays misgarlar boshchilik qiladi. Ular avval Seyistonda hokimiyatni qo’lga kiritadilar. 873 yilda tohiriylarning harbiy qo’shiniga zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar.Natijada Xurosonda tohiriylar hukmronligi tugatilib, safforiylar davlati tashkil topadi. Mamlakatda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlardan son’g Movarounnahr Xurosondan ajralib o’z mustaqilligini to’la tiklab olish imkoniga ega bo’ladi.


Download 248,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish