O‘zbekiston tarixi fani 5120300 – Тарих ( мамлакатлар ва минтақалар бўйича ) йўналиши Mavzu


Buxoro amirligining Xiva xonligi bilan savdo munosabalari



Download 100,02 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2022
Hajmi100,02 Kb.
#676980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farxodov Jamshidbek. Kurs ishi

2. Buxoro amirligining Xiva xonligi bilan savdo munosabalari.
O‘rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug‘ullangan Y. Zelkina o‘rta asrlar boshlarida Yevropa bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo aloqalarida O‘rta Osiyoning alohida o‘rni bo‘lganligini, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab-yashnaganligi, ammo XVI-XVII asrlarda bu savdo biroz sekinlashgan bo‘lsa, XVIII asrda yana jonlanish sezganligini ta’kidlaydi. Muallif o‘rta asr bozorlaridagi qul savdosiga ham e’tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko‘proq Xivada bo‘lganligi ehtimol.Y. Zelkina ma’limotiga ko‘ra, Xivaning katta bozorlarida 200 tagacha qullar bo‘lgan, O‘rta Osiyoda qullar mehnati samarasiz bo‘lib, ular, asosan, uy ishlarida va dalalarda ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning Eron bilan chit, movut va qullar orqali qizg‘in savdo qilganligini ta‘kidlaydi
Buxoro amirligining siyosiy jihatdan qo‘shnilari Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bilan ko‘p hollarda ko‘rishmagan bo‘lsa-da, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlari to‘xtab qolmagan.
XVIII-XIX asrlarda Xorazm xonligi muayyan taraqqiyot bosqichiga erishgan edi. Qo‘shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va bo‘ysunmas turkman urug‘larining murakkab o‘rovi sharoitida bo‘lishiga qaramay, xonlikda ba’zi barqaror holatlar kuzatiladi.
Xiva xonligi savdogarlari Buxoro amirligi hududi orqali Afg‘onistonga, undan o‘tib Hindistonga borishgan. Xiva savdogarlari yana Buxoro hududi orqali Qo‘qon xonligiga, u orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyga borishgan. Shuning uchunham Xiva tashqi savdo munosabatlarida Buxoro amirligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Xorazmlik savdogarlar Buxoro amirligi bozorlarida, asosan, gilam, shoyi matolar va zargarlik buyumlarini keltirib sotishgan. Ular u yerdan har xil sifatli gazlamalar, paxtadan ishlangan matolar, metalldan ishlangan buyumlar, choy va boshqa mahsulotlarni Xiva xonligi bozorlari va Rossiyaga sotish maqsadida sotib olishgan. Buxorolik savdogarlar Qo‘qon, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoydan mollarini o‘z hududida yoki Xiva xonligi bozorlarida xivalik savdogarlarga sotishgan. Bu ma’lumotni juda ko‘p manbalar tastiqlaydi.
Buxoro aholisi chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar va hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi Xiva tarkibidagi turkmanlar bilan keng savdo olib borgan. Ular xom teri, shuningdek, qo‘y terisini turli ranglarga bo‘yab tikkan kamzullari bilan mashhur edilar. Bundan tashqari, turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotar edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Buxoroning qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilardilar.
1840-yilda Buxoroda bo‘lgan N. Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida ma’lumot qoldirgan. Amurdaryodan yozda o‘tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo‘natgan. Xivadan Buxoroga, asosan, olma va oshlangan teri keltirilgan. Maullifning yozishicha, faqat shu ikki Tovar bilan Buxoroda asvdoni davom ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho‘yan va teri buyumlarini ko‘proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib borilgan8.
Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843-yili “Мануфактур и торговля” jurnalida mashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya Eron, Qo‘qon, va Buxorodan metal muyumlar: qo‘rg‘oshin, mis, temir, cho‘yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo‘li orqali Rossiya, Eron va Buxoroga olib borilgan.
Mazkur maqolada Xiva orqali Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir zolitnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo‘ladigan joylarda boj solig‘i olingan. Sotilgan tuya uchun xazinaga 3 rub; ot, ho‘kiz va qoramol uchun 1 r; qo‘ydan 50 qop soliq olingan. 9


Download 100,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish